Mezolit davri va uning xususiyatlari.

0
Mezolit davri va uning xususiyatlari.

Mezolit davri va uning xususiyatlari.

Mezolit  davri  va  uning   xususiyatlari.

Mezolit  davri  va  uning   xususiyatlari. So‘nggi paleolit davriga kelib, er yuzida muzliklarning chekinishi natijasida iqlim o‘zgaradi. Bu esa o‘z navbatida ibtidoiy odamlarning turmush tarzida o‘zgarishlarga olib keladi.  Olimlar bu davrning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, uni o‘rta tosh davri, ya’ni mezolit atamasi bilan atadilar.   

“Mezolit” so‘zi grekcha  “mezos”-o‘rta,  “litos”-tosh  so‘zlaridan  kelib  chiqqan bo‘lib,  miloddan  avvalgi  12  ming  yilliklardan  7 ming  yilliklargacha  davom  etgan. Bu  davrda  muzliklar  tugab, iliq  iqlim  davri  boshlandi.

Mezolit  davrida  iqlimning  o‘zgarishi  bilan  hayvonot  dunyosi  ham  o‘zgardi. U deyarlik

hozirgi  davrga  o‘xshab  ketgan. Qadimgi  tosh davri  yirik  hayvonlari  yo‘qolib, ular  o‘rniga  arxar, muflon, tog‘  echkisi, bug‘u,  jayron, qulon, quyon, arslon, yo‘lbars, bars, qoplon va  boshqalar  paydo  bo‘lgan.  O‘simliklar  dunyosida  ham  endi  issiqtalab  o‘simliklar  salmog‘i  oshgan.  Bu esa  ibtidoiy  odamning  turmush  tarzining  o‘zgarishiga  olib  kelgan.

O‘q yoyning  kashf  etilishi  xo‘jalikda  ovning  ahamiyatini  oshirdi. Endi  uzoqdan  turib  o‘z  o‘ljasini  nishonga  olish  imkoniyatiga  ega  bo‘lgan  ibtidoiy  ovchilar  ov  hayvonlari  izidan  yurib, yangi-yangi erlarni  o‘zlashtirib  bordilar. Ular  ovchilikning  qulay  imkoniyatlarini  o‘zlashtirib  borganlar. Bu  davrda  baliqchilik  ham  jamoada  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan. Shu sababli, mezolit  davri  odamlari  ko‘proq  maydonlarni  egallay  boshlaganlar. Mezolit  davrida  O‘rta  Osiyoning  deyarli  barcha  hududlari  yashash  uchun qulay  bo‘lgan. O‘rta Osiyoning  Amudaryo bilan Sirdaryo  oraliqlarida  mezolit  davriga  oid  yodgorliklar ko‘p uchraydi. Jumladan  Markaziy Farg‘onaning  o‘zida  100 dan ortiq  mezolit  davri  yodgorliklari topilgan.

Jahon arxeologiyasida  mezolit  davrini  2  bosqichga:  Azil  va  Tardenuazga bo‘ladilar. Ular dastlab  Fransiyadan  topilgan  makonlar  nomlari  bilan  atalgan. 

Azil  davrida  tosh  qurollari  Madlen  tipiga  mansub  bo‘lgan, bu  bilan  azillarni  madlenlar  vorisi  deb  hisoblashga imkon bergan.  Bu  davrning  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  mikrolit  qurollarning  uchrashidir  (grekcha mikros-kichik).  Qalamtosh  tig‘iga  o‘xshash maxsus  o‘tkir  tosh  paraqalari  ko‘p  uchraydi. Mikrolitlarning  ko‘pi  o‘q  uchi  xizmatini  bajargan. Ularning  ko‘pi  tol  bargiga  o‘xshash  bo‘lgan  va  ular  tayoqlarga  biriktirilgani  uchun  maxsus  moslama  bo‘lgan (zug‘ata).

Tardenauz makonlarida esa mikrolit juda ko‘p uchraydi.  Ular  juda  mayda  bo‘lib,  ba’zilari  1 sm ga  etar  etmas  bo‘lgan,  2  sm lilari  esa  kam  uchraydi.   Chaqmoqtosh  bo‘lagini  ezib, urish  yo‘li  bilan  hosil  qilganlar. Mikrolitlar  turli  xil  geometrik  shaklda  bo‘lgan (uchburchak, trapetsiya, romb). Ularning nimalarga  ishlatilganligi  haqida  2  xil  fikr  mavjud:  1) tayoq uchidagi  yoriqqa  tiqilgan, o‘tkir  va  engil  kamon  yasalgan. 2) suyak  yoki  yog‘och  qurolllarga  taqab, o‘tkir  tig‘  hosil  qilingan.

Mavzular.

manba