Milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning raqobatdoshligini oshirish.
Ma’lumki, Markaziy bank tomonidan belgilanadigan qayta moliyalash stavkasi moliya bozorini tartibga solishning asosiy ko‘rsatkichidir. Shu borada, ya’ni moliya bozorlarini va tijorat banklarining investitsiyaviy imkoniyatlarini barqarorlashtirish uchun Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkalarini belgilash tizimini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Shuning uchun ham Harakatlar strategiyasida ushbu sohani yanada rivojlantirish va Markaziy bankning asosiy regulyatori bo‘lmish qayta moliyalash stavkasini o‘rnatishning xalqaro metodikasidan kelib chiqib, shuningdek, iqtisodiyotning ochiqligi va moliya bozorlarining rivojlanganlik darajasini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish belgilangan.
O‘tgan yillarda amalga oshirilgan bank-moliya sohalaridagi tizimli tadbirlar natijasida, ya’ni 2016 yil davomida o‘tkazilgan sterilizatsiya operatsiyalarining o‘rtacha hajmi 2015 yilga nisbatan 1,3 martaga oshdi. Bu esa bank tizimidagi likvidlikni samarali boshqarishga, pul massasining prognoz ko‘rsatkichlaridan ortiqcha o‘sishining oldini olishga va shu orqali ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi.
Ayni damda, tovar va xizmatlarni xarid qilishda nakd pulsiz, naqd pul ko‘rinishidagi hisobkitoblarni amalga oshirish amaliyoti keng tarqalgan. Ammo ne’matlarni nakd pulsiz ko‘rinishda ayriboshlash amalga oshirilganda sotuvchilar tomonidan sun’iy ravishda narxlarning oshirib ko‘rsatish holatlari yuzaga kelmokda. Mazkur holat ikki xil ko‘rinishdagi to‘lovlar o‘rtasidagi tafovutning bir-biridan keskin farqlanishiga va natijada iste’molchilarning haqli noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, narxlarning bozor qonunlariga zid bo‘lgan holatda o‘sishiga olib kelmoqda.
Yuzaga kelayotgan noiqtisodiy kamchiliklarni bartaraf etitp bo‘yicha 2017-2021 yillar davomida nakd pulsiz ko‘rinishda tovar va xizmatlar sotishda sun’iy yuqori narxlar o‘rnatganlik uchun javobgarlikni oshirish hamda bozor mexanizmlarini joriy qilish tartibini ishlab chiqish belgilangan. Ikkinchidan, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga narxlarni deklaratsiya qilish tartibini bosqichma-bosqich qisqartirish hamda keyinchalik 2020 yilda uni bekor qilish vazifasi belgilangan.
Uchinchidan, nakdsiz hisob-kitoblar hajmi va qamrovini oshirish, shu jumladan, iqtisodiyot sohalarida to‘lovlarning zamonaviy elektron shakllarini joriy etish va tadbirkorlik sub’ektlarini rag‘batlantirish, shuningdek, bankdan tashqari aylanishini qisqartirish lozim. Buning uchun aholiga muayyan vaqt davomida belgilangan limit doirasida bank mablag‘lari hisobidan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi kredit kartalarini muomalaga kiritish; bank plastik kartalari orqali hisob raqamlarga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlaridan («SMS-banking», «Internet-banking», «Mobil-banking») foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; bank plastik kartalari orqali jismoniy shaxslarning depozit hisob raqamlarini boshqarish imkoniyatini kengaytirish; to‘lov terminallaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi miqdorini ikki martaga qisqartirish; plastik kartadagi mablag‘larni boshqa kartaga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tariflarni kamaytirish; valyuta va soliq nazoratini soddalashtirishni o‘z ichiga olgan elektron tijoratni rivojlantirishni rag‘batlantirish, plastik kartalar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob qilish tizimida olinmagan tovar va foydalanilmagan xizmat uchun to‘lovni qaytarishning tartib-taomillari va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Hech kimga sir emaski, ichki va xalqaro savdoni amalga oshirishda valyuta kursi asosiy ta’sir ko‘rsatadigan omil sifatida qaraladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida O‘zbekiston Respublikasi valyuta tizimida valyuta munosabatlarini tartibga solish amaliyotini takomillashtirish borasida qator muammolarning mavjudligi namoyon bo‘lmokda. Jumladan, valyutaviy nazorat jarayoniga aslida nazorat funksiyasiga ega bo‘lmagan tijorat banklarining faol tarzda jalb etilganligi valyutaviy nazoratning ta’sirchanligi va samaradorligiga, joriy valyuta bozori likvidlilik darajasining past darajada ekanligi esa, milliy valyutaning nominal almashuv kursini talab va taklif asosida shakllantirish jarayoniga salbiy ta’sir qilmokda.
