Loyihaning geodezik qismi.
Loyihaning geodezik qismi. Loyihaning geodezik qismiga quyidagilar kiradi:
- Bino va inshootlarning bosh va asosiy o‘qlarini joyda yasash loyiha-sxemasi.
- O‘qlar yasash aniqligining dastlabki hisobi, o‘qlar yasashga doir instrumental va metodik ko‘rsatmalar.
- O‘qiy stvor belgilarni joylashtirish loyiha-sxemasi.
- Inshootlarning cho‘kishi va deformatsiyasini kuzatishga oid ishlar loyihasi (bunga asosiy kuzatish hamda nazorat qilish reterlari va markalarini joylashtirish, kuzatish programasi kiradi).
- Qurilish konstruksiyalarini montaj qilish uchun kundalik geodezik ishlar o‘tkazish, montaj o‘qlari va gorizontallarni tiklash va mahkamlash, vertikal konstruksiyalarni to‘g‘rilash, o‘qiy nuqtalarni yuqoriga uzatishga doir, bu ishlarning aniqligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar.
Bino va inshootlar loyihasini joyga kuchirish uchun ma’lumotlarni tayyorlash usullari. Loyihani joyga ko‘chirish uchun kerakli ma’lumotlar (qurilish pasporti, bosh plan, qurilish bosh plani…) grafik, analitik va grafo-analitik usullarda olib boriladi. Loyihani joyga ko‘chirishda asosan kerak bo‘ladigan qiymatlar – chiziq uzunligi, gorizontal burchak va nuqtalar balandligidir.
1) Grafik usul – bosh plandan binoning ayrim nuqtalarini o‘rni, chiziq uzunligi va yo‘nalishi sirkul, transportir va ko‘ndalang masshtab yordamida aniqlanadi. Lyokin bu usul, uncha aniq emas.
2) Analitik usul – bunda ayrim tayanch nuqta, bino burchaklari, ko‘cha va kommunikatsiyalar kesishgan nuqta burilishlarining koordinatalari turli geodezik usulda aniqlanadi, bu qutbiy to‘g‘ri burchakli koordinata, kesishtirish va boshqalar. Bu usulda kerakli ma’lumotlar juda aniq bo‘ladi.
3) Grafik va analitik usul – yuqoridagi ikki usulni aralashmasidan iborat bo‘lib, ko‘proq sanoat qurilmalarida qo‘llaniladi.
Gorizontal va qiya maydonlarni loyihalash. Qiyaliklar.Kvartal ichidagi territoriyalarni planirovka qilishda, texnologik asbob-uskunalar uchun qiya maydonchalar tayyorlashda va boshqa hollarda berilgan nishablik bo‘yicha qiya yassiliklar loyihalanadi.
Nivelir to‘ri kvadratlari uchlarining qora otmetkalarini, loyihaviy yassilik boshlang‘ich nuqtasining N1 otmetkasini va loyihalanayotgan yuzaning ikkita o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishlari bo‘yicha berilgan i1 va i2 nishabliklarni bilgan holda nivelir to‘la kvadratlari uchlarining loyihaviy otmetkalari, so‘ngra ilgari ko‘rsatib o‘tilgan tartibda ish otmetkalari hisoblab topiladi.
Boshlang‘ich nuqtaning loyihaviy otmetkasi N1 bilan loyihaviy yassilikdagi N2 otmetkali ixtiyoriy nuqta o‘rtasidagi bog‘liqlik
H2 =H1-d1i1-d2i2
formula bilan ifodalanadi, bu erda i1 va i2 – gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda berilgan
loyihaviy nishabliklar; d1 va d2 – boshlang‘ich nuqta bilan nishabliklar yo‘nalishlarida aniqlanayotgan nuqta orasidagi masofa.
Hisoblab topilgan loyihaviy va ish otmetkalari ish chizmasiga, kvadrtalarning tegishli uchlari yoniga yozib qo‘yiladi, ularga asoslanib planirovka qilish ishlari bajariladi va loyihaviy otmetkalar uchun yuzalar tozalanadi. Loyihaning geodezik qismi.
Muallif: A. Ganiyev.







