Maqsad, maqsadni belgilash, natija tushunchalariga ta’rif berish.

0
Maqsad, maqsadni belgilash, natija tushunchalariga ta’rif berish.

Maqsad, maqsadni belgilash, natija tushunchalariga ta’rif berish.

Maqsad, maqsadni belgilash, natija  tushunchalariga ta’rif berish.

O’quv jarayonida tekshirish va baholash joyidan, topshiriq hajmi, tekshirishga ajratilgan vaqtga va talabalar sonidan qat’iy nazar quyidagi tekshirish turlarini ajratadilar, ya’ni: joriy, oraliq, yakuniy nazorat.

Tekshiriladigan savollarning soni va xususiyati bo’yicha tekshiruv individual,  ommaviy va kombinatsiyalashgan bo’ladi. (masalan, bir talabani og’zaki javob berishi, boshqalarni yozma javob berishi va boshq.)

O’quv amaliyotida nazoratning og’zaki va yozma turlaridan foydalaniladi.

Nazorat – doimy tekshirish yoki nazorat maqsadidagi tekshiruv.

Joriy nazorat – o’qituvchi tomonidan har kungi ishda, asosan darsda jarayonida amalga oshiriladi.

Oraliq nazorat – dastur mavzusi, bo’limlari o’zlashtirilgandan so’ng amalga oshiriladi.

Yakuniy nazorat – o’quv yili yarmida yoki yil oxirida amalga oshiriladi.

Og’zaki nazorat – nazoratning eng o’zgaruvchan usuli bo’lib, o’qitishning barcha bosqichlarida qo’llaniladi va talabalar bilan aloqani onson ushlab turishga, ularning fikr va harakatlarini kuzatishga, javoblarini to’g’rilashga yordam beradi.

Yozma nazorat (diktant, bayon yozish, savollarga yozma javob berish va yozma nazorat ishlari) – vaqt bo’yicha tejamli bo’lib, butun guruhni va har bir talabani ta’lim olishga tayyorligini bir vaqtda aniqlash imkonini berib, topshiriqni individual bajarish xususiyati bilan ajralib turadi, biroq topshiriqni tekshirishga ko’p vaqtni talab qiladi.

Nazorat turi va vositani tanlash o’qitish maqsadi va talabani individual xususiyatidan, o’qitish sharoitdan kelib chiqib tanlanadi. Nazorat vositalariga kiruvchi test nazoratini ko’rib chiqamiz. Test tuzish o’qitish natijalarini ifodalash bilan o’zaro bog’liqlikda olib boriladi.Test topshiriqlar soni unga ajratilgan nazorat turi va vaqtga bog’liq bo’ladi.

Tashxislanuvchi maqsad.Nima uchun “aniq urgatilmagan maqsad” deyap- miz? CHunki ta’lim maqsadini predmet yoki mavzular bo`yicha aniq urnatish uchun u tashxislanuvchan holda bulishi kerak. Tashxislanuvchan deganda o`quvchilarda shakllanayotgan ma’lum sifat yoki xususiyatlarni o’lchash va baxolash tushuniladi. Maqsad tashxislanuvchan tarzda urnatilishi mumkin, agar:

  • shakllanayotgan bilim, ko`nikma va shaxs sifatlari etarli darajada aniq va ravshan ifoda etilishi va tavsiflanishi kerakki, natijada ularni boshqa xar qanday ijtimoiy tajriba elementlaridan xatosiz farklash mumkin bo`lsa (If);

-tashxislanayotgan shaxs sifatlarining shakllanganlik darajasini aniqlab oladigan usul, “qurol” mavjud bo`lsa va o’lchash amalga oshirilsa (Ush).

  • o’lchash natijalariga tayana oladigan sifatlarni baxolash mezoni mavjud bo`lsa (Bm).

Shunday qilib, tashxislanuvchanlikning ramziy formulasini quyidagicha yozish mumkin:

Tsh=If+Ush+Bm

Oliy va o’rta maktablar rivojining xozirgi bosqichida yuqorida qayd etilgan talablarni muayyan pedagogik tizimning umumiy (asosiy) maqsadlari ham, alohida o`quv predmetlarini o’rganishning xususiy maqsadlari ham qanoatlantirmaydi.

Xar bir darsda ta’lim maqsadining aniq o’rnatilishi o`qitish texnologiyasini loyixalashda muxim shartlardan biri sanaladi.

