Menzulaviy s’yomkaning mohiyati.

0
Cho'kishni kuzatishning geodezik aniqligi.

Menzulaviy s'yomkaning mohiyati.

Menzulaviy s’yomkaning mohiyati.

Menzulaviy s’yomkaning mohiyati.Menzula bilan plan olish menzula va kiprigel yordamida bajariladi. U bevosita dalada qalam bilan topografik plan olish imkoniyatini beradi.

Menzula bilan plan olishning asosiy  avzalligi plan olish jarayonida joy aniq ko‘rinib turishi,  joyning tuzilayotgan plan bilan taqqoslash mumkinligi va plan tuzishining  yuqori sifatligi. Bu  usulning  kamchiligi  quyidagilar:  ishning  asosiy  qismi  dalada  bajarilishi,  ob-havoning  qorli,  yomg‘irli kunlarida ishlash imkoniyati yo‘qligi va menzula asboblarining ko‘pligi.

Menzula shtativ, taglik va planshetdan iborat jihozlardan tashkil topgan. Metall taglik  silindrik qism 5 ga mahkamlash uchun uchta vint 3 bilan yuqori qism 4, uchta ko‘tarish vinti 7 va qotirish vinti 2 va 6 to‘g‘rilash vintidan iborat. Ko‘tarish vintlari  plastik prujina 1 orqali o‘tadi. Menzula shtativi  uchta oyoq 12, uning boshi metall qalpoq 15 bilan tugaydi.  O‘rnatish  vintini  oxirigacha  qattiq  buralsa  menzula  tagligi  va  unga  mahkamlangan  planshet  aylanishi to‘xtaydi.

Ish  tugagandan  keyin  taxta-planshet  taglikdan  olinib,  namliklardan  himoya  qilish  uchun  plenkaga o‘rab brezent xilofga solib qo‘yiladi.

Kipregel  –  qarash  trubasiga,  vertikal  doiraga  va  adilakli  metall  chizg‘iga  ega  bo‘lgan  asbobdir.

Kiprigel. Kiprigel – qarash trubasi, vertikal doira va adilagi bo‘lgan metall chiziqdan iborat asbob.  Kipregel  KN    redensiyali  qarash  trubasining  bitta  vaziyatida  nisbiy  balandlik  va masofani aniqlash uchun mo‘ljallangan. Kipregel KN bilan ishlaganda 3 metrli yig‘iladigan reyka  ishlatiladi.

Sanoq olishdan oldin vertikal doiradagi adilak o‘rtaga keltiriladi. Masofani aniqlash uchun  reykadagi boshlang‘ich aylana va to‘r iplari vertikal shtrixi bo‘yicha masofa aylanasi o‘rtasidagi  bo‘laklar  soniga teng sanoq olinadi. Misol S=23,5 sm x 100 = 23,5 m.

Nisbiy balandliklarni aniqlash aniqligi vertikal doira nol o‘rniga (NO‘) bog‘liq. SHuning  uchun 2-3 nuqtaga qaratilib NO‘ aniqlanadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

NO‘=(O‘D-CHD)/2

Bu erda: O‘D-o‘ng doiradan olingan sanoq;

CHD-chap doiradan olingan sanoq

Aga nol o‘rni (NO‘) 1’ dan katta bo‘lsa uni 0 ga keltirish kerak. Uning uchun qarash trubasi

o‘ng doira vaziyatida biror nuqtaga qaratiladi  va  yo‘naltiruvchi vintni aylantirib vertikal doira  ko‘rinadigan sanoqni quyidagi formula bilan aniqlaydigan qiyalik burchagi qiymatiga qo‘yiladi:

V = (O‘D-CHD) /2

V=O‘D-NO‘

V=CHD-NO‘

Vertikal  doiradagi  adilak  to‘g‘rilash  vintlari  bilan  adilak  pufakchasi  o‘rtaga  keltiriladi. Vertikal doira adilak pufakchasini o‘rtaga keltirib, truba yo‘naltirishi vinti yordamida qarash trubasi  ko‘rish maydonida NU ga teng sanoq qo‘yish mumkin. Vertikal doira vinti bo‘rash  bilan truba  ko‘rish maydonidagi sanoq nolga keltiriladi. Keyinchalik vertikal doira adilagi to‘g‘rilash vintlari  bilan adilak pufakchasi o‘rtaga keltiriladi.

Kiprigelni tekshirishi. 

