Masshtablar.

0
Geodezik to‘r punktlarini mahkamlash. 

Masshtablar.

Masshtablar.

Topografik plan va kartalar masshtabi.  Topografik planlar tuzish uchun asosan 1:500; 1:1000; 1:2000; 1:5000 – masshtablar qabul qilingan. Topografik kartalar tuzish uchun 1:10000; 1:25000; 1:50000; 1:100000; 1:200000; 1:300000; 1:500000  masshtablar1  qabul  qilingan.  Har  bir  topografik  plan  va  kartaning  masshtabi,  uning  ramkasi ostida beriladi: sonli, so‘zli va chiziqli.

Masshtab      yer   yuzidagi   masofalar   gorizontal   proeksiyalarining   kichraytirilgan  darajasidir.  Raqamlar  bilan  sonli  masshtab  ifodalanadi  va  kasr  tarzida  yoziladi  1:M  –  m  –  masshtabning kichraytirish darajasi (M 1:100; 1:5000).   Sonli masshtab so‘z bilan ifodalansaso‘zli masshtab deb ataladi (1sm da 1m; 1sm da 1 km…). 

Masshtab grafik shaklda iifodalansachiziqli masshtab deyiladi. CHiziqli masshtab bitta  chiziqdan  yoki  ikki  parallel  chiziqdan  iborat  bo‘lib,  chiziqlar  ma’lum  uzunlikdagi  kesmalarga  bo‘linadi; kesma masshtab asosi deyiladi (1 yoki 2 sm). Kesmalar ustiga uning yuzidagi uzunligi  yoziladi.

CHiziqli masshtabning chap tomonidagi birinchi kesma teng 10 bo‘lakka bo‘linadi – 1 bo‘lagi  – grafik aniqligi deyiladi.Kartadan   o‘lchangan   chiziqlarning   joydagi   uzunligini   aniqroq   o‘lchashda   ko‘ndalang  masshtabdan foydalaniladi.

Karta nomi

Sonli masshtab

So`zli masshtab

Masshtab aniqligi

Besh yuzli
MingliIkki mingliBesh mingli

O‘n mingli
Yigirma mingli  Ellik mingli

YUz mingli

Ikki yuz mingli  Uch yuz mingli  Besh yuz mingli  Millionli

1 : 500

1 : 1 000

1 : 2 000

1 : 5 000

1 : 10 000

1 : 25 000

1 : 50 000

1 : 100 000

1 : 200 000

1 : 300 000

1 : 500 000

1 : 1 000 000

1 sm da 5 m

1 sm da 10 m

1 sm da 20 m

1 sm da 50 m

1 sm da 100 m  1 sm da 250 m  1 sm da 500 m  1 sm da 1 km

1 sm da 2 km

1 sm da 3 km

1 sm da 5 km

1 sm da 10 km

0,05  0,1  0,2  0,5

1

2,5

5

10
20
30
50
100

Topografik kartalarning nomenklaturasi.

Topografik kartalarni varaqlarga bo‘lish, hamda bu varaqlarni belgilash, ya’ni ularga nom berish sistemasi nomenklatura deyiladi.  Topografik  kartalarining  nomenklaturasi  1:1000000  masshtabli  karta  nomenklaturasiga asoslangan. 1:1000000 masshtabli karta varag‘ining o‘lchami meridian bo‘yicha 4° va parallel  bo‘yicha 6° ga teng. Kartaning varaqlariga nom berish uchun ekvatordan qutblarga tomon 4° dan  parallel o‘tkazilib – qator, 180° li meridiandan boshlab 6° dan meridianlar o‘tkazilib – kolonnalar  hosil qilinadi.

Qatorlar  ekvatordan  qutblarga  tomon  lotin  alvafitining  bosh  xarflari  (A  dan  Z  gacha),  kolonnalar  esa  180° li meridiandan  boshlab  1  dan  60  gacha  arab  raqamlari  bilan  belgilanadi.  SHunda 1:1000000 masshtabli karta har bir varag‘ining nomenklaturasi qatorni belgilovchi harf va  kolonna nomerini ko‘rsatuvchi raqamdan iborat bo‘ladi. Masalan, Toshkent shaxri joylashgan varaq  (trapetsiya) ning nomenklaturasi K-42 bo‘ladi ( 4.3.1. – shakl).

1:500000 masshtabi karta varag‘ining nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 1:1000000  masshtabli karta varag‘ini 4 teng bo‘lakka bo‘lamiz.

1:200000 masshtabli karta nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 36 teng bo‘lakka bo‘lib I  – XXXVI gacha belgilab olamiz.

1:300000 masshtabli karta varag‘ining nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 1:1000000  masshtabli karta varag‘ini 9 ta teng bo‘lakka bo‘lamiz I – IX gacha belgilab olamiz.

1:100000 masshtabli karta varag‘ini nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun, 1:1000000  masshtabli  karta  varag‘ini  144  teng  bo‘lakka  bo‘lamiz  va  1-144  belgilab  olamiz.  1:100000  masshtabli  topografik  kartaning  nomenklaturasi  barcha  yirik  mashtabli  topografik  kartalar  va  planlarningnomenklaturasi uchun asos qilib olingan.

1:50000  masshtabli  karta  varag‘ini  nomenklaturasini  keltirib  chiqarish  uchun  1:100000  masshtabli karta varag‘ini 4 ta teng bo‘lakka bo‘lamiz; (A, B, V, G) – K-42-102-B.

1:25000  masshtabli  karta  varag‘ini  nomenklaturasini  keltirib  chiqarish  uchun  1:50000  masshtabli karta varag‘ini 4 ta teng bo‘lakka bo‘lamiz;(a,b,v,g)-K-42-102-B-b.

1:10000  masshtabli  karta  varag‘ini  nomenklaturasini  keltirib  chiqarish  uchun  1:25000 masshtabli karta varag‘ini 4 ta teng bo‘lakka bo‘lamiz (1, 2, 3, 4) – K-42-102-B-b-3 (4.3.2. – shakl).  1:5000 va 1:2000 nomenklaturasi 1:100000 – 256 ta teng bo‘lakka bo‘lsak – 1:5000 kelib chiqadi.

1:2000 ni keltirish uchun 1:5000 ni 9 ta teng bo‘lakka bo‘lamiz ( a, b, v, g, d, e, j, z, i) K-42-102 (132-d) Karta  masshtabi  ,karta  kengligi,  karta  uzunligi  va  nomenklaturasi  quyidagi  jadvalda  keltirilgan. Masshtablar.

Muallif: A. Ganiyev.

Mavzular.

manba