Savol tug’ilishi tabiiy: fan mavzulari buyi- cha o`qitishning tashxislanuvchan maqsadi qanday urnatiladi? Darxakikat, xar qanday fan uzining paydo bo`lgan vaktlardan boshlab katta bilim (axborot) lar xajmini tuplagan va u yuqori tezlikda boyitib borayapti. Fan fidoiylarining ma’lumotiga ko`ra, jahonda axborotlar bir soatda 200 mln suz tezlik bilan oshib borayapti yoki bu 5000 saxifaga teng bosma matn degan suz. Inson esa bu vakt oraligida yarim varak yangi ilmiy matnni o`zlashtirishga kodir ekan. Axborotlarning bunday okimida o`quvchi  (talaba) ning  “gark bulib ketmasligi uchun o`qituvchi nima qilishi kerak? Javob tayyor: o`qitish uchun faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olish va o`quvchining o`zlashtirish kobiliyatiga mos holda ular xajmini mikdoriy ulchamga keltirish zarur.

O’quv elementi.  Bu masalani amalda bajarish uchun “o`quv elementi” (UE) tushunchasi mavjud. O`quv elementi deganda urganish maqsadida tanlangan barcha fan ob’ektlari (FO) tushuniladi. Tabiiyki, UE uchun soni FO sonidan kichik bo`ladi. UE ni tanlab olishi uchun tayyorlanayotgan bo’lajak mutaxassis shaxsiga yakin 3-5 yil ichida qo’yiladigan talablarni tasavvur kila olish va zaruriy bilim va ko`nikmalar tarkibini aniq ifodalashi kerak.

UE soni va tarkibini saralashni ikki usuli mavjud.Birinchisi -ekspert usuli bulib, mahoratli va tajribali metodistlar (o`qituvchilar) uz ish uslubiga tayangan holda vazifani uncha murakkab bo`lmagan metodika yordamida xal etishadi. Ikkinchisi- tajriba sinov usuli bulib, o`quv yurti bitiruvchisining faoliyati taxlil kilinadi va Shu asosda ma’lum fan ob’ektlari to`g`risida kerakli ma’lumotlar ajratib olinadi. Xar ikki usul ham amaliyotda kullanilib bir-birini tuldiradi va boyitadi. O`quv materialini saralash imtixosi predmet dasturi uchun UE yig`indisini tuplash hisoblanadi va u ruyxat kurinishda beriladi.

Misol tarikasida  texnika o`quv yurtlarida ukitiladigan mexanizm va mashinalar nazariyasi fanidan “Mexanizmlar tasnifi” mavzusi bo`yicha UEni tulikligiga da’vogarlik kilmagan holda keltiramiz:

  1. Richagli mexanizmlar.
  2. Kulochokli mexanizmlar.
  3. Aylanma xarakatni uzatuvchi kattik zvenoli mexanizmlar.
  4. Epichiklik mexanizmlar.
  5. Universal
  6. Egiluvchan evenoli mexanizmlar.
  7. Pnevmatik mexanizmlar.
  8. Gidravlik mexanizmlar.
  9. Elektrik mexanizmlar.

Demak, mavzu  bo`yicha UE ni bo`lajak muxandislar qaysi maqsadini aniqlashga qaratilgani yana bir kursatkich predmetni urganish ilmiyligi yoki fan taraqqiyotining abstraksiya pogonalari (AP) kiritiladi.

Abstraksiya pogonalari. Har qanday fan o`ziga tegishli narsa va xodisalarni bosqichmabosqich o`rgangan holda rivojlanib boradi. Rivojlanishning uzluksiz jarayoni turli fanlarda turlicha, xatto bir fan bo`limlari o`rtasida ham notekis kechadi. Shu boisdan fanning rivojlanish darajasini aniqlash hamda o`quv mavzulari bo`yicha maqsadni aniq belgilash uchun abstraksiya pogonalari va unga mos UEni bayon qilish usullari mavjud.

Birinchi abstraksiya pogonada (fenomenologik-  =1) narsa va xodisalarning bayonini tavsiflash cheklangan, ob’ektlarning ma’lum tartibli ruyxati keltirilgan bo`ladi, ularning xususiyat va sifatlari kayd etiladi. UE oddiy, odatdagi tilda tuShutiriladi.

