Maqol janrining tabiati va badiiy xususiyatlari haqida.

0
Maqol janrining tabiati va badiiy xususiyatlari haqida.
Maqol janrining tabiati va badiiy xususiyatlari haqida.

Maqol janrining tabiati va badiiy xususiyatlari haqida.

Maqol janrining tabiati va badiiy xususiyatlari haqida.

Maqollarni tasnif qilishning xilma-xil ko‘rinishlari mavjud. Jumladan, alifbe tartibida, mavzulari, sinonimik yoki antonimik mohiyatiga ko‘ra, to‘g‘ri yoki ko‘chma ma’no tashishiga hamda qaysi ijtimoiy davrda yaratilganligiga-xronologiyasiga ko‘ra guruhlash, yo tasnif qilish paremiologiyada an’anaga aylangan.

Ammo hozircha o‘zbek maqolshunosligida alifbe tartibi va mavzusiga ko‘ra tasnif qilish an’anasiga ikki jildlik “O‘zbek xalq maqollari” (1987) va ko‘p jildlik “O‘zbek xalq ijodi” ruknida “O‘zbek xalq maqollari” (1989) to‘plamini tuzishda amal qilingan. Shunday bo‘lsa-da, o‘zbek xalq maqollarini yozib olish tarixi ancha qadimiy bo‘lib, ikki yo‘nalishda davom etganini kuzatish mumkin:

Birinchi yo‘nalishmaqollarni jonli so‘zlashuvda qanday aytilsa, shu holatida xalqdan yozib olish va kitobat qilish.O‘zbek xalq maqollarini ilk bor yozib olish va kitobat qilish XI asrning buyuk filologi Mahmud Qoshg‘ariy nomi bilan bog‘liq. U juda ko‘p turkiy qabila va xalqlar orasida bo‘lib, xalq ijodiyotining boshqa janrlariga mansub namunalari qatorida anchagina maqollarni ham yozib olib, “Devonu lug‘otit turk” asarida darj etdi. Shu asosda maqollarni kitobat qilish an’anasini ham boshlab berdi. Tubandagi maqollar shular jumlasidan bo‘lib, ularni hozirgi nusxalari bilan yondosh berish asosida har biriga oid transformatsiya jarayoni hamda ma’no tovlanishlarini kuzatish mumkin: M. Qoshg‘ariyda:

Kishi olasi ichtin,

Yilqi olasi toshtin. Hozirgi nusxasi:

Mol olasi-toshida,

Odam olasi –ichida.

Maqol mazmunida hech qanaqa o‘zgarish bo‘lmasa-da, undagi sintaktik bo‘laklar o‘rin almashgan.Qadimiy o‘zbekcha “kishi” so‘zi arabcha “odam” va turkiy xalqlarning otga sig‘inishi asosida qo‘llangan “yilqi” so‘zi umumlashtiruvchi ma’noga ega arabcha “mol” so‘zi bilan almashingan. Bu eski o‘zbek tili so‘z boyligiga arablashtirish nechog‘li kuchli ta’sir ko‘rsatganini ayonlashtiradi. Shuningdek, o‘rin-payt kelishigini ifodalovchi–“-tin” qo‘shimchasi “-da” bilan almashinib, tilning grammatik qurilishiga xos o‘zgarishni namoyon etadi. Bunday holatni devondagi: “Tog‘ toqqa qovushmas, odam odam bilan qovushur”, “Er so‘zi-bir” maqollarini hozirgi “Tog‘ tog‘ bilan uchrashmas, odam odam bilan uchrashar” va “Yigitning so‘zi bir bo‘lar” nusxalari bilan qiyoslaganda ham kuzatish mumkin.

O‘zbek halq maqollarini yozib olish an’anasi XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan shoirlar Muhammadsharif Gulxaniy va Sulaymonqul Rojiylar tomonidan davom ettirildi. Gulxaniy 400 dan ko‘proq, Rojiy esa 450 tacha xalq maqolini to‘plab, o‘zlarining “Zarbulmasal”larida jamlab berganlar. Albatta, ular ilmiy maqsadlarni ko‘zlab maqol yig‘maganlar. Bunda, asosan, asarlarida xalqona jozibani kuchaytirish, personajlar tilini individuallashtirish va tabiiy, sodda ifodaviylikka erishishni nazarda tutganlar. Shunga qaramay, ularning bu xizmati o‘zbek paremiografiyasi tarixiy tadrijini ko‘rsatishda ayricha ahamiyatga ega.

