Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni. Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni.

Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni. Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni. Muhammadniyoz Nishotiy XVIII asrning birinchi yarmida Xorazmda tug’ilib voyaga etgan iste’dodli ma’rifatparvar shoirdir. U Xorazmning go’zal tabiati, yoqimli ob-havosi, xushmanzara joylari haqida mehr to’la so’z yuritib “jannat-misol” diyorning olimlar va shoirlar maskani ekanidan faxrlanadi:
Bor edi Xorazm diyori—erim, Ondin edi yaxshi-yomon guharim.
Nishotiy ana shu diyorda bolalik va yoshlik chog’larini o’tkazadi, maktab va madrasada ta’lim oladi. Bu davrdagi Xiva va Buxoro xonliklari o’rtasidagi o’zaro feodal urushlar butun o’lkani va xalqni notinch qilib, obod joylarni vayronaga aylantirganidek Nishotiyning ahvolini ham qiyinlashtiradi. Shundan so’ng u Buxoroga keladi va tinch ijod bilan shug’ullana boshlaydi.
Nishotiyning tug’ilgan va vafot etgan sanasi hozircha noma’lum. Nishotiyning hayoti va ijodini o’rganishda akademik V.Abdullaev, X.Rasulov, M.Qosimov,
H.G.Kor-ogli va boshqalarning xizmatlari katta bo’lib, shoir merosi ilmiy muomalaga kiritildi.
Nishotiyning professor A.Hayitmetov tomonidan topilib nashr etilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan kichik hajmdagi “Qushlar munozarasi” va katta hajmdagi “Husn va Dil” falsafiy-didaktik dostonlari diqqatga molikdir.
“Qushlar munozarasi” dostonida laylak, zog’, hakka, qumri, bulbul, to’ti, qirg’ovul, kaklik, qarchig’ay, tovus, humo, hudhud kabi qushlar qatnashadi. Shoir qushlar hulq-atvori va ularni so’zlatish orqali inson va insoniy fazilat to’g’risida mulohaza yuritadi, manmanlikni, behuda maqtanishni qoralab, har kim hayotda o’z o’rnini, o’z qadrini bilmog’i kerak, degan ma’rifiy-axloqiy xulosani chiqaradi. Demak, shoir qushlar munozarasi tasviri vositasida ularning fazilatlari bilan o’quvchilarni tanishtirishni ham maqsad qilib qo’yadi. Agar bu ma’lumotlarning ayrimlari hozirgi ornitologlartomonidan qayd qilingani hisobga olinsa, unda Nishotiy o’sha zamon parrandashunoslik ilmidan ham xabardor ekani ravshanlashadi.
Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni. Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni. Shuningdek, Nishotiy har bir qush timsolida o’sha sharoitdagi ijtimoiy tabaqalarning jamiyatda tutgan o’rni va vazifasini, axloqqa zid bo’lgan illatlarini fosh qiladi. Shu jihatdan hudhud tilidan keltirilgan masal “Qushlar munozarasi” asarining axloqiy-ta’limiy xulosasidek tuyuladi:
Eshiting sizga bor bir tamsil,
Keltiray sizga bir naziru dalil,
Bir kuni tushti ko’kdin boron,
Ko’rsakim, er muhiti bepoyon. Munda tushtiyu munfail bo’ldi, Tushkaniga base hijil bo’ldi. Dedi: “Man bunda kimga jo qilsam, Bahr ila bahsu mojaro kilsam”. Ko’rgach o’zini kam o’shal yomg’ur, Sadaf ichiga tushti-yu, bo’ldi dur.
Bu masal mazmunidan kamtarlik kamolga, manmanlik esa zavolga eltadi, degan didaktik ma’no kelib chiqadi. Shu bilan birga, mazkur masal falsafiy-axloqiy mazmun bilan ham sug’orilgan bo’lib, akademik V.Abdullaevning yozishicha, “unda inson va tabiatning birligi, insonning tabiatda kamolga erishishi, tabiat esa inson kamolotining makoni va sababchisi, degan fikr ham ifodalangan”.
Bu hol, Nishotiyning “Husn va Dil” dostoni bilan tanishish jarayonida yanada oydinlashadi. Shoirning “Husn va Dil” falsafiy-didaktik dostonida axloqiy-ta’limiy qarashlar etakchi o’rinni egallaydi. Nishotiy dostondagi Aql, Fuod, Nazar, Ishq, Husn, Himmat, Qomat, On, Xayol, Vafobonu, G’amza, Ishva, Qarashma kabi timsollar orqali aql-farosat, ishq-muhabbat, do’stlik va sadoqat, himmat va muruvvat, ilm va hunar, axloq-odob singari olijanob insoniy hislatlarni ulug’laydi. Shuningdek, Vahm, Raqib, Foruqa, Faxr, Zarq singari timsollar orqali esa o’z davridagi jaholat va adolatsizlik, zulm va zo’ravonlik, yovuzlik va yomonlik, qo’pollik va dag’allik, hukmron doiralarning axloqsizligi qattiq qoralanadi.
