Menejment fanining ta’rifi, maqsadi va vazifalari.

0
Menejment fanining ta'rifi, maqsadi va vazifalari.

Menejment fanining ta'rifi, maqsadi va vazifalari.

Menejment fanining ta’rifi, maqsadi va vazifalari.

Menejment fanining ta’rifi, maqsadi va vazifalari. Iqtisodiyotda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va inson mehnati unumdorligini ragʼbatlantiruvchi bozor tamoyillari asta-sekinlik bilan shakllanib, xoʼjalik yuritishning asosiy tizimiga aylandi va XXI asrning boshlarida ham bozor munosabatlari tufayli iqtisodiy yuksalish sodir boʼlayotganligi va aholining turmush farovonligiga ijobiy taʼsir koʼrsatayotganligi kuzatilmoqda.

Jamiyatni ijtimoiy tashkillashtirish muammolariga eʼtibor berib, uning menejment kabi tarkibiy elementlarining rivojlanishini hisobga olish zarur, vaholanki, uning talabiga binoan insoniyatning kelajakdagi taqdiri toʼgʼridan-toʼgʼri menejment ijtimoiy institutining rivojlanishi bilan bogʼliq qilib qoʼyilgan boʼlib, u:

1 “…iqtisodiy resurslarni tizimli tashkil qilish yoʼli bilan insonning hayot koʼrish vositasi ustidan nazoratni amalga oshirish imkoniyatiga ishonish … iqtisodiy oʼzgarishlar inson hayotini va ijtimoiy adolatni eng qudratli kuchga aylantirishi mumkinligida…

”2 ifodalanishi qayd qilingan. Shu bilan bir vaqtda menejment jamiyatning yetakchi ijtimoiy instituti sifatida tan olinishi va insoniyat amaliyotiga joriy qilinishiga qaramasdan, koʼplab tadqiqotchilar: “Menejment haligacha ham nazariy, ham amaliy jihatdan yetarli darajadagi yetuklikka erishmadi”

3  “Boshqarish faoliyatini nazariya va amaliyotda oʼzgarmas holat deb qarash mumkin emas, chunki u ilmiy-texnika yutuqlari taʼsirida hamda turli ijtimoiy-iqtisodiy vasiyosiy holatlarda yuz berayotgan xalqaro va milliy bozorlardagi kon’yunktura o‘zgarishlariga moslashish maqsadida o‘zining strategiya va taktikasini har doim takomillashtiradi va rivojlantirib boraveradi”

Shu jihatdan, mamlakatimizda iqtisodchi kadrlar tayyorlashning boshqaruv mexanizmini takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Ingliz tilidagi “menejment” so‘zining kelib chiqish ildizlari grekcha “manus” atamasidan olingan va bu so‘zning ma’nosi – “qo‘l, kuch” deb tarjima qilingan. Dastlabki vaqtlarda bu atam hayvonlarni va asosan otlarni boshqarish san’ati tushunchasini bergan. Bu yerda otlarni boshqarishga urg‘u berilishining sababi, tarixdan ma’lumki, moziyda dunyoning barcha xalqlarida otlar insonlar hayotida asosiy strategik kuch bo‘lgan.
Ingliz tilining “Oksford lug‘ati”da “menejment”
atamasining quyidagi to‘rtta tushunchasi berilgan bo‘lib, bular:
1. Insonlar bilan muloqot usuli.
2. Boshqaruv san’ati va hokimiyat.
3. Ma’muriy ko‘nikmalar va alohida, o‘ziga xos qobiliyatlar.
4. Ma’muriy birlik, boshqaruv organi.