XIX asrning 2- yarmidan e’tiboran o‘zbek xalq maqollarini ilmiy asosda yozib olish va nashr etish harakati izchil tus ola bordi. Venger olimi H.Vamberi 1867-yilda Leypsigda chop ettirgan “Chig‘atoy tili darsligi”ga 112 ta o‘zbek maqolini kiritdi.

U bu maqollarni o‘zbek tilida arab alifbosida va lotincha transkripsiyada, so‘ngra, o‘zi amalga oshirgan nemis tilidagi tarjimalari bilan e’lon qildi va ilk bor o‘zbek xalq maqollarini Yevropa jamoatchiligi e’tiboriga havola etdi. Vamberi e’lon qilgan maqollar orasida “Ot oriqlikda– yigit g‘ariblikda”, “Aqlli kishi ikki marta bir toshga qoqilmas”, “Ichda bo‘lgan og‘riqni kesib bo‘lmas”, “Qo‘ling moyli bo‘lsa, boshingga surt”, “Tilidan kelgani qo‘lidan kelsa,hamma odam gadoy bo‘lmay xon bo‘lur”, “Oshiqqan oshga shayton qo‘shilur”, “Hayit otliniki, to‘y to‘nliniki” singari nodir namunalar borki, hanuzgacha biror to‘plamda uchramaydi.

Keyingi maqol esa hozir “To‘y kimniki–tegishliniki, hayit kimniki–barchaniki” shaklini olgan holda o‘zgargan. “Ichda bo‘lgan og‘riqni kesib bo‘lmas” maqoli o‘z ma’nosida tushunilsa, ya’ni zamonaviy tibbiyot taraqqiyoti ichdagi har qanday og‘riqli a’zoni kesib, yamab va yangilab davolay olishi inobatga olinsa, eskirganligi ayonlashadi, biroq ko‘chma ma’noda qo‘llansa, unda inson ichki olamiga xos murakkab tuyg‘ular anglanadi va maqol hamon o‘z mohiyatini yo‘qotmagan holda xizmat qilaverishi ravshanlashadi.

Missioner K. P. Ostroumov ham 1888- va 1890-yillarda chop etilgan “Sirdaryo viloyati” statistikasi uchun materiallar to‘plami”ning birinchi jildida–492 ta va ikkinchi jildida – 628 ta, jami– 1120 maqolni o‘zbek va o‘z tarjimasida rus tillarida e’lon qilgan. U bu maqollarni bevosita o‘zi yozib olgan emas, balki rus-tuzem maktabi talabalari yordamida to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

O‘zbek xalq maqollarini to‘plash va ommaga yetkazishda70-80-yillarda jiddiyroq kirishildi. Bu sohadagi dastlabki ish E.Siddiqov tuzgan “Dengizdan qatralar” (1976) to‘plami bo‘ldi. Unda ikki mingdan ziyodroq o‘zbek maqollari alifbe tartibida jamlangan edi.

Bu davrda T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, A.Musaqulov,M.Madrahimova singari folklorshunoslar g‘ayrati bilan 4 ming maqoldan tartib berilgan “O‘zbek xalq maqollari (1978, 1981 va 1984) to‘plami yuzaga keldi. 13 ming maqolni o‘z ichiga olgan ikki jildlik “O‘zbek xalq maqollari” va «O‘zbek xalq ijodi” ruknidagi ko‘p tomlik tarkibidagi “O‘zbek xalq maqollari” tomligi nainki o‘zbek paremiologiyasi, balki folklorshunosligi tarixida ham muhim voqea bo‘ldi.

Nihoyat, 1980-yilda Sh.Shomaqsudov va Sh.Shorahmedovlar ilk bor o‘zbek maqollariningizohli lug‘atidan iborat “Hikmatnoma” asarini e’lon qildilar. Bu asarlar o‘zbek xalq aforistik tafakkurining naqadar boyligini namoyish etdi.

Maqol janrining tabiati va badiiy xususiyatlari haqida.

Mavzular.

manba