Ma`rifatparvarlik yo`nalishidagi pedagogik asarlar haqida ma’lumot.

Ma`rifatparvarlik yo`nalishidagi pedagogik asarlar haqida ma’lumot. XII asr oxiri va XIII asrning birinchi choragida yashab ijod etgan yirik va zabardast mutafakkirlardan yana biri Ahmad YUgnakiy bo‘lib, uning «Hibatul haqoyiq» (“Haqiqatlar armug‘oni”) asarida ma’naviyat va ma’rifat, shaxs ta’lim va tarbiyasi – bosh g‘oyavi masadadir. Asarning “Ilm manfaati, jaholatning zarari haqida” deb atalgan birinchi bo‘limida “Bilim bilan saodat yo‘li ochiladi, shunga ko‘ra ilmli bo‘l, baxt yo‘lini izla. Bilimli kishi (qimmat) baholik dinordir, ilmsiz, johil kishi qimmatsiz mevadir. Bilimli kishi bilan bilimsiz odam qachon teng bo‘ladi, bilimli xotin – er kishidir, erkak – xotin kishidir”, deyilgan.
Ahmad YUgnakiy aytganidek, “bir ilmli kishi, mingta ilmsizga tengdir, tenglovchi ( tangri) ilm nasib etgan kishiga o‘lchab beradi, mana boqib, sinab
ko‘rgin, ilmdan ziyoda nima bor. Ilm orqali olam yuqorilab yuksaladi, nodonlik kishilarni quyiga qarab tubanlashtiradi, erinma, ilmli bo‘l. Tangrining chin rasuli: ilm kimda bo‘lsa, ilm lazzatini, (mohiyatini donolar biladi), ilm qadrini kishiga ilmning o‘zi beradi, nodon, johil ilmning qadriga etmaydi. Ilmsiz haq so‘z ma’nosizdir, unday kishiga pand-nasihat foydasizdir. Turli –tuman yuvuqsizlar yuvunsa, pok bo‘ladi, ammo johil tozalanmas, iflosdir”.
Ahmad YUgnakiy inson xushxulqliligini ko‘rsatuvchi muhim belgilardan biri til odobi, deb hisoblaydi:
Tiling bekta tutg‘il tishing sinmasun, Qolu chiqsa bekta tishing siyur.
(Tilingni tiy, tishing sinmasin, agar so‘zlab yuborsang tishing chiqib qolsa, tishingni sindiradi).
So‘zing bo‘shlug‘ esma yig‘a tut tiling, Etar boshqa bir kun bu til bo‘shlug‘i.
(So‘zingni bo‘sh qo‘yma, tilingni tiyib tut, erk berilgan til bir kun boshingga etadi).
Xiradliqmu(v) bo‘lur tili bo‘sh kishi, Telim boshni eda bu til so‘z bo‘shi.
Mutafakkir insonda ikki narsa bo‘lsa, unga muravvat yo‘li yopiladi, deydi: birinchisi, behuda so‘zlarni ko‘p gapirsa, ikkinchisi uning so‘zlari yolg‘on bo‘lsa. SHunga ko‘ra u yolg‘onchi kishidan o‘zingni uzoq tut, sen umringni to‘g‘rilik bilan kechir, og‘iz va tilning bezagi to‘g‘ri so‘zdir, so‘zni to‘g‘ri so‘zla, dilingni beza, deb to‘g‘ri so‘zni asalga, insonni davolovchi shifobaxsh malhamga o‘xshadi:
Tili yolg‘on ertin yiroq tur teza,
Kechir sen-ma umrung ko‘nilik uza.
Og‘iz til bezagi ko‘ni so‘z turur,
Ko‘ni so‘zla so‘zni dilingni beza.
Kuni so‘z asal tek bu yolg‘on basal, Basal eb achitma og‘iz e asal.
YO yalg‘on so‘z yigtek qo‘ni so‘z shifo,
Bu bir so‘z o‘zagi urulmish masal.
Alloma yoshlarga qattiq sir saqlay olish kerakligi xususida hatto do‘stga ham sir aytsa, sir oshkor bo‘lishi mumkinligi ishonarli misollar bilan tushuntirishga xarakat qiladi:
Qatig‘ qizla rozing kishi bilmasi,
So‘zing o‘zingga o‘qinch kel (a) masun.
Eshim deb inonil sir ayma saqin, Necha ma inonchliq esh ersa yaqin.