Chunonchi, valyuta kursi va pariteti o‘rtasida uzviy aloqadorlik mavjud bo‘lib, valyuta kursi naqd va naqdsiz pul aylanmalariga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Ammo pul tizimining ayrim elementlari rivojlanishda davom etib, tizimning o‘ziga, iqtisodiyotning holatiga, ayrim davriy oraliqlarda, bevosita va kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, pullar taklifining keskin oshishi inflyasiya darajasining o‘sishiga va shuning asosida pul qiymatining pasayishiga olib keladi. Yoki milliy valyutaning real almashuv kursining oshishi mamlakat eksport salohiyatining pasayishiga va shu tariqa xorijiy valyutalar taklifining kamayishiga olib kelishi mumkin.
2016 yilda so‘mning hamkor davlatlar va boshqa asosiy xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kursining qadrsizlanishi mamlakatimiz eksport qiluvchi korxonalari raqobatdoshligining kuchsizlanishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xorijiy valyutalar va oltin bilan amalga oshiriladigan svop operatsiyalari hajmini oshirish va milliy valyutaning nominal almashuv kursini AQSh dollari, evro va Yaponiya ienidan tashkil topgan «valyuta savati»ga nisbatan aniqlashni joriy qilish yo‘li bilan milliy valyuta so‘mning devalvatsiya sur’atini pasaytirish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki AQSh Federal zaxira tizimi, Evropa Markaziy banki va Yaponiya Markaziy banki bilan valyutaviy svop operatsiyalarini uzluksiz ravishda amalga oshirishni yo‘lga qo‘yishi lozim. Buning natijasida, birinchidan, joriy valyuta bozorining likvidliligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar barham topadi; ikkinchidan, Markaziy bankning rasmiy xalqaro valyuta zaxiralarini boshqarish imkoniyati kengayadi.
Shu borada to‘planib qolgan muammolarni bartaraf etish uchun valyutani tartibga solishning ilg‘or bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish kun tartibidagi birlamchi masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun ham valyutani tartibga solishning yangicha mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini tayyorlash Harakatlar strategiyasida belgilab qo‘yildi. Qaror loyihasida quyidagilarning aks etishi nazarda tutilgan:
valyuta bozoridagi xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, bozor mexanizmini hisobga olgan holda, ichki va tashqi bozorlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatdoshligini ta’minlovchi va qo‘llab-quvvatlovchi valyuta kursi siyosatini takomillashtirish; tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf etish huquqi to‘liq
amalga oshirilishini ta’minlash; har qanday manipulyasiyalarning oldini oladigan mexanizmlarni joriy etgan holda, xorijiy
valyutaning birjada erkin muomalada bo‘lishini ta’minlash; tijorat banklari tomonidan jalb qilingan va o‘z resurslari hisobidan xorijiy valyutani
tegishli qoidalarga rioya qilgan holda erkin sotish tizimini joriy qilish; byudjetga qo‘shimcha tushumlar, tijorat banklarining joriy kreditlari va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini vaqtinchalik moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish.
Tarmoqlar va mintaqalarni barqaror rivojlantirish hisobiga ijtimoiy muammolarning hal etilishini ta’minlovchi mahalliy byudjetlarning daromad manbaini kengaytirish.
Byudjet mablag‘lari mamlakatning makroiqtisodiy barqarorlikka erishish yo‘lida Hukumat tomonidan yaqin va uzoq davrlarga mo‘ljallangan davlat dasturlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat byudjetining iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati u bajarayotgan funksiyalarda namoyon bo‘ladi. Uning asosan ikkita funksiyasi mavjud: taqsimlash; nazorat. Davlat aynan byudjetning taqsimlash funksiyasiga tayanib, ixtiyoridagi markazlashgan moliya resurslarini shakllantiradi va ularning yordamida umumdavlat iste’mollarini pul resurslari bilan ta’minlaydi.
Moliyaviy nazorat tizimi sub’ektlar (nazorat qiluvchilar), ob’ektlar (nazorat qilinuvchilar), nazoratning usul va vositalarini birgalikda jamlab, o‘z ichiga oladi. Moliyaviy nazoratning muhim shakllaridan biri bu davlat byudjet-moliya nazorati hisoblanadi. Byudjet nazorati orqali davlat va mahalliy hokimiyat organlari uchun muntazam ravishda tasdiqlangan byudjetning daromad va xarajatlar rejalarining to‘liq va sifatli bajarilishini nazoratga olish, ularning bajarilishiga ta’sir qiluvchi turli salbiy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun zudlik bilan zarur chora-tadbirlarni belgilash imkoniyati yaratiladi.
