Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oid kitoblarning xususiyatlari.

0
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oid kitoblarning xususiyatlari.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oid kitoblarning xususiyatlari.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oid kitoblarning xususiyatlari.

 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oid kitoblarning xususiyatlari. Bola yetti yoshga to`lguniga qadar atrofdagiyangiliklarni tez ilg`aydigan   bo`lib o`sa baradi. Bu jarayonni bolaning kelajakka tayyorlanishi tarzida tushunish kamlik qiladi, albatta. Negaki, inson shaxsiyatidagi barcha ijobiy va salbiy xususiyatlar xuddi shu davrda shakllana boshlaydi, xarakteriga singa baradi.

«Axir men hozir nimalarda yashayotganimni o`shanda kashf qilmaganmidim?,-deya xotirlagandi Lev Tolstoy yetmish yillik umriga sarhisob qila turib.-Shuncha ko`p, shuncha tez kashf etgan narsalarimning yuzdan birini ham, qolgan butun umrim davomida kashf eta oldimmi? Aslo! Besh yashar boladan mengacha-faqat bir qadam, yangi tug`ilgan chaqaloqdan besh yashar bolagacha-dahshatli masofa!» Chindan-da, chaqaloq besh yoshga to`lguniga qadar til chiqaradi, ongi kurtak yoza boshlaydi, tuyg`ulari shakllanish jarayoniga kiradi, oyoq chiqarib mustaqil yura boshlaydi-keyingi butun umri davomida, asosan, shu jarayonlar takomillashadi. Shuning uchun bolalarni juda kichkinaliklaridanoq, so`z san`ati sehrida tarbiyalash beqiyos ijtimoiy-estetik qimmatga molik.

Bu xalqning asriy tajribasida sinalgan haqiqatdir. Xalq ijodiyotidagi erkalash motivlariga limmo-lim aytim-olqishlar, allalar, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar, qaytarmachoqlar, ermaklar asrlar davomida ana shunday vazifani ado etib kelayotgani barchaga ayon. Ularda xalqimizning bolalarparvarlik mehri tovlanib turadi, murg`akkina jonlarni so`z ohanglarida ardoqlash an`analari yorqin namoyon bo`lgan.

Maktabgacha yoshdagi bolalar hali kitob o`qiy olmaydi, ular uchun olam noma`lumlik sirlarini bilishga, o`zlashtirishga intilish, qiziqish kuchli bo`ladi. Yozuvchining vazifasi uning xuddi shu intilishini hisobga olib, qiziqishini alangalatishga qaratilgan holda ish tutishdan iborat. Bunda u maktabgacha yoshdagi kichkintoy tabiatiga xos taqlidchilik xususiyatini ko`zda tutib, hayotdagi xarakterli voqea va hodisalarni uning tasavvuriga mos badiiy obrazlarda ifodalovchi asarlar yaratmog`i lozim.

Ma`lumki, maktabgacha yoshdagi kichkintoylar tevarak-atrofidagi har bir narsaga taqlid qilishdan charchashmaydi. Ular taqlidchilik vositasida hayotni o`zlashtiradilar. Shu boisdan ularga atalgan asarlarning personajlari-hayvonlar, qushlar, hasharotlar, o`simliklar va boshqa narsalar bo`lishsa-da, odamlarga taqlidiy sifatlarga ega: Odamlarday gapirishadi, fikr yuritishadi. Shu taqlidda ularning har biri o`z xislatlari xususidagi oddiy ma`lumotlar bilan kichkintoylarning intellektual dunyosiga aylanadi, ularda hayotga qarashning o`ziga xos kurtaklari vazifasini o`tashga kirishadi.

Bunday intilish zamirida kichkintoy nutqida o`zgacha emotsionallashuv jarayoni sezila boshlanadi. Bolalardagi bunday insoniy sezgirlikdan hayratlangan L.Tolstoy ayrim noshud yozuvchilarning tildagi no`noqliklariga ta`na qilib: «Bola so`z yasash qonunlarini sizdan ko`ra yaxshiroq anglaydi, chunki hech kim uningchalik tezlik bilan yangi so`z yasay olmaydi,» –degan edi. Bolalar tilini uzoq kuzatgan  K.Chukovskiy ham bu fikrni tasdiqlaydi: «Ikki yoshidan boshlab har qanday bola qisqa muddat ichida «daho tilchi» darajasiga ko`tariladi,» – deya e`tirof etgan edi.

Bolalar uchun asar yozganda ana shu fazilatlarini inobatga olib, ularga atroflarini o`rab olgan hayotni anglab olishlariga, hayotsevarlik tuyg`ularini shakllantirishga, narsalar haqida o`z tushunchalarining qaror topishiga, shularni imkoniyatlari ko`taradigan darajaga xizmat qiladigan so`z zaxiralarini muttasil boyitishga ko`maklashish maqsadi ko`zlanmog`i shart. Shundagina asarni o`z vazifasini muvaffaqiyatli bajargan deb hisoblash mumkin.

Mavzular.

manba