Mezolit davrining o‘rganilish tarixi.

0
Mezolit davrining o‘rganilish tarixi.

Mezolit davrining o‘rganilish tarixi.

Mezolit  davrining  o‘rganilish  tarixi.

Mezolit  davrining  o‘rganilish  tarixi. O‘zbekiston  hududida  mezolit davri  yodgorliklarini  3  davrga  bo‘linadi: ilk, o‘rta va so‘nggi. Bu davrlarga oid yodgorliklar quyidagi guruhlarga ajratilgan:

  1. Ilk mezolit davri miloddan avvalgi  XI-X  ming  yilliklarni  o‘z  ichiga oladi. Ko‘shilish madaniyatida o‘z aksini topgan.
  2. O‘rta mezolit davri miloddan avvalgi   IX-VIII  ming  yilliklar  bo‘lib, Obishir  madaniyatida o‘z aksini topgan.
  3. So‘nggi mezolit davri miloddan avvalgi  VII-VI   ming  yilliklar bo‘lib, Machay  madaniyatida o‘z aksini topgan.

O‘zbekiston mezolitini o‘rganishda olimlarimiz o‘ziga xos uslub ishlab chiqishgan.  Uning asosida tosh buyumlar yotadi. Tosh buyumlarning miqdori va shakllariga qarab yodgorlikning qaysi madaniyatga tegishli ekanligi aniqlanadi.

Tosh davri yodgorliklari topilmalari asosan tosh paraqalardan tashkil topganligi uchun ham, ularning klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan. Bu uslub topilmaning qaysi kategoriyaga mansubligini va ularning statistik jihatdan protsentlarini aniqlashda ancha qulayliklar tug‘diradi. Paraqalarni aniqlashda ularning eni, uzunligi va qalinligi hisobga olinadi va “paraqa”, “paraqacha”, “mikroparaqa” terminlari bilan ishlatiladi.  Paraqa  deb uzunligi 5 sm va undan yuqori bo‘lgan, qalinligi 0,5 –1 smgacha, eni 1,4 sm tashkil qilgan tosh bo‘lagiga aytiladi. Paraqacha esa, eni 1,4gacha bo‘lgan va qalinligi 0,5 smdan oshmagan toshlarga aytiladi. mikroparaqalar esa, eni 0,7 smdan kam bo‘lmagan va qalinligi 0,2 smdan oshmagan tosh bo‘laklariga aytiladi.

O‘zbekiston mezoliti yodgorliklarida prizma, konus, pona shakllaridagi nukleuslar xosdir. Tosh paraqalari esa, asosan, bir tomonlama kertma tarzda o‘tkirlangan. Qirg‘ich qurollari deyarli tosh uchrindilardan va parchalaridan ishlangan. Shuningdek,  tog‘li xududlarda nukleuslar uchun g‘amlangan toshlar ko‘pincha, chaqmoqtoshlar emas, balki  daryo qayroqtoshlari bo‘lgan.

O‘rta Osiyo mezoliti industriyasini kuzatish asosida olimlarimiz ulardagi rivojlanish tomonlarini  ko‘rsata bildilar va shu asosda ularni ilk, o‘rta va so‘nggi bosqichga bo‘ldilar.

Ilk mezolit davri yodgorliklarida mikrolit texnikasining endigina paydo bo‘lgan. Bunday yodgorliklarda geometrik shakldagi (segment, trapetsiya, uchburchaksimon) tosh buyumlar kam uchraydi. Mikroparaqalar ham kam. Bu davr yodgorliklarida so‘nggi paleolitga doir qirg‘ichchalar, o‘zaklar, paraqalar xosdir.

O‘rta mezolit davrida geometrik shakldagi mikrolit qurollarning turli tiplari paydo bo‘ladi. Lekin ular xali deyarli yirik va qalinroq bo‘ladi. Bu tarzdagi mikroparaqalarning  soni ancha ko‘payadi va ularning keskich qirralari ancha o‘tmaslangan holda bo‘ladi. Qirg‘ichchalarning har xil shakldagilari vujudga keladi. Bunday qurollar ko‘pincha tosh siniqlarining qirra tomonlariga va paraqalarning uchqir tomonlariga tig‘ chiqarish usuli bilan yasalgan, ularning hajmlari ancha kichiklashtirilib, takomillashtirilgan. O‘zaklardan pichoqsimon uchirma ajratib olish texnikasi vujudga keladi. O‘rta mezolit davri yodgorliklarining yana bir xususiyati qayroqtoshlardan yasalgan qurol va qirg‘ichlarning borligidir.

