Lug‘at ustida ishlashning lingvistik asosi, vazifalari.
So‘z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligi. Tildagi so‘zlar yig‘indisi tilning lug‘at boyligini tashkil etadi. So‘zning ikki tomoni: tovush tomoni va ichki – ma’no tomoni bo‘lib uning ma’nosi leksikada o‘rganiladi. So‘z aniq predmetini ham, mavxum tushunchalarni ham bildiradi. Tilning lug‘at tarkibi jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda o‘zgarib, rivojlanib, boyib boradi. Bularni leksikologiya tekshirib boradi. Shuning uchun ham leksika lug‘at ustidan ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi.
Tilning lug‘ati qancha ko‘p bo‘lsa, fikr shuncha aniq ifodalanadi. Jumladan, aniq bir shaxning ham o‘z lug‘ati boyligi bo‘ladi. Nutqi lug‘atga boy kishining nutqi aniq, ravon bo‘ladi, shuning uchun boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri ham o‘quvchilar nutqini so‘z bilan boyitishdir.
Metodika lug‘at ishlarini yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, o‘quvchilar lug‘atini boyitish jarayonini boshqarish yo‘llarini ishlab chiqadi.
Boshlang‘ich ta’lim lug‘at ustida ishlash metodikasi 4 yo‘nalishda ish olib boradi;
- O‘quvchilar lug‘atini boyitish. O‘qituvchilarga so‘zlarnig ma’nolarini tushuntirish orqali har kuni 8-10 ta so‘z bilan, jumladan, ona tili darsida 4-6 so‘z bilan lug‘atini boyitishni ko‘zda tutadi.
- Lug‘atiga aniqlik kiritish: a) o‘qituvchilar ma’nosini yaxshi bilmaydigan so‘zlar ma’nosini izohlash orqali;
- b) kinoyali, ko‘p ma’noli so‘z ma’nolarini izohlash orqali;
- v) sinonim so‘zlarning ma’no ottenkalarini izohlash orqali;
- g) iboralarning ma’nosini izohlash orqali;
- Lug‘atni faollashtirish, kam ishlatadigan so‘zlarni ishlatish uchun sharoit yaratish: diologlar, suhbat uyushtirish, bayon, insho yozdirish.
- Adabiy tilda ishlatilmaydigan so‘zlarni passiv lug‘atiga o‘tkazish.
Lug‘at ustida ishlashda so‘zning adabiy orfoepik talaffuzi, imlosi ustida ham ishlanadi.
O‘quvchilar nutqi muayyan manbalar asosida boyitiladi.
- tabiatni, kishilar hayoti, mehnati, bolalar o‘yin va o‘qish faoliyatini
kuzatish orqali;
- badiiy asarlar orqali;
- v) gazeta va jurnal materiallari orqali;
- g) radio va teleko‘rsatuvlar orqali;
- ona tili darslaridagi mashqlar orqali;
- lug‘atlar orqali.
So‘z ma’nosini tushuntirish juda kam vaqtni olish kerak. O‘qituvchi darsga tayyorlanish jarayonida qaysi so‘zlarning ma’nosi ustida ishlashi zarurligini, qay tarzda ishlashini belgilab olishi kerak.
O‘qish darslarida 1 marta uchragan, bolalar ma’nosi tushunmaydigan so‘zlarning ma’nosini asarni o‘qimasdan oldin tushuntirishi kerak.
Ko‘chma ma’nodagi so‘zlarni, obrazli ifodalarni, umuman, asarning badiiy tiliga doir nutq birliklari asarni o‘qib bo‘lgach tushuntiriladi.