Ikkinchi abstraksiya pogonada (analitik-sintetik- =2 ) fan uchun xususiy bo`lgan tushuncha va atamalar, konuniyatlar UE ning asosiy tarkibini tashkil etadi. Jarayonlarning kechishi va rivojlanishi yunalishlarini bashoratlashga imkoniyatlar tugiladi. UE fan tilida bayon etiladi.

Uchinchi abstraksiya pogonada ( prognostik – =3) fanga tegishli ma’lum xodisalarni ularning sonli nazariyalari asosida tushuntiriladi, asosiy jarayonlarni modellashtirish konun va xususiyatlarini analitik tasavurlash amalga oshiriladi. Xodisa va jarayonlarning kechish muddati va sonini oldindan oshiriladi. Xodisa va jarayonlarning kechish muddati va sonini oldindan aytib berish imkoniyatlari mavjud bo`ladi. Rivojlangan fan tili vujudga kelgan bulib, UE bayoni fanlararo boglanishlar asosida olib boriladi. Fan asta-sekinlik bilan uzining yangi rivojlanish bosqichiga uta  boradi.

Maqsad, maqsadni belgilash, natija tushunchalariga ta’rif berish.  Turtinchi abstraksiya pogona ( aksiomatik – = 4) narsa va xodisalarni tushuntirish materiallarining keng kamrovligi, xodisalar mohiyatiga chukur kirib borish bilan tavsiyalashning yuqori darajali umumlashmasidan foydalangan holda oshirish bilan belgilanadi. Fanning predmetlararo tili (kiberne- tika, informatika va boshqa) mavjud bulib, ular yordamida ilmiy bilimlarning amaliy yunalishlari kaytadan ilmiy asoslanadi.

O’zlashtirish darajalari.Yuqorida UE ni tushuntirish darajalari to`g`risida fikr yuritildi. O`z navbatida o`quvchi (talaba) lar UE ni qaysi darajada o`zlashtirishlari yoki qanday mahorat bilan bajarilishi kerak? Bu savolga psixologlar tomonidan yaratilgan faoliyat nazariyasi javob beradi. Faoliyat nazariyasi zamirida yotuvchi pastulat Shundan iborat-ki , xar qanday faoliyat inson tomonidan oldin uzlashtirib olingan axborotlar yordamida amalga oshiriladi. Axborotlardan foydalanish xarakteriga karab faoliyatning ikki kurinishini farklash mumkin.

Nomaxsuldor va maxsuldor. Ularning bir-biridan farki Shundaki, nomaxsuldor faoliyatida inson uziga ma’lum bo`lgan xarakat (algoritm) koidalaridan foydalanadi va bu jarayonda xech qanday yangi axborotlar yuzaga chikmaydi. U faqat oldin uzlashtirgan usullarni kaytadan ishlab chikadi. Maxsuldor  faoliyatini bajarishda inson doimo yangilikka duch keladi yoki yangi axborotlar ( yangi ob’ektlar, xodisalar, jarayonlar, faoliyatlar, metodlari) vujudga keladi. Xar ikki faoliyat turi ham mustaqil ravishda yoki tashkaridan kursatil gan ta’sir yordamida bajariladi. Misol uchun, nomaxsuldor faoliyati  kursatma (yuriknoma, lugat, ustoz) orkali yoki xarakatlarini bajarish koidalari to`g`risida boshqa bir axborot manbalari asosida, ya’ni kursatmasi, mustaqil ravishda bajariladi. Maxsuldor faoliyat ham ma’lum metodik kursatmalar ostida bajarilishi mumkin, biroq bu erda xarakatlar ketma- ketligi, tartib koidalari ayni vaziyatda yangilangan yoki xech kimga ma’lum bo`lmagan usullar vositasida amalga oshadi. Demak, bu erdan ham ikki faoliyati darajasini kuzatish mumkin: evrestik va ijodiy.