Nishotiy eng yaxshi axloqiy-tarbiyaviy yo’sinini targ’ib qilarkan, qachonlardir zulm va zo’ravonlik yovuzlik va yomonlik ustidan ezgulik tantana qilishiga ishonadi:
Dun elining dunlig’ erur peshasi, Yaxshi elning yaxshidur andeshasi.
Ayniqsa, Nishotiyning til va adabiyotga oid muhim nazariy masalalar to’g’risidagi xulosalari yuksak ilmiy-ma’rifiy va axloqiy-ta’limiy ahamiyatga egadir. Uning fikricha, so’z duri jon gavharidan ham aziz bo’lib, so’z kishiga jon bag’ishlaydi. Kishi jismonan nuqsonli bo’lsa ham, lekin shirin va ba’mani so’zlay bilsa, kishilar uning bilan doimo hamsuhbat bo’lishga intilishadi: So’z duridur javhari jondin aziz, Balki erur ikki jahondin aziz.
So’zdin erur har tan aro jon dag’i,
Jon demayin gavhari imon dag’i, Bo’lsa birov shakli zabundin zabun, Qomat esa ham ango andoqki nun.
Qo’l ango shal bo’lsa, oyog’i dog’ilang,
Boshdin oyoq bo’lsa, agar oru nang, Lekin ango bor esa durri maqol,
Borg’usidir yoniga ahli savol. So’z duridin kelturibsan anga dil, Tirg’uzur oni gar esa murda dil.
Nishotiy so’zning “qabih” va “malih” bo’lishini ta’kidlab, qabih so’z kishilarning dilini og’ritib, ozor berishini, malih esa, jon ozig’iekanini uqtiradi. Shuning uchun ham qabih so’zlamasdan, doimo malih, ya’ni shirin va ma’noli so’zlash lozimdir, deb ta’kidlaydi: Mantiq eli qilganida jonda farq, Qildilar hayvon bilan insonda farq.
So’zdin erur ma’niyi rangin murod, Bo’lmasa ul so’zni degil girdibod. Kimki yomon so’zni der — inson emas,
So’zki yomondir, ani hayvon demas.
Nishotiy fikricha, “ganji soz” dunyoda shu qadar ko’pki, uni ishlatishda tilga nihoyatda ehtiyotkor bo’lib, so’zga zebu-ziynat berish lozim. Uni dilu jon deb atalmish “ayvonda” (qalbda) parvarish qilib chiqarish kerak. Shundagina so’z ta’sirchan bo’lib, tinglovchiga “jon”bag’ishlaydi: Arshning ostida erur ganji roz, Olmoq ila bo’lmag’ay ul ganj oz.
So’zki malohat bila marg’ub erur, Ziynat ango bo’lsa agar ko’b erur.
Har kishi so’z bikrin paydo qilur, Boshdin-oyoq zeb huvaydo qilur.
Parvarish aylar ani ayvon aro,
Vah, qayu ayvonki, dilu jon aro
Nuqta adosin dog’ioson degay,
So’zni eshitganda ulus jon degay.
Nishotiy “Husn va Dil” dostonining bosh qahramoni Fuod timsoli orqali o’zining o’sha zamonga munosabatini va axloqiy-ma’rifiy fikrlarini ilgari surgan. Shoir dostonda Fuodning insoniy olijanob xislatlarini —yoshligidan bilim olish, hunar o’rganishga intilganini, keng tafakkurini, aqliy va jismoniy kuch —husnekanligini mamnuniyat bilan qayd etadi. Natijada etti yasharligida o’qituvchilarini hayratda qoldirib, ilm o’rganishga berilib, u falsafa, tarix, adabiyot, riyoziyot va boshqa ilmlarning sirlarini o’rganib oladi. Uning uchun ilmlarning qiyin masalasi yo’q edi, hammasini osongina o’zlashtirar edi (mushkuli ilm olishda oson oning). Uning bir necha donishmand, suhbatdoshlari bor ediki, tarix, she’r, adabiyotdan bahs etardilar.
Nishotiy Fuod ta’lim-tarbiyasi haqida bunday deydi:
Ayladilar neki edi tarbiyat, Ul dog’i yuz ancha topib, taqviyat,
Gulshani ma’ni aro ul sarvinoz,
Bo’ldi chu tavobiy sarfaroz,
Mushkuli ilm oldida oson oning, Ta’bi bo’lub sham’i shabiston oning, Gohi tavorih o’qimoq peshasi,
Erdi gohi she’r aro andishasi.