Serib senda rozing singib turmasa,
Serurmu eshingda shuni ked saqin.
Ahmad YUgnakiy halollik, haqgo‘ylik, poklik, sahiylik, muruvvat, diyonat, sabr-toqat, kamtarlik kabi boshqa hislat va fazilatlarni inson ma’naviy-axloqiy etukligi belgilari sifatida ta’riflaydi. Ayniqsa, u saxovatni eng ezgu insoniy fazitlardan, deb biladi va saxiylar hamma tomondan ulug‘lanishi, dunyoda inson faqat yaxshilik va ezgulik bilan nom qoldirishi kerakligini ta’kidlaydi:
Bu budun to‘lusi axir er turu,
Ahillik sharaf, joh, jamol orttirur.
Mutafakkirning fikricha, xasislik, bag‘ritoshlik, ziqnalik, xasadgo‘ylik, fitna va ig‘vo singarilar salbiy qusurdir. Xasis, ochko‘z kishilar, buyumlar qulidirlar, buyumlari ular ustidan hukm yuritadi. Xasis mol-dunyosini o‘zi ham eyolmaydi, birov bilan baham ham ko‘rolmaydi, butun mol-dunyosi do‘stga emas, dushmanga buyuradi, deydi:
Taturmas oshin-da tuz do‘stina, O‘lur qolur axir sir dushmani.
YOki
Agar yig‘ding ersa umurlqu tovar, Burun boshqa bo‘rkni kiyar bosh kerak.
Harislik ma erga yovuz xislat bul,
Harislik so‘ng g‘am, o‘qinch xasrat ul.
SHuning uchun ham alloma yoshlarni mol-dunyoga hirs qo‘ymaslikka da’vat etarkan, ularni insofli,diyonatli, fe’li kenglikka, sabr-toqatli bo‘lishga, halol mehnat orqali yashashga undaydi:
Balo kelsa sabr et, faroqqa kutib, Kutub tur farrohqa balo-ranj yutup.
O‘char mehnat o‘ti, kechar navbati, Qolur sabr idisi savobni tutib.
Mutafakkir gerdayish va takabburlikni qattiq qoralab amaldorlani martabaga erishgach, kamtar, samimiy bo‘lishga, mavqeini suiiste’mol qilmaslikka chaqiradi:
Alinglansa tutnib g‘azab inad o‘ti, Halimlik suvni soch ul o‘tni o‘chir.
Qudazgil ayo do‘st, ulug‘lar yaqin, Osiqsiz jadal ham mijojtin soqin.
Ulag‘larni bushrib senga bu mijoz, Kichiklarni gustah qilur bil yaqin.
Ulug‘lug‘qa tegsang engilma o‘zing, Qoli keysang atlas unutma bo‘zung.
Ma`rifatparvarlik yo`nalishidagi pedagogik asarlar haqida ma’lumot. Jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan mashhur olim, adib va shoir Abul Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamahshariy (1075 – 1144) “Ustoz ul-dunya” (“Butun dunyo ustozi”) “Ustoz ul-arab va-l-ajam” (“Arablar va g‘ayri arablar ustozi”), “Faxru Xvarazm” (“Xorazm faxri”), Jorulloh (“Allohning qo‘shnisi”) kabi fahriy nomu taxalluslarga sazovor bo‘lgan edi. Ehtimol, bu o‘z asarlaridan birida “va inniy fi Xvarazm Kaabat ul adab”, ya’ni “Rostdan ham men Xorazmda adiblar uchun (bir) “Ka’baman” deb yozishga asos bo‘lgan bo‘lsa kerak.
