Matn ta’rifi va Matn birliklari haqida ma’lumot.

0
Matn ta'rifi va Matn birliklari haqida ma'lumot.

Matn ta'rifi va Matn birliklari haqida ma'lumot.

Matn ta’rifi va Matn birliklari haqida ma’lumot.

«Matn» atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. O’zbek tilining
izohli lug’atida matn so’zining arabchadan o’zlashganligi, eskirgan kitobiy so’z
ekanligi va aynan tekst so’zi anglatgan ma’noga tengligiga ishora qilinadi. Ayni
lug’atda tekst so’ziga quyidagicha ta’rif beriladi: [r<lat]

1. Yozilgan, ko’chirilgan yoki
bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar yoki ularning bir parchasi;
matn. Maqolaning teksti.

2.Muzika asariga, masalan biror kuyga, opera, romans va
shu kabilarga asos bo’lgan she’r, so’z.

3. Poligrafiyada yirik shriftlardan birining nomi.

Demak, matn deyilganda faqatgina yozma shakl inobatga olinishi kerak. Yangi
tahrirdagi izohli lug’atda ham ayni ta’kid saqlangan: matn [arabcha – yelka; nutqning
yozuvdagi ifodasi, tekst] 1. Yozuvda yoki bosma holda shakllantirilgan mualliflik
asari yoki hujjat. 2. Bosma nashrning rasm, chizma va izohlarsiz asosiy qismi.
Avvalo, aytish lozimki, kishilar o’rtasidagi aloqa-kommunikatsiya matnlar vositasida
amalga oshar ekan, matnni faqat yozma shakl bilan chegaralash shakllanib ulgurgan
mavjud matn nazariyasi qoidalariga zid bo’lishi turgan gap.

Axir, kishilar o’rtasidagi
har qanday kommunikatsiya faqat va faqat yozma shaklda amalga oshishini tasavvur
etib bo’lmaydi. Sintaksisning asosiy birligi gap ekanligi hamisha e’tirof etilgan, matn
yoki uning birliklari gapdan yirik, oliy sintaktik-kommunikativ birliklar hisoblanishi
lozimligi bugungi matn lingvistikasining asosiy qoidalaridan biriga aylanib ulgurdi.
Shunday ekan, faqat yozuvda aks etgan gapnigina gap deb, og’zaki nutqdagi gapni
gap bo’lolmaydi deyish to’g’ri bo’lmasligini isbotlab o’tirishning hojati yo’q, albatta.
Agar faqat yozuvda ifodalangan yaxlit nutqnigina matn deyiladigan bo’lsa, mantiq
gapni ham faqat yozuvdagisinigina tan olish kerakligini taqozo etadi. Ammo buning
mumkin emasligi tabiiy. To’g’ri, og’zaki nutqning so’zlangan paytidagina mavjud
ekanligini, yozma nutqning esa zamon nuqtai nazaridan chegaralanmaganligini hech
kim inkor etmaydi, ammo bu og’zaki nutqni eslash, xotirada saqlash, umuman, uni
yoki uning muayyan parchalarini tiklash ilojsiz degani emas. Yaxlit og’zaki nutq faqat
yozma shaklga olingandagina matn yuzaga keladi tarzidagi hukm daryoda oqib
turgan suv suv emas, balki bu «modda» faqat shishaga solingandagina suv paydo
bo’ladi degandek bir gapdir.

Bugungi kun tilshunosligida matn tilning alohida yirik
birligi (supersintaktik butuniik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy
obyekti sifatida talqin qilinadi. Matnni tadqiq etishda uni so’z birikmasi va gapdan
farqlash lozimligi, matnning ham o’z kategoriyasi va qonuniyatlari borligi aytiladi.
Tilshunos M.X.Hakimov bu haqda shunday yozadi: “Matn so’zining lug’aviy
ma’nosida birikish, bog’lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi
o’zaro qaysidir bog’lovchilar yordamida birikishini o’rganish «Matn tilshunosligi»
sohasining asosiy muammolaridan biri bo’lib qoldi». Mazkur ishda muallif «matn»
atamasini «nutq», «kontekst» kabi boshqa lingvistik atamalardan farqiash lozimligini
ta’kidlaydi. Bundan tashqari dunyo tilshunosligida matn muammolari tadqiqiga
bag’ishlangan ishlarning ko’pchiligida «diskurs» termini ham bot-bot qo’llanadi. Bu
termin matn lingvistikasi bilan bir qatorda adabiyotshunoslik, sotsiologiya,
siyosatshunoslik, falsafa, mantiq, psixologiya kabi fan sohalarida keng ishlatilib
kelinayotgan bo’lsa-da, matn lingvistikasining o’zida ham yagona, ko’pchilik
tomonidan e’tirof etilgan talqini, ma’nosi yo’q, xilma-xil farqli tushunchalar ifodasi
uchun istifoda qilinadi.

Dastlab «diskurs» va «matn» terminlari ayni bir tushuncha
uchun qo’llangan bo’lsa, keyinroq «matn» yozma kommunikatsiyaga nisbatan,
«diskurs» esa og’zaki kommunikatsiyaga nisbatan ishlatilgan. Bu so’zning ma’nosi
fransuzcha discours – «nutq», «so’zlash» demakdir.
Xulosa qilib aytganda, matn til sintaktik sathining oliy darajadagi birligi bo’lib,
gaplar ketma-ketligining bog’lanishlilik asosida og’zaki va yozma shaklda yuzaga
keladigan struktural, semantik va kommunikativ jihatdan yaxlit bir butunligidir.

