Metallarning kimyoviy xossalari

0
Metallarning kimyoviy xossalari

Metallarning kimyoviy xossalari.

Metallarning kimyoviy xossalari

Metallarning kimyoviy xossalari. Metall atomlari o’zining valent elektronlarini oson berib, musbat zaryadlangan ionga aylanish xususiyatiga ega. Tipik metallar hech qachon elektronlar biriktirib olmaydi; ularning ionlari hamma vaqt musbat zaryadlangan bo’ladi. SHuning uchun metallar «elektromusbat» elementlar deyiladi.

Metallar elektronlarini oson yo’qotib, ionlarga aylanadi:

Me e  Me+

Demak, metallar qaytaruvchilardir. Shuningdek:

  1. metallarning ion radiusi qancha katta va zaryadi kichiq bo’lsa, metall shuncha kuchli asos xossa

namoyon qiladi;

  1. metallarning ion radiusi kichik va ion zaryadi katta bo’lsa, metall kislota xossasini shuncha

kuchli namoyon qiladi.

Guruhlarda atom massasining, ya’ni zaryadlar sonining ortishi bilan metallik xossasi ham ortadi. Davrlarda esa zaryadlar sonini ortishi bilan metallik xossasi susayadi.

Metallarning faolligini bir-biriga taqqoslab o’rganish uchun, har xil reaksiyalardan foydalanish mumkin. Bu maqsadda, metallarning tuzlaridan shu metallarni boshqa metallar siqib chiqarish reaksiyasidan foydalanish ayniqsa qulaydir. Masalan, misning biror tuzi eritmasiga bir bo’lak temir tashlaymiz. Temir eriy boshlaydi, eritmadan esa mis ajralib chiqadi: Fe + CuSO4 = Cu + FeSO4

Bu tenglama ionli ko’rinishda quyidagicha yoziladi:

Fe + Cu 2+ → Cu + Fe 2+

Bu reaksiyaning tipik oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi ekanligi yuqoridagi tenglamadan ko’rinib turibdi. Bu reaksiya mohiyati shundan iboratki, temir atomlari o’z valent elektronlarini 2 valentli mis ionlariga beradi, natijada temir atomlari temir ionlariga aylanadi, mis ionlari esa zaryadsizlanib, mis metali holida ajralib chiqadi. Aksincha, tajriba bajarilsa, ya’ni temirning biror tuz eritmasiga bir bo’lak mis tashlansa, hech qanday reaksiya bo’lmaydi. Bu hol temirning misga qaraganda ancha faol ekanligini, temir atomlari elektronlarni mis atomlariga qaraganda oson berishini, temir ionlari esa elektronlarini mis atomlari va ionlarga qaraganda qiyinrok biriktirib olishini ko’rsatadi.

Metallarning “siqib chiqarish qatori”da vodorodning o’rnini aniqlash uchun Beketov quyidagi tajriba qilib ko’rdi.

Egilgan shisha tirsaklariga metall tuzining eritmasi, kislota va rux ayrim-ayrim qilib solinadi. Nayning og’zi kavsharlab quyiladi, shundan keyin, rux kislotaga tushadigan qilib va ajralib chiqayotgan vodorod ostida tuz eritmasiga ta’sir etadigan qilib, nay qiyalatiladi. Nayning tuz eritmasi bor tirsagida bo’layotgan hodisalarni kuzatib, vodorod metallni siqib chiqarayotgan yoki siqib chiqarmayotganligini bilish mumkin bo’ladi. Beketov xuddi ana shunday tajribalarga asoslanib,” siqib chiqarish qatori”da vodorod qo’rg’oshindan keyingi o’rinda turadi va o’zidan keyingi metallarni: mis, simob, kumush, oltin va platinani ularning tuzlari eritmasidan siqib chiqara oladi (qaytara oladi) degan xulosaga keldi. Metallarni bu xossasiga asoslanib, Beketov quyidagi qatorini yaratdi:

Li, K, Sa, Na, Mg, Al, Mn, Zn, Fe, Cd, Co, Ni, Sn,

Pb, H, Cu, Sb, Bi, Hg, Ag, Pt, Au

Metallarning kimyoviy xossalari. Metallarning kuchlanish qatori eritmalardagi reaksiyalarda ayrim metallarning kimyoviy xususiyati to’g’risida umumiy belgilarni beradi:

  1. Bu qatordagi har bir metall, shuningdek, bosim ostida bo’lgan vodorod ham, o’zidan keyingi metallarni ularning tuzlari eritmasidan siqib chiqaradi. SHu bilan birga, ayni metalning o’zi shu metaldan oldin turishi metallar tomonidan siqib chiqarilishi mumkin.
  2. Kuchlanish qatorida vodoroddan oldin turgan metallargina vodorodni suyultirilgan kislotalardan siqib chiqara oladi. Vodorodning ung tomonida turgan metallar kislotalardan vodorodni siqib chiqara olmaydi.
  3. Metallar kuchlanish qatorida qanchalik chaproqda tursa, u shuncha faol bo’ladi, boshqa metallarning ionlariga nisbatan, uning qaytarish xossasi shunchalik zo’r bo’ladi, uning o’zi ionga shunchalik oson aylanadi va uning ionlari shunchalik qiyin qaytariladi.

Eng faol metallar odatdagi sharoitda suvdan vodorodni siqib chiqaradi va ishqor hosil qiladi:

2Na + 2H2O = 2NaOH + H2

Ca + 2H2O = Ca(OH)2 + H2

Faolligi kamroq bo’lgan metallar o’ta qizigan bug’ holida suvdan vodorodni siqib chiqaradi va oksidlar hosil qiladi:

3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2

Suyultirilgan va kislorodsiz kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, ulardan vodorodni siqib chiqaradi:

Zn + 2HCI = ZnCI2 + H2

Kuchlanishlar qatorida vodoroddan keyin turgan metallar uni suvdan va kislotalardan siqib chiqara olmaydi, balki kislotalar bilan vodorodni siqib chiqarmay turib, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari kirishadi:

Cu + 2H2SO4 = CuSO4 + SO2 + 2H2O

Barcha hollarda reaksiyaga kirishuvchi metallar oksidlanadi. Metallarning oksidlanishi metallar metalmaslar bilan bevosita o’zaro ta’sir ettirilganda ham kuzatiladi:

2Na+S=Na2S

2Fe + 3C12 = 2FeCl3 Metallarning ko’pchiligi kislorod bilan reaksiyaga kirishib, har xil tarkibli oksidlar hosil qiladi, ya’ni

E2O, EO, E2O2

Metallarning kimyoviy xossalari

Mavzular.

manba