Fuod faqat bilim olish, muntazam kitob mutolaasi bilan chegaralanmay, davlatni boshqarish ishlari bilan hamjiddiy shug’ullanadi. Mamlakatda adolat o’rnatish va mamlakat farovonligi yo’lida jon kuydiradi, ilm-ma’rifat taraqqiyotiga kengroq yo’l ochish uchun bir qancha tadbirlar ko’radi. U bu ishlarida o’z atrofidagi dono va uzoqni ko’radigan aqlli kishilarga suyanadi.
Nishotiy Husnni vafodor, sadoqatli, idrokli, pok vijdonli, dono, or-nomusli qiz sifatida tasvirlaydi. Mana shunday ajoyib fazilatlarga ega bo’lgan ma’shuqa Husn yomonlik va dushmanlikka yuz burgan har bir kimsa ahvolini tang qilishga qurbi etadigan zo’r tadbir sohibi ham edi
Dostondagi Nazar esa aqlli, dono, zukko odam, jangda jasur, hushyor va tadbirkor, zoti qorovuldan chiqqan, nihoyat shahzoda Fuodning vaziri darajasiga ko’tarilgan ilmli va adolatli kishidir. Shoir Nazarning Fuodga g’oyatsodiqligi, yaqin do’st ekanligi va yuksak insoniy fazilatlari haqida bunday deydi:
Nuri dili ahli bashorat edi, Har fan aro ancha mahoratedi. Ahli fasohat aro sohib husun, Olami dahr ichra edi zufunun.
Nishotiy o’z dostonida xalqni ma’rifatga emas, balki jaholatga sudrayotgan noqobil shaxslarning kirdikorlarini fosh qilish maqsadida, podshohning olimlar, shoirlar, sozandalar bilan hamkor suhbatidan g’azabga kelgan jaholatparast — vazir timsolini yaratadi. Vazir podshohga ma’rifat ahlini: “Ayri tariq”, “Mardud shariat” deb yomonlaydi.
Podsho bunday yaramas o’gitlarni mulohaza qilish va shayx-vazirga odillik bilan javob aytish o’rniga, uning aytganlarini bajonidil qabul etib, o’sha ilm-ma’rifat ahllarini ranju uqubatga giriftor qiladi. Nishotiy bu holdan qattiq iztirobga tushdi va u el holiga achindi. Shuning uchun ham u xalqni adolatsiz podshohlardan yiroq turishga chaqirib, bunday deydi:
Kimki qilur qurbati shohni havas,
Qahr o’tiga yong’usi andekki xas. Shohdemak kimsaki aylar havas,
Oxir anga oh bo’lur hamnafas.
Bu bilan Nishotiyni umuman podshohlardan voz kechgin, degan, xulosaga kelgan deyish mumkin emas. Nishotiy ham Alisher Navoiyning odil, insonparvar va ma’rifatparvar podshohlar haqidagi fikrlarini davom ettirgan holda ma’rifatparvar podshohlarning timsollarini ham tasvirlaydi.
Shunisi muhimki, Nishotiy kishilarni har qanday og’ir vaziyatda chidam va sabot bilan ijodiy mehnat qilishga da’vat etarkan, mehnat yoshlarni axloqiy tarbiyalash vositasi ekanligini ta’kidlaydi. Shoir ma’rifiy-insonparvarlik qarashlarida halol mehnat bilan jamiyatdagi moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchilarni ulug’lab, ehtirom ila tilga oladi va birovlarning manglay teri hisobiga kun ko’ruvchilardan esa nafratlanadi: Zulmat aro chekmasa zahri mamot, Topmog’usi ul kishi obi hayot. Mehnat aro bulmasa kimga qaror,
Davlat ichra bermagusi e’tibor.
Xullas, Muhammadniyoz Nishotiy o’z davrida go’zal odob-axloq va so’z san’ati uchun fidoyilik bilan kurashib, eng yaxshi axloqiy va ma’rifiy g’oyalarni targ’ib qildi. Mutafakkir jamiyatning taraqqiyoti uchun ilm-fanning rivoji eng zarur omil deb tushundi. Bu omil jamiyatda ijtimoiy-tarbiyaviy fikrning o’sishiga, mehnatning engillashishiga xizmat qiladi. Bu g’oya yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, “Husn va Dil” dostonida Fuod (Dil), Husn va Nazar timsollarida o’z ifodasini topgan. Shuning uchun ham shoirning mazkur dostoni yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda muhim rol o’ynaydi. Bu doston asosida axloqiy-ta’limiy yo’sindagi darsliklar vujudga kelgan. Jumladan, XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashagan qo’qonlik ma’rifatparvar shoir, muallim Mirzo Xayrullo o’zi ochgan maktablar uchun Nishotiyning “Husn va Dil” dostonidan ijodiy foydalanib, “Gulshanul xayol” nomli darslik yaratgan. U dostonning syujeti va timsollarini qayta ishlab, bolalarning yoshi va bilim saviyalariga moslashtirgan.
Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni. Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni.