Matn birliklari

Har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlardan, muayyan
birliklardan iborat bo’ladi. Tilshunoslikda qanday birliklar matnni shakllantirishi yoki
matnni bo’laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn birligi deb hisoblanishi
borasida ancha-muncha munozaralar mavjud. Bir qarashda, matn birliklarini belgilash
u qadar ham qiyin ish emasdek tuyuladi. Ammo aslida unday emas, shuning uchun
ham matn lingvistikasi tadqiqotchilari orasida juda ko’p va farqli qarashlar mavjud.

Masalan, I.R.Galperin gapni matn birligi bo’la olmasligini ta’kidlaydi. Uningcha, bir
necha gapni o’zida birlashtiradigan yirik butunlik – frazadan katta butunlik matnning
birligi bo’la oladi. Frazadan katta butunlikning tarkibiy qismi bo’lgan gap bir
paytning o’zida matnning ham birligi bo’la olmasligini aytadi.
Ko’pchilik tilshunoslar esa gapni matnning asosiy shakllantiruvchi unsuri
ekanligini ta’kidlashadi. Aslida ham matnning mazmuniy tarkibini, bu mazmunning
ob’yektiv olam bilan nisbatlanishini, demakki, to’g’ri anglanishini gapsiz tasavvur
etish mushkul. Shunga ko’ra gapning matn sistemasidagi o’rnini, ayniqsa, uning
matn hosil qilish imkoniyatini aslo inkor etib bo’lmaydi.

Linqvistik adabiyotlarda gap, murakkab sintaktik butunlik va abzas matn birligi
sifatida talqin qilinadi. Gap va murakkab sintaktik butunlikni matnning asosiy
birliklari deyish mumkin, lekin abzasni mazkur birlikiar qatoriga kiritib bo’lmaydi.
Chunki, abzas, avvalo, yozma matngagina xos bo’lgan hodisa. Tilshunos
A.N.Gvozdev abzasni tinish belgilari qatoriga kiritadi. «Abzas yangi fikrlar qatorining
ko’rsatkichi sifatida xizmat qiladi. Bir necha gap yoki hatto bir gapni alohida abzas
sifatida ajratish bu gaplarga muayyan salmoq baxsh etadi, bunday ajratish muallif
tomonidan o’z maqsadiga bog’liq tarzda amalga oshiriladi. Matn lingvistikasining
yirik tadqiqotchilaridan biri I.R,Galperin ham abzas xuddi tinish belgilari kabi
matndagi mantiqiy va emotsional jihatlarni alohida ta’kidlab ko’rsatish uchun xizmat
qiladigan vosita, kompozitsion–grafik usul ekanligini asoslagan. Lekin abzaslar yozma
nutq uchun, ayniqsa, badiiy matn uchun nihoyatda zarur vosita hisoblanadi. Abzaslar
bir so’zdan, bir gapdan yoki bir necha gapdan tuzilishi mumkin. Abzasning
tashkillanishini yozuvchilar o’zlarining badiiy niyatiga ko’ra mutlaqo ixtiyoriy tarzda
belgilashadi. Bir necha gapdan iborat abzaslar, odatda, 3 bosqichdan iborat bo’ladi: 1-
bosqich xabarning boshlanishi (abzasda aytilmoqchi bo’lgan mavzu haqidagi
dastlabki, qisqacha xabar), 2-bosqich xabarning to’ldirilishi (dastlabki xabar
to’ldiriladi, izohlanadi, sharhlanadi) 3-bosqich esa xabarning xulosalanishi (xabar
yakunlanadi, natija aytiladi) hisoblanadi. Shuningdek, abzasdagi oldingi xabar bilan
keyingi xabarni bog’lovchi vositalar (bog’lovchi vositalar abzasni o’zidan oldingi yoki
keyingi abzasga bog’laydi) ham o’sha butunlikning ajralmas qismlaridan hisoblanadi.
«Matn lingvistikasi» qo’llanmasida abzasni tashkil etgan gaplar o’zaro sinsemantik
(sintaktik va leksik-semantik) hamda, avtosemantik (grammatik aloqalarsiz, faqat
semantik) aloqa usulida birikishi aytitadi. Shuningdek, abzaslarning strukturasiga
ko’ra quyidagi korinishlari mavjudligi sanab o’tiladi: 1) Sodda gapdan iborai bo’lgan
abzaslar; 2) qo’shma gapdan iborat bo’ladigan abzaslar; 3) Periodik nutq formasidan
iborat bo’lgan abzaslar: 4) Superfrazali sintaktik butunlikdan iborat bo’lgan abzaslar;
5) Ko’chirma-o’zga gapli abzaslar. Bunga aralash tipdagi nutq formalaridan tashkil
topgan abzaslarni ham kiritish mumkin.

Yuqoridagi fikrlarga asoslanadigan bo’lsak, gap va murakkab sintaktik
butunlikni matn birliklari hisoblash mumkin, Abzas esa subyektiv hodisa, yozuvchilar
mutlaqo erkin holda qo’llashi mumkin bo’lgan kompozitsion-grafik usuldir.

Mavzular.

manba