Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish faniningmaqsadi va vazifalari.
Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talaba (yoki o`quvchi)larni faqat tayyor bilimlarni egalashga o`rgatib kelingandi. Bunday usul talaba (yoki o`quvchi)larda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so`ndirar edi. Endi o`quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi.
Boshqacha qilib aytganda zerikarli darslar o`rniga darslarni tashkil etishga ma’suliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, ma’suliyatli, zamonaviy, interfaol ‘edagogik texnologiyani mukammal o`zlashtirib olgan, innovatsiyalar asosida ta’limni tashkil eta oladigan o`qituvchilarga talab oshib bormoqda.
Innovatsiya (inglizcha innovation)-yangilik kiritish, yangilik demakdir.
I n n ovatsion texnologiyalar ‘edagogik jarayon hamda o`qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o`zgarishlar kiritish bo`lib, uni amalgam oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
Interfaol (“Inter”- bu o`zaro, ”ast”- harakat qilmoq) – o`zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo`lishni anglatadi. Boshqacha so`z bilan aytganda, o`qitishning interfaol uslubiyatlari – bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo`lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo`ladilar, ular biladigan va o`ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo`ladilar. Interfaol darslarda o`qituvchining o`rni qisman talabalarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo`naltirishga olib keladi. B u uslublarning o`ziga xosligi shundaki, ular faqat ‘edagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday ‘edagogik hamkorlik jarayoni o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ularga:
-talabaning dars davomida befarq bo`lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;
- talabalarning o`quv jarayonida fanga bo`lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi;
- talabalarning fanga bo`lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashganholda kuchaytirilishi ;
- ‘edagog va talabalarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etishlari mumkin. H o zirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko`tarishga bo`lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayishi tabiiy. Zamonaviy texnologiyalar qo`llanilgan mashg`ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarlarni o`zlari qidirib to’ishlariga, mustaqil o`rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o`zlari keltirib chiqishlariga qaratilgan. O`qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo`naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o`quv jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi.
Pedagog olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida Nega o`qitamiz?
Nimani o`qitamiz?
Qanday o`qitamiz?
savollariga javob izlash bilan bir qatorda qanday qilib samarali va natijali o`qitish mumkin? degan savoliga ham javob qidirdilar.
Bu esa, olim va amaliyotchilarni o`quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni o`qitishni ishlab chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko`rish mumkin, degan fikrga olib keladi.
Bunday fikrning tug`ilishi fanda yangi ‘edagogik texnologiya yo`nalishini yuzaga keltirdi. B u g u n g i kunda ta’lim muassasalarining o`quv-tarbiyaviy jarayonida ‘edagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganligining asosiy sababi quyidagilardir:
Birinchidan, ‘edagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. “Ta’lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, ‘edagogik texnologiyalar o`quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, ‘edagogik texnologiya o`qituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo`lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
To`rtinchidan, ‘edagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo`llashga asoslanganligi sababli, ularning qo`llanilishi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirishni ta’minlaydi.
O ` qu v – t ar biya jarayonida ‘edagogik texnologiyalarning to`g`ri joriy etilishi o`qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talabadan ko`’roq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi.
H a r qanday ‘edagogik texnologiyaning o`quv-tarbiya jarayonida qo`llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda talabani kim o`qitayotganligi va o`qituvchi kimni o`qitayotganligiga bog`liq.
‘ e dagogik texnologiya asosida o`tkazilgan mashg`ulotlar yoshlarning muhim xayotiy yutuq va muammolariga o`z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o`z nuqtayi nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
H o z irgi davrda sodir bo`layotgan innovatsiyon jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o`zlashtirish va o`zlashtirgan bilimlarini o`zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.
S h uning uchun ham, ta’lim muassasalarining o`quv tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o`qitish uslublari-interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o`rni va ahamiyati beqiyosdir. ‘edagogik texnologiya va ularni ta’limda qo`llanishiga oid bilimlar, tajriba talabalarni bilimli va yetuk malakaga ega bo`lishlarini ta’minlaydi.
‘edagogik texnologiya masalalarini va muammolarini o`rganayotgan ba’zi o`qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, ‘edagogik texnologiya- faqat axborot texnologiyasi bilan bog`liq hamda o`qitish jarayonida qo`llanishi zarur bo`lgan o`qitishning texnik vositalari, kom’yuter, ‘royektor yoki boshqa texnik vositalar. Bizning fikrimizcha, ‘edagogik texnologiyaning eng asosiy negizi o`qituvchi yoki talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog`liq. Har bir dars mavzu, o`quv ‘redmetining o`ziga xos texnologiyasi bor. O`quv jarayonidagi ‘edagogik texnologiya – bu aniq ketma–ketlikdagi yaxlit jarayon bo`lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo`naltirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan ‘edagogik jarayondir.
‘ e dagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishishi o`qituvchi va talabaning hamkorlikdagi faoliyati, ular qo`ygan maqsad, tanlagan mazmun, uslub, vosita, shaklga ya’ni texnologiyaga bog`liq.
O `qituvchi va talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo`lib, bunda talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki, kom’yuter bilan ishlash lozimdir, balki film(yoki tarqatma material, chizma va ‘lakat, axborat texnologiyasi, turli adabiyotlar) kerak bular. Bularning hammasi o`qituvchi va talabalarga bog`liq.
Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish faniningmaqsadi va vazifalari.