“Chet el so‘zlari” lug‘atlarida “menejment” atamasi ishlab chiqarishni boshqarish va ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish maqsadida

boshqaruvning shakllari va vositalari, usullari, tamoyillarining jamlanmasini muvaffaqiyatliqo‘llash sifatida izohlangan.
“Menejment” atamasining tushunchasi, mazmuni va mohiyati menejmentning zamonaviy nazariyasi va amaliyotida alohida ishchi (xodim), ishchilar guruhi va butun tashkilotga rahbarlik jarayoni tushuniladi. Bu jarayonning sub’ekti – menejer hisoblanadi.
Bugungi hayotimizda “menejment” so‘zi odamlarni va tashkilotni boshqarish ilmida, amaliyotida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish, rahbarlik qobiliyatiga ega bo‘lish, xodim va jamoaga mos keluvchi samarali boshqaruvni tashkil qilish kabi ma’no va mazmunlarini bildradi.
Ingliz tilidagi “menedj” (“manade”) atamasi davrlar o‘tishi bilan transformatsiyalandi, o‘zining mazmuni va mohiyatiga raqobat sharoitlarida ishni (biznesni) yuritish, ishni tashkil etish, mehnat qilishda yuqori natijalarga erishishni boshqarish tarkiblariga qo‘shib bordi. Menejment – bu oldinga qo‘yilgan vazifalarni
insonparvarlik va iqtisodiy yo‘llar bilan yechishda odamlar va ishlab chiqarishni ilmiy-amaliy boshqarish, rahbarlik qilish usulidir.

Menejment – bu daromad olish maqsadida mahsulotlar va
xizmatlarni sotish, ishlab chiqarishni tashkil qilish va bashoratlash, joriy va istiqbolni rejalashtirish tizimidir.
Menejment – bu ishni, ob’ektlarni boshqarish san’ati, bu –boshqaruvning samarali tamoyillari yordamida professional malakalarga, qobiliyatga ega bo‘lish, qo‘yilgan maqsadlarni muvaffaqiyat bilan bajarish jarayonlarida, odamlar bilan bo‘ladigan munosabatlarda qattiq ma’muriy qarorlardan vozkechuvchi usullardan foydalangan holda, ularni muhofaza qiluvchi boshqaruv tizimidir.
Menejment –bu bozor sharoitlarida bozor iqtisodiyotini boshqarishdir.
Menejment –bu har doim odamlarni boshqarishdir. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish bo‘yicha
professional bilimlarga ega boshqaruvchini menejer deb atashadi.

