Bosh sahifa mavzular Milliy ozodlik xarakatining mustaqillik yillari tarixshunosligi.

Milliy ozodlik xarakatining mustaqillik yillari tarixshunosligi.

0
Milliy ozodlik xarakatining mustaqillik yillari tarixshunosligi.

Milliy ozodlik xarakatining mustaqillik yillari tarixshunosligi.

Milliy ozodlik xarakatining mustaqillik yillari tarixshunosligi.

Professor N.I. Veselovskiyning bu boradagi bir mulohazasi diqqatga loyiq: Biz bo‘ysundirilgan osiyoliklarga tinchlik, xotirjamlik, xavfsizlik berdik degan hayoldamiz. Ammo yana bir oliy bularning hammasidan  yuqoriroq turuvchi ezgulik mavjud. Bu millat, milliylik tuyg‘usi bo‘ysundirilgan musulmonlar ahvolini o‘zimizni ular o‘rniga  qo‘yibgina  tushunish mumkin. Siyosiy o‘lim og‘ir, milliy jihatdat o‘lmoqlik esa undan ham og‘irroqdir. Biznng xukmronligimiz ostida xuddi shu milliylik  to‘yg‘usi taxqirlanmoqda. Millatni qandaydir boshqa xayrli ishlar bilan  almashtirib bo‘lmaydi! Shunday ekan, bizning  hukmronligimizga qarshi ko‘tarishlar yuz bersa ajablanish noo‘rin. Milliy masalaning  shunday jihatlari  borki  xalq to‘qmi-ochmi, boymi-yalong‘ochmi,  ular baribir nomoyon bo‘lar edi».

Mustaqillikka erishgandan so‘nggina xalqlarning chorizmga qarshi mustamlakachilikka qarshi ko‘rashining  qaxromonona saxifalariga  munosib baho berish uchun  e’tibor  ajratilmoqda. Bu borada dastlabki ishlar  1989 yilda Toshkentda chop etilgan, «O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda  XIX asrning ikkinchi yarmida va XX boshlaridagi ozodlik harakatini tarixi va tarixshunosligi:   yakunlar, izlanishlar, tadqiqotlar, istiqboli» kitobini K.R Nesipboevning «Chorizmning Qozog‘istonda olib borgan soliq siyosati (1867-1914 yil)» nomzodlik dessertatsiyasini (1988 yil); X.Bobobekovning «Qo‘qon xonligidagi xalq xarakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar»  ( 1990 yil Toshkent ) kitobini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

1994 yilda  N.A. Abdurahimova  tomonidan «Turkistondagi xukumatning mustamlakachilik tizimi (XIX asrning ikkinchi yarmi –  XX asr)» doktorlik dessertatsiyasini va X.J. Sodiqovning «Chorizmning Turkistondagi  mustamlakachilik siyosati va  XX asr boshlarida  milliy ozodlik harakati» mavzusidagi  doktorlik dessertatsiyasining  yoqlanishini O‘zbekistonning  eng yangi tarixi tarixshunosligida ro‘y bergan quvonarli voqea sifatida  ta’kidlash zarur. H. Ziyoevning «O‘zbek xonliklari Chorizm asoratida», «Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash», Majid Xasaniyning «Turkiston bosqini» kitoblarida Chorizmning Turkistonda xukumronlik qilgan davr va unga qarshi  yangi  va ommabop talqin  etilgan.

1998 yilda O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashib mustaqillik yillarida tarixga munosabat, yangi tarixni yaratish masalasiga alohida ahamiyat qaratish kerakligini uqtirdi va  tarixchilar oldida muhim vazifalar qo‘ydi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida Yangi tarix markazi tashkil etildi. Qisqa muddat ichida O‘zbekistonnnig yangi tarixi asarining 3-tomi nashrdan chiqarildi. Ushbu kitobning 1-tomida Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olishi va unga qarshi milliy ozodlik harakati yangicha nuqtai nazardan juda yaxshi  bayon qilingan. Bu asar shu masala bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga juda ko‘p ishonchli ma’lumotlar bera oladi.

 

Mavzular.

manba