Maqsad, maqsadni belgilash, natija tushunchalariga ta’rif berish.  Yuqorida bayon kilingan fikirlarni hisobga olgan holda o`quvchi ( talaba) ning o`quv materiallarini o`zlashtirish faoliyati xar qanday masalalarni echa oladigan kuyidagi turt  darajadan iboart bulishi mumkin: ( )

daraja:  tanki ta’sirlaridagi xarakat. Bu faoliyatning  shartli ravishda TANISHUV deb nomlaymiz . ( 1

    daraja: xotira asosidagi xarakat. Bu faoliyatning ALGORITIM darajasi deb nomlaymiz.(2

   darja: nostandart vaziyatlardagi maxsuldor xarakat. Bu faoliyatning  EVRESTIK  darjasi  deb

nomlaymiz. ( 3

 daraja: faoliyatning yangi kirralarini tadkik kiluvchi maxsuldor xarakat. Bu faoliyatning

IJODIY darajasi deb nomlaymiz. ( 4

Maqsad, maqsadni belgilash, natija tushunchalariga ta’rif berish.  Shunday qilib, bilim va ko`nikmalarni uzlash- tirish sifati buycha ta’lim maqsadlarining tashxislanuvchanligi o`zlashtirishning zaruriy darajalarini aniqlashtirishni talab etar ekan. Endi kuydagi savollarni urtaga tashlaymiz: muxandis yuqorida kayd kilingan UE ni qaysi darajada o`zlashtirishi kerak? Bu savolga javob bir xil bulishi mushkil. Ba’zi bir UE chukurrok, boshqalari esa past darajada egallanishi mumkin.Bu nima bilan asoslanadi? Albatta, birinchi navbatda talabaning bo`lajak faoliyatiga va mutaxasislik mahoratiga qo’yilgan talablar e’tiborga olinadi. Agar talaba “kishlok  xujalik mashinalari” mutaxassisligida ta’lim olayotgan bo`lsa, Shu sohadagi texnikalardan eng kup uchraydigan mexanizmlarni (1-6), agar kelajakda aviatsiya mutaxassisligi bo`yicha bo`lsa, samolyotsozlikda kup kullanadigan mexanizmlarni (7-9) chukurrok urganishi kerak bo`ladi. YOki boshqacha qilib aytadigan bo`lsak, talaba bakalavr UE ni, asosan, 3-darajada o`zlashtirishi lozim. Demak, ta’lim maqsadalrini (2- element) aniqlash ham o`quvchi  (talabalar) ning UE ni o`zlashtirish darajasi mos holda amalga oshirilar ekan.

Test. Yuqorida tilga olingan o`zlashtirish darajasini aniqlash uchun munosib testlar ishlanishi kerak.

Test ( ingilizcha-sinash) – bu biror bir faoliyatni bajarish uchun ma’lum darajadagi bilimni egallashga va baxolash maqsadida xar bir testga ekspert metodi yordamida ifodalash mumkin:

Test (T) = Topshirik ( Tsh) + Etalon (E) yoki                                               T=Tsh +E

Maqsad, maqsadni belgilash, natija tushunchalariga ta’rif berish.  O’zlashtirish  koeffitsienti. Etalon yordamida test echimiga olib keladigan jiddiy amallar soni ( R) aniqlash kiyin emas. O`quvchi ( talaba) ning javobi etalon bilan solishtiril- gach, testning sifatli bajarilganligi to`g`risida tegishli xulosa kilinadi va tugri echilgan amallar soni (a) yordamida o`zlashtirish koeffitsenti aniqlanadi.  K  a/r

K ni aniqlash o`zlashtirish sifatini o’lchash operatsiyasi hisoblanadi.O`zlashtirish koeffitsenti me’yorlanadi ( 0    ) va u baxolash mezoni bilan takkoslanishi mumkin. Bu  kursatkich yordamida ukish jarayo ning tugallanganligi to`g`risida xukm chikariladi. Agar K  bo`lsa, keyingi faoliyatlarda xatolik- lariga yul kuyadilar va ularni tuzatishga kurbi va kobilyatlari etishmaydi.

Shunday qilib, pedagogik aylanmaga o`quvchilarning tajribani o`zlashtirish darajasi sifatini o`zlashtirish koeffitsenti K yordamida aniq hisob- lash metodikasini kiritib PT ning muxim tamoyillaridan birini ifodalashga mumkin bo`ladi – bu ta’limni tugallanganlik tamoyilidir.Shu tamoyil tufayligina maktabda o`qitish jarayoning sifatsizligini keltirib chikaruvchi muammolar echim va yuna-lishlarini izlab topish sohasidagi didaktikaning davriy xatololaridan biri ochiladi.

Muallif:SH.R Xasonova.

Mavzular.

manba