  1. Kipregel chizg‘ichining qirrasi to‘g‘ri chiziq bo‘lishi kerak. Kipregel chizg‘ichining qirrasi

bo‘yicha uchi o‘tkirlangan qalam bilan taxtaga mahkamlangan qog‘ozga chiziladi. Kipregel 1800 ga  aylantirib chizig‘ichning qirrasi o‘sha chiziqning ustiga qo‘yiladi va yana chiziq chiziladi. Agar  chiziqlar ustma-ust tushsa yoki og‘ish 0,1 mm gacha bo‘lsa shart bajarilgan bo‘ladi. Og‘ish katta  bo‘lsa kipregel chizg‘ichi ustaxonada tuzatishishi kerak.

  1. Kiprigel chizg‘ichining taglik yuzasi tekislik bo‘lishi kerak.

Kipregel chizg‘ichi tekis yuzaga qo‘yiladi. Agar chizg‘ichning ikki uchi yuqoriga qiyshaygan

bo‘lsa, taxtaga qo‘yilgan kiprigel turg‘un turmaydi. CHizg‘ichni ustaxonada to‘g‘rilash kerak. Agar ikki  uchi  pastga  qarab  qiyshaymagan  bo‘lsa  unga  xavfli  emas.  Kipregel  og‘irligi  bilan  u  to‘g‘rilanishi mumkin.

  1. Qo‘shimcha chizg‘ich 3 asosiy chizg‘ich 10 dan farqli masofada bo‘lsa ham unga parallel ravishda siljishi kerak.

Kipregilni planshetda joyidan qimirlatmasdan qo‘shimcha chizg‘ichni asosiy chizg‘ichdan bir  necha marta qo‘yib, har qo‘yganda qalamning o‘tkir uchi bilan chiziq chiziladi. O‘lchagich bilan  chiziqlarning bir biriga nisbatan joylashgan masofalari o‘lchab ko‘riladi. Masofalar farqi 0,2 mm.  kam bo‘lsa shart bajarilgan bo‘ladi.

  1. Kipregel chizg‘ichidagi  silindrik  adilak  o‘qi  chizg‘ichning  pastki  tekisligiga  parallel  bo‘lishi kerak.

Kipregel chizg‘ichi ikkita ko‘tarish vinti yo‘nalishi bo‘yicha menzula taxtasining o‘rtasiga  qo‘yiladi.  O‘sha  ko‘tarish  vintlari  bilan  adilak  pufagi  o‘rtaga  keltirilib  chiziq  chiziladi.  Keyin  kipregel 1800 aylantirishib, shu chiziqqa boshqa tomondan qo‘yiladi. Agar adilak pufagi o‘rtada  qolsa shart bajarilgan bo‘ladi.

  1. Qarash trubasi vizir o‘qi truba aylanishining gorizontal o‘qiga perpendikular bo‘lishi kerak.
    6. Trubaning aylanish o‘qi kipregel chizg‘ichi pastki tekisligiga paralel bo‘lishi kerak.
    Asbobdan 10-20 m masofadagi bino devorining yuqoriroq joyidan biror nuqta tanlab trubani o‘sha nuqtaga to‘g‘rilaymiz. Keyin truba gorizontal holatgacha tushiriladi va devorda to‘r iplari  proeksiyasining o‘rni belgilanadi. Trubani zenit orqali aylantirib yana yuqoridagi nuqtaga to‘g‘rilab,  truba  pastga  tushiriladi    va  nuqta  o‘rni  belgilanadi.  Agar  proeksiyalar  ustma-ust  tushsa  shart  bajarilgan bo‘ladi. Agar bajarilmasa asbob ustaxonada tuzatilishi kerak.
  1. To‘rning biror ipi kipregel trubasining kallimatsion tekisligida yotishi kerak.

Ko‘rish trubasining vertikal ipi biror nuqtaga qaratiladi. Trubani syokin aylantirilib nuqtaning ipdan chiqib ketgan ketmaganligi kuzatiladi. Agar nuqta ipdan chiqmagan bo‘lsa shart bajarilgan  bo‘ladi.

«Ko‘ylak»  qurib,  tortilgandan  keyin  unga  balandlik  kalkasi  qo‘yilib,  qattiq  qalam  bilan  orientirlash chizig‘i, trapetsiya burchaklari uchi, geodezik asos punktlarining o‘rni bosib tushiriladi.  Keyinchalik «ko‘ylakning» ozgina joyi lezviya bilan teshik ochib tafsilotlarni tushirish boshlanadi.

Nuktalardan birining absolyut  yoki shartli balandligi ma’lum bo‘lsa, boshqa nuqtalarning  absolyut (shartli) balandliklari )hisoblab chiqariladi. Absolyut balandlik qiymati, nuqtalar yoniga 1 santimetr- gacha yaxlitlab yozib qo‘yiladi. Menzulaviy s’yomkaning mohiyati.

Muallif: A. Ganiyev.

Mavzular.

manba