Ilmiy adabiyotlarga asoslanib menejmentning juda ko‘plab ta’riflarini keltirish mumkin. Chunki, menejmentni tadqiqot qiluvchilar uning ta’riflarini o‘zlaridagi boshqaruv tarkiblari bo‘yicha talqin qilishadi. Masalan, menejmentning Amerikacha tushunchasi so‘zma-so‘z tarjima qilinganda “boshqaruv”, “ma’muriyat” atamalarini bildiradi. Rus tilidagi “boshqaruv” va ingliz tilidagi “menejment” qisman ma’nodosh so‘zlar hisoblanadi.
Lug‘atlarga qaramasdan ham aytish mumkinki, rus va o‘zbek tilidagi “boshqaruv” ingliz tilidagi “menejment”ning to‘liq ma’nodosh atamasi emas. Faqat zavod yoki fabrikani boshqarish emas, mashinani, poyezdni yoki raketani ham boshqarish mumkin. Shuning uchun ham menejmentni, har doim odamlarni boshqarish deb xulosa qilish mumkin. “Boshqaruv” atamasi qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun muvofiqlashtirilgan tadbirlarning yig‘ilgan, jamlangan yo‘nalishi hisoblanadi.
Menejment so‘zini ishlatganimizda boshqaruvdagi xalqaro amaliyot an’analarida belgilangan ma’lum va aniq voqe’liklar va jarayonlarni tushunamiz. Amaliyotda “boshqaruv” atamasi “menejment” atamasining ekvivalenti hisoblanmaydi. Chunki, bu yerda gap boshqaruvning atiga bir shakli, ya’ni tadbirkorlik shaklidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning boshqaruvi haqida bormoqda.
Menejmentning iqtisodiy voqe’liklari va jarayonlari esa, xo‘jalik yuritishning bozor tiplariga mo‘ljallangan bo‘lib, bu voqe’liklar va jarayonlar ishlab chiqarishning sanoatlashgan yoki tijoriy asoslarida, sharoitlarida ro‘y beradi, amalga oshiriladi. Shuning uchun ham, “menejment” atamasi xo‘jalik faoliyatini boshqarishda, shu jumladan, mahsulotlar vaxizmatlar ishlab chiqarishdagi har qanday sohada ko‘proq ishlatiladi.
Rossiyalik ba’zi mutaxassislarning xulosalariga ko‘ra,
zamonaviy boshqaruv tizimi quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishi kerak8:
• kam sonli, yuqori malakali xodimlar bilan
ta’minlangan, uncha katta bo‘lmagan bo‘lim;
• boshqaruv darajalarining kam sondaligi;
• mutaxassislar guruhiga asoslangan tarkib;
• iste’molchilarga mo‘ljallangan mahsulotlarning
sifati va assortimenti.
Hozirda bizning sharoitimizda “tashkillashtirish”,
“boshqaruv”, “ma’muriyat”, “jamoat tashkilotlari” va hokazo atamalar ko‘proq ishlatiladi. Shu bilan birga, davlatimizning xalqaro integratsiyada jadal rivojlanayotganligi, xalqaro miqyosdagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning tobora rivojlanib borayotganligi, milliy mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning sifatini jahon andozalarida tayyorlash, kirib kelayotgan investitsiyalar bilan hamkorlikda ishlashning talablari va zarurati yuzasidan tashkilotlar qanday va qaysi tizimda bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z faoliyatida eng kam xarajatlar bilan belgilangan maqsadlarga erishishi uchun zamonaviy menejmentning tamoyillari va usullarini izchil o‘rganishlari va amaliyotda foydalanishlari lozim bo‘lmoqda.
Hozirgi vaqtda menejmentning juda ko‘plab tushunchalari, ta’riflari mavjud bo‘lib, ulardan menejmentning eng zamonaviy ta’rifi Angliya nashridagi “Menejment bo‘yicha xalqaro ma’lumotnoma”da quyidagicha berilgan: “Menejment” – kapital (ishlab chiqaruvchi, moliyaviy va mehnat) resurslarni muvofiqlashtirish va samarali foydalanish, qo‘yilgan maqsadlarga erishishi uchun ulardan yanada samaraliroq foydalanishdir.

Hozirgi vaqtga kelib menejmentda axborot resurslarining ahamiyati kuchayib borayotganligidan menejmentning ta’rifiga axborot resurslarini ham qo‘shish mumkin. Bu esa o‘z navbatida, menejment faoliyati o‘ziningmohiyati bo‘yicha murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, axborotli va tashkiliy-texnik hodisalar, jarayonlarni tashkil qilish va boshqarishdan iborat ekanligini izohlaydi. Shuning uchun ham har qanday fandagi kabi menejmentning aniq qonuniyatlari, tamoyillari, maqsadi va vazifalari bor. Shu nuqtai nazardan ham zamonaviy menejmentning mezonlari uning ijtimoiy- iqtisodiy voqe’liklari va jarayonlarining kechishi bo‘yicha turlicha xususiyatlarga ega.
Erkin bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligida zamonaviy menejmentning asosiy mezonlari – bu samaradorlik va raqobatbardoshlikdir deb hisoblashadi. Erkin bozorning rivojlanishi mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarning ham, iste’molchilarning ham ko‘payishiga qulay sharoitlar yaratadi. Bu sharoitlarga zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or tajribalarning kirib kelishi mahsulotlar va xizmatlar miqdorlarining ko‘payishini, sifatini oshirishini talab qiladi. Bu holatda albatta raqobat kuchayadi. Shuning uchun ham menejmentningzamonaviy modeli bozorga asoslangan boshqaruv tipini qabul qiladi va boshqaruvda undan foydalanadi. Menejment fanining ta’rifi, maqsadi va vazifalari.

Muallif: Pardaev. O. M.

Mavzular.

manba