So‘nggi mezolit davrida mehnat qurollarining ko‘pchilik turlari tobora maydalashadi. Qalamsimon mitti o‘zaklar soni ko‘payadi. Geometrik shakldagi qurollar takomillashtiriladi. Tosh bigiz, ya’ni teshgich qurollar paydo bo‘ladi. Ikkala uchli tomonlari yo‘nilgan shakldagi paraqalar va mikroparaqalar soni ko‘payadi. Bu davr yodgorliklarida qurollarni yasash texnikasi murakkablasha boradi, ilk neolit davri texnikaviy uslublari vujudga kela boshlaydi.

Mezolit davrining yana bir  yutug‘i it, cho‘chqa, qo‘y-echkilarning  qo‘lga o‘rgatilishi  bo‘ldi. Bu  davr jamoasida  diniy tasavvurlar  ma’lum  bir  shaklga  kiradi. Bu haqda  mezolit  davri mozorlari, qoyatosh  rasmlari darak beradi. O‘rta Osiyodagi mezolit  davri  yodgorliklaridan  atigi  3tasida– Qayla, Tutkaul, Machay makonlarida  mozorlar topilgan. Ular  mezolit  davrining  so‘ngi  bosqichiga  taalluqli. Qayla  g‘orida  2 mozor  o‘rganilgan. Skeletlar  chalqanchasiga  yotib, oyoqlari  biroz  bukilgan, ustiga  oxra  sepilgan. Yonlarida  dengiz  chig‘anoqlaridan  yasalgan  taqinchoqlar  topilgan. Bosh  suyagi  ustida ham  mayda  tosh  munchoqlar  tizib  chiqilgan. Boshqa  mozorlarda  ham  shu holat  kuzatilgan. Bularni  barchasi  narigi  dunyoga  ishonishni  bildiradi.

Qoyatoshlarga  chizilgan  rasmlar  ham ularning  dunyoqarashi bilan  bog‘liq. Ular  orasida  eng  mashxuri  Surxondaryoning  Qo‘hitong  tog‘ida Zarautsoy  qoyasiga  chizilgan.  Mazkur  rasmlarning  bir  qismi qizil  rang  bilan  ishlangan. Ular ichida  yovvoyi  hayvonlarni  ov  qilish  manzarasi  diqqatga  sazovordir. U so‘ngi  mezolit  davriga  oid.

Mezolit davri  arxeologlarga  XIX  asr oxirigacha  ma’lum  bo‘lmagan. Shu sabab  arxeologlar dastlab  paleolit  birdaninga  neolitga  o‘tish  jarayonini tuchuntirib bera  olmagandar va qandaydir  uzilish  bor  deb  hisoblaganlar. XIX asrning  birinchi  yarmida  birinchi  mezolit  davri  makonlari  topildi. Ilgarilari  sopol bilan  kamon  bir  vaqtda  neolit  davri  boshlarida  paydo  bo‘lgan  degan  fikrlar  bor  edi, lekin  mezolit  davri  makonlarining  ochilishi  bu  fikrlarni  inkor  qilib, kamonning dastlab  paydo  bo‘lganligini  isbot  qildi.

O‘zbekiston  arxeologiyasida  ham  ilk  mezolit  davri  ashyolari  XX  asr  boshlarida topilgan. 1920 yillarda   A.P.Okladnikov  Markaziy  Qoraqum  hududidan  so‘ngi  mezolit  davriga  oid  mikrolitlarni topdi. Mezolit  davrini  sistemali  o‘rganishni  ham  A.P.Okladnikov  boshlab  berdi. Keyinchalik  Katta va  Kichik  Balxash  hududlarida  ko‘p  qatlamli  mezolit davriga  oid  yodgorliklar, Ustyurtda, Markaziy  Farg‘onada, Qizilqum, Pomirda mezolit yodgorliklari ko‘plab  topilgan. A.M.Mendelshtam, X.Yu. Yusupov, Yu.A. Zadneprovskiy, O‘.Islomov-Farg‘onada, E. Bijanov, V.Yagodin,  A.Vinogradov, G.Xodjaniyozovlar  Ustyurtda  tadqiqot ishlarini olib bordilar.

Lekin O‘zbekiston mezoliti boshqa davrlarga nisbatan kam o‘rganilgan. O‘.Islomov shu kunga qadar O‘zbekiston xududida tadqiq qilingan

yodgorliklarni uchta ––Farg‘ona, Toshkent va Surxandaryo territorial xususiyatlarga bo‘ladi.

Mavzular.

manba