Buyuk alloma bizga juda katta va boy ilmiy meros qoldirgan. Iroq olimi Fozil Solih as-Samariyning nomma-nom yozishicha, u arab tili va grammatikasi, falsafa, tarix, jo‘g‘rofiya, uslub va notiqlik san’ati, lug‘atshunoslik, arab va aruz ilmi, tafsir hadis va fikhga oid 56 ta asar yaratgan bo‘lib, ularning aksariyati bizgacha etib kelgan. Xususan, olimning tilshunoslikka, arab tili grammatikasi va nafis adabiyotga oid “Asos al-balog‘a” (“So‘zga ustalik asoslari” yoki “CHechanlik poydevori”) “Samim al-arabiya” (“Arab tili mag‘izi”), “Foiq al-lug‘ot” (“Eng yaxshi lug‘atlar”), “Muhojotu annahviya” (“Grammatika hojatlari”), “Muqaddamat ul-adab” (“Nafis adabiyotga muqaddima”), “Atvoq uz-3ahab” (“Oltin shodalar”), “Alminhoj fil-usul” (“Usul bobida ko‘rsatmalar”), “Rabi’ al-abror” (“Sahiy yoz”) kabi asarlari o‘ziga xosligi, ilmiy ahamiyati bilan nafaqat SHarq, balki G‘arb ilmiy tafakkurining rivoji uchun ham katta ahamiyat kasb etgandi. Ingliz sharqshunosi X.A.R.Gibbning yozishicha, Zamahshariyning “Al-Mufassal” nomli arab tili nahvu sarfini o‘rganishga oid darsligi va nasriy saj’ nafis uslubida yozilgan qisqa nasihatomuz hikmatli iboralar majmuasi, “Atvoq, uz-zahab” (“Oltin shodalar”) asari kabi Ovro‘po arabshunosligida shuhrat qozongan asarlar juda kam bo‘lgan. SHuningdek, ko‘pchilik olimlar az-Zamahshariyning “Al-Mufassal” asari taniqli arab tilshunosi Sibavayhning arab tili grammatikasiga oid mashhur kitobidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi, deb ta’kidlaganlar. O‘sha davrning o‘zidayoq arablar orasida ham bu asar katta e’tibor qozondi va arab tilini o‘rganishda asosiy qo‘llanmalardan biri sifatida keng tarqaladi. Hatto SHom (Suriya) hokimi Muzaffariddin Muso az-Zamahshariyning “Al-Mufassal” asarinn yoddan bilgan kishiga besh ming kumush tanga pul va sarupo sovg‘a qilishni va’da berganligi bejiz emas.
Ma`rifatparvarlik yo`nalishidagi pedagogik asarlar haqida ma’lumot. Az-Zamaxshariy to‘g‘rilik va poklikni ulug‘laydi, ularni insonning eng yaxshi fazilatlari sirasiga kiritadi. U Muhammad alayhissalomni eng to‘g‘ri va pok inson deb, kishilarni unga iymon keltirishga undaydi. Halollik va poklik inson hulqini bezaydi, uni kamolot sari etaklaydi. «Halol, pokiza kishi, – deydi olim, – doimo xotirjamu tinchlikdadir, birovga hiyonatu yomonlik qiladigan kishi esa halokatga giriftordir». Uning uqtirishicha, to‘g‘ri va pok yo‘ldan boruvchi hech nimadan qo‘rqmaydi, haybat bilan yuradi. Rostgo‘y kishi doimo va’dasiga vafo qiladi. YOlg‘onchilik, firibgarlik esa insonning eng yomon illatidir. «Aldamchilik va hiylakorlik bilan, – deydi az-Zamaxshariy, – bursaq degan yirtqich hayvondan ham ko‘ra ba’zi Bani odamlar ko‘proq aldamchiroqdir». O‘zaro muomala munosabatining asoslaridan biri rostgo‘ylikdir. Olim rostgo‘ylikni insonning eng yaxshi fazilatlaridan biri, deb tushunadi. Agar kishi rostgo‘y bo‘lsa, hayotda ko‘p narsalarga erishishi, xato va zalolatlardan qutula olishi mumkin.
Xullas, az-Zamaxshariyning ma’rifiy-axloqiy qarashlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, u o‘z davrining insonparvar mutafakkiri bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’rifiy-axloqiy ta’limotida jamiyat, inson shaxsi va fazilatlarini, inson huquqlarini yuksakka ko‘targan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga katta o‘rin bergan. Uning adolatli jamiyat, yuksak axloqiy fazilatlar, komil inson, ta’limtarbiya, hulq-odob to‘g‘risidagi ibratomuz so‘zlari, pand-nasihatlari, o‘gitlari, mustaqil O‘zbekistonimizda barkamol va har tomonlama etuk insonni tarbiyalashga yordam berishi shubhasizdir.
Ulug‘ bo‘ldug‘ungcha tuzurak bo‘lib,
Ulug‘qa, kichika siliq tut so‘zing.
Xullas, Ahmad YUgnakiyning “Hibatul haqoyiq” asarida insonning ma’nan boy bo‘lishiga, aqlli va har tomonlama barkamol, ruhan pok bo‘lib etishishiga va komil insonning kamolotini asosi deb ilm o‘rganishga e’tibor berilgan.










