Kushon davlati.

0
Kushon davlati.

Kushon davlati.

Kushon davlati.

Kushon davlati. Tarixiy manbalar Yunon-Baqtriya davlati ko‘chmanchi kabilalar tomonidan tor-mor etilganligi haqida ma’lumot beradi. Strabon ma’lumotlariga ko‘ra, Baqtriyani assiylar, passianlar, toxarlar, saklar kabilalari  bosib oladilar. Pompey Trog xabar berishicha, – “Baqtriya va Sug‘diyonaning skif kabilalari saraukalar  va assianlar bosib oladilar”. Tadqiqotchilarning fikricha, har ikkala tarixchi bitta kabila haqida ma’lumot  bergan.

Qadimgi  Xitoy  manbalari  Baqtriyani  yuechji  kabilalari  bosib  olganligi  haqida  ma’lumot  beradi.  Mil.avv. II asrning ikkinchi choragida (tadqiqotchilar bu sanani mil.avv. 172-161 yillar oralig‘ida deb  belgilaydilar)  yuechjilar  xunlardan  mag‘lubiyatga  uchraganidan  so‘ng  O‘rta  Osiyoning  Shimoliy  hududlarida ko‘chib yuradilar. Bu kabilalar Xitoy manbalarida “Da-yuechji” – “Buyuk” yoki “Katta  yuechji” deb eslatiladi. CHjan Szyan ma’lumotlariga ko‘ra, yuechjilar xunn kabilalaridan mag‘lubiyatga  uchragach O‘rta Osiyoning janubiga tomon harakat qilib, Dahya (Baqtriya)ni bosib oladilar va Guyshuy  (Amudaryo)ning  Shimoliy  tomonida  joylashadilar.  Katta  Xan  uyi  tarixida  ham  yuechjilar  Guyshuy  daryosining Shimoliy tomonida o‘z poytaxtlariga asos solganliklari ta’kidlanadi.

Tadqiqotchilarning fikrlariga ko‘ra, yuechjilar mil.avv. 140-130 yillar oralig‘ida Baqtriyaga bostirib  kirganlar. Oradan ko‘p o‘tmay Baqtriyada Katta yuechji davlati tashkil topadi. Kichik Xan uyi tarixi  ma’lumotlariga ko‘ra, Katta yuechji hukmdorlari qo‘l ostida beshta xokimlik (Xi-xeu) bor bo‘lib, ular  Xyumi,  SHaunmi,  Guyshuan,  Xise  va  Dumilardan  iborat  edi.  Xitoy  manbalaridan  xulosa  chiqargan  ko‘pchilik tadqiqotchilar Baqtriya tarixidagi butun yuechji davrini uch bosqichga bo‘ladilar:

  1. Mil.avv. 139-125 yillar – Katta yuechji Dahya viloyatini bosib oladi, ammo ularning  asosiy  mulklari Amudaryodan Shimol tomonda edi.
  2. Mil.avv. 25  yilga  qadar  –  Katta  yuechji  davlatining  shakllanishi  va  keyingi  rivojlanishi.  Davlatning poytaxti Amudaryodan Shimol tomonda bo‘lib, janubiy chegarasi Gibin atroflarida (Kashmir  yoki  Qandahor)  edi.  YUechjilar  bo‘ysundirgan  hududlar  Xise,  SHaunmi,  Guyshuan,  Xyumi,  Dumi  mulklaridan iborat bo‘lib, ular xi-xou (yabg‘u) tomonidan birlashtirilgan.
  3. Mil.avv. 25 yildan keyin Katta yuechji davlatining inqirozi va Yuqorida eslatilgan mulklarning mustaqil  bo‘lishi.  Kushon  (Guyshuan)  yabg‘usi  Kiotszyukyu  (Kujula  Kadfiz)  qolgan  to‘rtta  mulkni  birlashtirib Kushon davlatiga asos soldi.