Davlat mablag‘lari haqidagi ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlash, pul-kredit siyosati vositalarini yanada takomillashtirish, ularning samaradorligini oshirish, nakd pul muomalasi mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bugungi voqelik nuqtai nazaridan dolzarb bo‘lib qolmoqda. Buning uchun davlat mablag‘lari haqidagi ma’lumotlarni davlat sektorida hisobga olishning xalqaro standartlariga moslashtirish orqali ularning shaffofligini ta’minlash hamda pul-kredit siyosati vositalarini yanada takomillashtirish, shu jumladan, iqtisodiyotning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qayta moliyalashtirish stavkasini tartibga solish mexanizmlarining samaradorligini oshirishni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Xalqaro globallashuv jarayonlarining chuqurlashib borayotgani mamlakatlarning valyuta siyosatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmokda va qator davlatlarda «golland kasali»ning yuzaga kelishiga turtki bermoqda. «Golland kasalligi» tabiiy resurs manbalarining kashf etilishi natijasida mamlakat sanoatlashuv darajasining pasayib ketishi, davlat milliy valyutasining kuchli revalvatsiyalanishi va natijada mamlakat eksport tovarlari raqobatdoshligining sezilarli darajada pasayishini anglatadi. «Golland kasalligi»ga uchragan davlatda asosiy eksport tovarlarini ishlab chiqarishga asoslangan mamlakat qayta ishlash sanoatida keskin pasayish yuz beradi va mamlakatning an’anaviy eksport tushumlari manbai bo‘lgan qayta ishlash sanoatiga nisbatan kuchli salbiy ta’sir vujudga keladi. Tabiiy resurslar uchun qulay baholar sharoiti yo‘qolgach, mamlakatning kuchsizlangan an’anaviy sanoati orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi ancha og‘ir kechadi.
Harakatlar strategiyasida ko‘tarilgan yana bir muhim masala bu soliq ma’muriyatchiligi sifati va samaradorligini yaxshilashdan iboratdir. Ushbu masalani hal etish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
soliq qonunchiligini tanqidiy o‘rganish va tahlil qilish, huquqni qo‘llashda ortiqcha va murakkab normalarni bartaraf etish, soliqqa tortish bazasini hisoblash jarayonini soddalashtirish, yagona bazadan undiriladigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan takliflar tayyorlash; soliq yukini, xususan: yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan qat’iy belgilangan soliq miqdorini, shu jumladan, faoliyat ko‘rsatish (masalan, uzoq va borish qiyin bo‘lgan) joylarini hisobga olgan holda, qayta ko‘rib chiqish; yirik korxonalar uchun soliq yukini maqbullashtirish hisobidan uni izchil pasaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan amalda qo‘llanilayotgan soliqqa tortish tartiblari ular faoliyatiga bevosita ta’sir etib, kelgusi moliya yiliga nisbatan tegishli qarorlarni qabul qilishlarida katta ahamiyat kasb etmoqda. Aynan davlat soliq siyosati instrumentlari orqali ularning iqtisodiy faollik darajasini oshirishga erishilmoqda. Chunki kichik tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy faolligini belgilovchi omillarga korxona to‘laydigan soliqlar va yig‘imlarning ta’sir doirasi yuqoridir.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini soliqqa tortish tizimida amalga oshirilgan islohotlar va o‘zgarishlarga nazar soladigan bo‘lsak, mazkur islohotlarni quyidagi uch bosqichga bo‘lishimiz hamda har bir bosqichda erishilgan tendensiyalarni taxdil qilishimiz mumkin: I bosqich (1991-1997 yillar); II bosqich (1998-2004 yillar); III bosqich (2005 yildan hozirgi kunga qadar).
Bundan tashqari, soliqqa tortish tizimida mazkur sub’ektlar zimmasidagi soliq yukining optimal darajasini aniqlash masalasi dolzarb muammolardan bo‘lib, soliqlar orqali davlat ular faoliyatini cheklashi yoki maqsadli tarzda rag‘batlantirishi mumkin. Davlat mazkur sub’ektlar faoliyatiga investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish hamda jamg‘armalarni kengaytirishda soliq dastagidan unumli foydalanishi kelgusida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash omili ekanligi, soliq stavkalarining nasaytirilishi, iqtisodiyotda yalpi taklifga ijobiy ta’sir etib, aholi va tadbirkorlar daromadlarining ko‘payishiga, natijada esa jamgarmalarning oshishiga hamda kanitalning jamlanishiga, aksincha, soliq stavkalarining me’yordan oshishi iqtisodiyotda mehnat va iqtisodiy faollikning nasayishiga,jamg‘armalarning iqtisodiyotdan chetlanishiga, xufyona iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladi.