Ta’kidlash lozimki, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy tarixga nisbatan Kushon davlatining siyosiy tarixi  kam  o‘rganilgan  masala  hisoblanadi.  Kushonlarning  hokimiyat  tepasiga  kelish  sanasi,  ushbu  davlat  tarixini davrlashtirish ayrim kushon yozuvlari, tangashunoslik ma’lumotlari, qisman Xitoy manbalari,  buddaviy ma’lumotlar va ilk o‘rta asrlar manbalariga asoslanadi. Tadqiqotchilar Kushon davlati tarixini  quyidagi uchta bosqichga ajratadilar:

  1. Yunon-Baqtriya podsholari   hukmronligining   tugatilishi   hamda   O‘rta   Osiyo   va   Shimoliy  Afg‘oniston hududlarida bir nechta alohida davlat uyushmalarining tashkil topishi (mil.avv. II asrning  oxiri – I asr).
  2. Buyuk Kushon davlatining paydo bo‘lishi va gullab yashnashi (milodiy I-III asrlar).
  3. Ko‘chmanchilarning tinimsiz urushlari natijasida Kushon davlatining inqirozi va qo‘lashi (III asr

oxiri – IV asr). Kushon davlatining paydo bo‘lishi haqida ko‘proq Xitoy manbalari va tangashunoslik ma’lumotlari  xabar beradi. Umuman, Kushonlar saltanatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi uzoq vaqt tadqiqotchilar  orasida bahslarga sabab bo‘lgan bo‘lsada, o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu masalaga juda  ko‘plab  aniqliklar  kiritish  imkonini  bergan  tadqiqotlar  olib  borildi.  Ayniqsa,  1961  yil  Londonda  o‘tkazilgan  xalqaro  simpozium,  1968  yil  Dushanbeda  YUNESKOning  konferensiyasi,  1970  yil  Qobuldagi xalqaro anjuman Kushon davlati masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, undan keyin ham bu  masala bo‘yicha ko‘plab xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tdi.

Mil.avv. I asrning oxiri – mil. I asrning boshlariga kelib, Guyshuan  hokimi Kiotszyukyu barcha  mulklarni birlashtirib Qobuliston va Qandahorni zabt etadi. Natijada bu davrga kelib dastlabki poytaxti  Surxon vohasidagi Dalvarzin ko‘hna shahri harobalari bo‘lgan Kushon davlati o‘z ahamiyatiga ko‘ra  antik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi  dunyoning  eng  qudratli  va  zabardast  davlatlaridan  biri  sifatida  tashkil  topdi.  Xitoy  manbalaridagi  “Guyshuan  hokimi  Kiotszyukyu”,  ilk  Kushon  davriga  oid  topilma  tangalar  aks  ettirilgan  “Kushon  podshosi Kujula Kadfiz”ga aynan mos tushadi.

Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning hukmronligi davrida Kushonlar  saltanati  gullab-yashnashining  Yuqori  cho‘qqisiga  ko‘tariladi.  Kanishka  davrida  Panjob,  Kashmir  viloyatlari   mamlakatga   qo‘shib   olinadi.   Ayrim   tadqiqotchilarning   fikricha,   davlatning   poytaxti  Dalvarzindan  Peshovar  (Afg‘oniston)  atroflariga  ko‘chiriladi.  Bu  davrda  (mil.  II  asr)  mamlakatning  hududi Shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, O‘rta Osiyoning katta qismi, Sharqiy Turkmanistondan iborat  edi.  Syuan  Szyanning  yozishicha,  “Kanishka  podsholik  qilgan  davrda  uning  shon  shuxrati  qo‘shni  mamlakatlarga yoyildi. Mamlakatning harbiy qudrati ko‘pchilik tomonidan tan olindi. Xitoyning g‘arb  tomonidagilar ham Kanishkaning hokimiyatini tan olib, unga o‘z garovga qo‘ygan odamlarini yuborar  edilar”.

So‘nggi yillarda olib borilgan ko‘plab arxeologik tadqiqotlar Kushon davri O‘rta Osiyo xalqlarining  moddiy  madaniyatini  o‘rganish  bo‘yicha  boy  materiallar  berib,  keng  imkoniyatlar  yaratdi.  Ushbu  tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mil.avv. I ming yillikning oxiri-milodning dastlabki asrlari O‘rta Osiyoda  xo‘jalik  va  madaniy  hayot  darajasining  ko‘tarilgan  davri  bo‘ldi.  Janubiy  Turkmaniston  va  Xorazm,  Buxoro va Samarqand, Surxon vohasi, Vaxsh, Qashqadaryo va Farg‘ona vodiysidan topilgan shu davrga  oid arxeologik topilmalar sug‘orma dehqonchilikning anchagina rivojlanganligidan dalolat beradi.

O‘z gullab-yashnagan davrida Kushon davlati ko‘plab xalqlar va elatlar yashab turgan hududlarni  egallagan   edi.   Ushbu   xalqlar   va   elatlar   turli   tillarda   gaplashganlar,   yozuvning   turli   tartibidan  foydalanganlar hamda turli diniy e’tiqodlarda bo‘lganlar. Moddiy madaniyat buyumlarida ham ayrim  farqlar  kuzatiladi.  SHunga  qaramasdan  Kushonlar  davri  madaniyatiga  ko‘pgina  umumiylik  seziladi.  Ammo, butun Kushon davlatida yagona madaniyat hukm surganligi haqida fikr aytib bo‘lmaydi. Bu ulkan  davlatning har bir viloyati qaysidir tomonlari bilan o‘ziga xos bo‘lgan madaniyatga ega bo‘lgan.

Avvalambor, Shimoliy Baqtriya (Surxon vohasi) haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, bu viloyat Kushon  davlatining eng yirik viloyatlaridan biri bo‘lib, madaniyati yuksak darajada rivojlangan edi. Ta’kidlash  lozimki,  O‘rta  Osiyoda  buddizmning  yoyilishi  milodning  birinchi  asridan  boshlab  aynan  Baqtriya- Toxariston hududlaridan boshlangan. Hozirgi kunda bu hududlardan o‘ndan ziyod budda ibodatxonalari,  yuzdan  ortiq  budda  haykallari  aniqlanib  o‘rganilgan.  Ulardan  eng  mashhurlari  Termiz  Yaqinidagi  Qoratepa  ibodatxonalari,  Zartepa  va  Ayritom  topilmalari,  Dalvarzintepa  ibodatxonalari  hisoblanadi.  Shimoliy   Baqtriyaning   o‘ziga   xos   madaniyati   me’morchilik   sana’tida   (binolar   ustunlari   va  peshtoqlarining bezatilishi), Shaharsozlik madaniyatida, kulolchilik va zargarlik buyumlarida ham o‘z  aksini topadi.

Umuman,  Kushonlar  davrida  madaniy  hayotning  yanada  yuksalganligi  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  Xususan, Kanishka davrida Hindistondan tarqalgan budda dini davlat diniga aylandi. Oromiy va Yunon  yozuvlari asosida kushon yozuvi mavjud bo‘lgan. Shuningdek, bu davrda Sug‘dcha va xorazmiycha  yozuvlar  ham  bor  edi.  Ushbu  yozuvlar  yodgorliklarida  o‘sha  davrdagi  ijtimoiy-siyosiy  va  madaniy  hayotni aks ettiruvchi ayrim ma’lumotlar saqlanib qolgan. Shuningdek, Kushonlar davrida O‘rta Osiyo  xalqlari madaniy hayotining quruvchilik, haykaltaroshlik, rassomlik, naqqoshlik kabi sohalarida ham  katta  yutuqlarga  erishilgan.  Xorazm,  Sug‘diyona,  Baqtriya,  Farg‘ona,  CHoch,  Sharqiy  Turkiston  va Shimoliy Hindistondan ochilgan ko‘plab madaniy yodgorliklar Yuqoridagi hududlardagi madaniy hayot  o‘zining Yuqori cho‘qqisiga chiqqanligidan dalolat beradi.

Kushonlar  davrida  binokorlik  va  me’morchilik  ham  shaklan  ham  mazmunan  rivoj  topganligi  kuzatiladi. CHunki, bu davrdagi ma’muriy, diniy, ishlab chiqarish, turar-joy, mudofaa inshoatlari, Sharq  me’morchiligi bilan ayrim o‘xshashliklar topsada, o‘ziga hos tomonlari ustunlik qiladi. Me’morchilikning  o‘ziga hos namunalari Dalvarzin, Xolchayon, Eski Termiz, Kampirtepa, Fayoztepa, Qoratepa kabilardan  o‘rganilgan bo‘lib, ular jahon miqyosida mashhur bo‘lgan obidalardir.

Kushon davlatining inqirozga uchrashi Gerk-Baqtriya va Rim saltanati tarixiy taqdiriga ancha o‘xshab  ketadi. Bu davlatlarning barchasi qulash arafasida tinimsiz yurishlar olib borishga majbur bo‘lganlar.  Tashqi  harbiy  bosqinlardan  himoyalanish  uchun  ichki  va  tashqi  sabablarga  ko‘ra,  zaiflashgan  yirik  davlatlarda etarli harbiy imkoniyat topilmadi. Milodiy IV asrga kelib Kushon podsholigi o‘zining asosiy  hududlaridan mahrum bo‘ldi. Bu podsholikning ayrim mulklari Shimoliy Hindistonda saqlanib qoldi.  Kushon davlati.

Muallif:   U.S. To`pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba