Mirkarim Osimning tarixiy va tarixiy-biografik qissalari haqida.

0
Mirkarim Osimning tarixiy va tarixiy-biografik qissalari haqida.

Mirkarim Osimning tarixiy va tarixiy-biografik qissalari haqida.

Mirkarim Osimning tarixiy va tarixiy-biografik qissalari haqida.

Tarixiy qissalar ilmiy-nazariy ma’lumotlarga qaraganda ta’sirchan va tarbiyaviyestetik ahamiyat ustivor ekanligini S.Anorboyev  mulohazalaridan ham anglash mumkin. Uning e’tiroficha, 1940-yillarda hali adabiyot darsliklari va xrestomatiyalarda A.Navoiy haqida qisqacha biografik ma’lumotlar bo’lmagan bir paytda, olimlarning davriy matbuotda e’lon qilingan Navoiy hayot yo’li, ijodining keng tahlili  o’quvchilar ommasiga boy ma’lumot bera olgan. “Mirkarim Osimning “Alisher Navoiy va Darvishali”, “Astrobod”, “Alisherning yoshligi”, “Badarg’a” hikoyalarini o’qiganimda esa,-deb yozadi muallif alohida qoniqish bilan,- Alisher mening ko’zimga goh uyqusirab otdan yiqilib, Yazd cho’lida qolib ketgan ziyrakkina bola, goh navqiron yigit, goh…johil ruhoniylardan tap tortmay hajv qiluvchi tili o’tkir zabardast shoir, goh adolat tig’ini baland ko’targan davlat arbobi qiyofasida namoyon bo’ladi.”

Bunday e’tiroflarni adibning deyarli har bir asari to’g’risida aytish mumkin.Chunki M.Osim asarlarida xalqimiz tarixining zarvaraqlarida nomlari o’chmas qilib yozib qo’yilgan siymolarning tabarruk obrazlari tasvirlangan. Adib bu obrazlarning yangi qirralarini, ularning hayotdagi yangi sahifalarini topa olgani muhim ahamiyat kasb etgan.

“Mirkarim Osim o’zbek tilining zabardast bilgichlaridan,-deb yozgan edi O.Sharafiddinov. Shuningdek, u tariximizning ham bilimdoni edi. O’tmishdagi jami allomalar, mutafakkirlar va yorqijn shaxslarni yaxshi bilar, bir necha asrlar oldin ham, yaqin o’tmishda ham o’zbeklar ichidan ko’plab buyuk siymolar yetishib chiqqanidan faxrlanardi.”

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Mirkarim Osimdagi bu milliy g’urur xalqimizda mustaqillikdan so’nggina uyg’ondi.

Bugungi kunning mashhur va tanilib kelayotgan tarixchi adiblari Mirkarim Osimni o’zlarining ustozlari deb biladilar.Tarixchi adib 70 yilligi munosabati bilan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi unvoni berilgan.

Mirkarim Osim  bolalarning tarixnavis adibisifatidamoziysaboqlarini yosh avlodga yetkazib kelayotir. U 1907-yili Toshkentda ziyoli oilada tug`ildi. 1918-yili “Shamsulirfon” nomli maktabda, 1921-yili Alisher Navoiy nomidagi respublika bilim yurtida Oybek va Homil Yoqubovlar bilan birga o`qidi. 1926-1930 yillar   Moskva davlat pedagogika institutining tarix-iqtisod fakultetida, keyinchalik Samarqand o`qituvchilar tayyorlash kursida tahsil ko`radi, xalq ta`limi jabhasida  faoliyat ko`rsatadi.

Tarix bilan tillashgan adib “Astrobod”, “Alisher Navoiy va Darveshali”, “Badarg`a”, “Navoiyning xislatlari”, “Ulug`bek va Navoiy”, “O`tror”, “To`maris”, “Temur Malik”, Aleksandr va Spitamen , “Mohlaroyim va Xonposhsha”, “Karvon qo`ng`irog`i”, “Elchilar”, “Zulmat ichra nur”, “Jayhun ustida bulutlar”, “Ibn Sino qissasi”, “Aljabrning tug`ilishi”, “Singan setor ” kabi  o`nlab qissa va hikoyalarida o`tmish ajdodlarimizning nurli siymolarini, milliy-ma`naviy qadriyatlarimiz ildizining teranligini badiiy gavdalantirishga muvaffaq bo`lgan.

Tarixnavis adib To`maris, Shiroq, Spitamen, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug`bek, Navoiy, Mashrab kabi  ulug` ajdodlarimiz siymosini tarixiy manbalar asosida  yoritdi.  Shonli o`tmishimiz bilimdoni  Mirkarim Osim tug`ilgan kunining 70 yilligida “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi” unvoniga sazovor bo`lgan.  Taniqli adib 1984-yili vafot etdi.

Mirkarim Osimning o`zbek bolalar tarixiy nasri taraqqiyotiga qo`shgan hissasi shu jihatdan beqiyos. Adibning tarixiy-biografik xarakterdagi “Jayhun ustida bulutlar”, “Zulmat ichra nur”,  “Yulduzlar sayri” qissalari alohida turkumni tashkil etadi. Ularning aksariyati O`rta asrlardagi buyuk mutafakkirlar, olim va ijodkorlar hayot yo`liga bag`ishlangan. Bunday asarlar zamondosh kitobxonni tarixiy shaxslar qismati, boy adabiy-ilmiy merosi, faoliyatlari bilan tanishtirishga xizmat qiladi. Natijada, Abu Rayhon Beruniy,  Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy, Mashrab singari buyuk siymolar obrazi badiiy inkishof etilganligi tahsinga sazovor. Adib qissalarining g`oyaviy-badiiy mundarijasi shu jihatdan kengqamrovli. Yozuvchining “Shiroq”, “To`maris” singari tarixiy hikoyalarida esa  ajdodlarimiz qahramonliklari yorqin aks etadi.

Mirkarim Osim Vatanimizning uzoq o’tmishiga bag’ishlangan asarlari bilan adabiyotimiz tarixida yorqin iz qoldira oldi. O’zbek adabiyotida tarixiy mavzu  shakllanishida Oybek, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov xizmati katta bo’lsa, shular qatorida M.Osimning ham “To’maris”, “Shiroq”, “Jayhun ustida bulutlar”, “Ibn Sino qissasi”, “Temur Malik”, “Zulmat ichra nur”, “Singan setor” kabi qissalari tarixiy mavzudagi nasr durdonalaridir. Zotan, atoqli adibimiz o’z ijodiy faoliyati davomida xalqimiz o’tmishini sinchiklab o’rganib, avlodlar qalbida g’urur va iftixor tuyg’ularini alangalatadigan asarlar yarata oldi.

Istiqlol sharofati bilan tarixiy haqiqat va milliy qadriyatlar tiklanayotgan bir paytda Mirkarim Osim ijodiga murojaat etish dolzarb ahamiya kasb etayotir. Chunki adib murakkab bir davrda yashab, ijod qildi. Lekin  shunga qaramay o’z xalqi tarixini yozishdan cho’chimadi. Yaqin o’tmishda tarixiy shaxslarni o’rganish, jaholatni qo’msash deb noto’g’ri baholab kelindi. Shu bois, tarixiy mavzuda qalam tebratgan  yozuvchilar ijodi kamsitilardi. Istiqlol tufayli biz tarixiy o’zlikka  qayta boshladik. Qadim dunyodagi ulug’ siymolar ijodini o’rganishga keng imkoniyatlar ochildi. Bu haqda  dastlab mamlakatimiz prezideni I.A.Karimov shunday degan edi: “Asrlar davomida aqlu zakovati ila  bunyod etgan boy ma’naviyati tufayli xalqimiz mag’rur yashadi, mehnat qildi, doimo  hurriyat va erk sari intildi.

Ana shu milliy ong, ana shu milliy g’urur bugungi istiqlolikmizning oltin poydevoridir. Bu poydevorga Shiroq va To’maris,  Beruniy va Farobiy, Abu Ali ibn Sino va Al-Xorazmiy, Amir Temur va Bobur, Navoiy va Ulug’bek kabi  yuzlab zotlar asos solganlar”.

Darhaqiqat, ona tariximizni badiiy qayta jonlantirish vositasida yosh avlodni Vatanga muhabbat  ruhida tarbiyalash, to’g’rirog’ yuqorida nomlari keltirilgan buyuk mutafakkirlar haqida tarixiy-biografik qissalar yozish orqali xayrli ishga qo’l urgan Mirkarim Osim shijoati yurtboshimiz g’oyalariga hamohangdir. Olimlar haqli e’tirof etishganidek, yozuvchilarimizdan hech kim tarixiy materialni bu adibchalik sinchkovlik bilan o’rganib, o’ziniki qilib olib, ishlatmagan. Adib nafaqat xalq qahramonlari haqida, balki, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Mashrab, Uvaysiy singari ulug’ mutafakkir va shoiru shoiralar haqida ham qissalar yaratib, ma’naviyatimiz ildizlari teran ekanligini isbot eta oldi. Jumladan, M.Osim buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi bilan talabalik yillaridayoq qiziqa boshlagan. 1930-yillarda  ulug’ mutafakkirning 500 yillik yubileyiga qizg’in tayyorgarlik ketayotgan bir davrda ko’pchilik adib va ziyolilarimiz alisher Navoiy yashagan davr va uning ijodiy merosini chuqurroq o’rganishga kirishgan edilar. Mirkarim Osim ham albatta bu harakatdan chetda qololmasdi. Shoir yashagan davr to’g’risidagi adabiy va tarixiy manbalardan xabardorligi yosh yozuvchiga qo’l keladi. Uning birinchi tarixiy qissasi “Astrobod”  “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” jurnalining 1940 yil 4 sonida, ikkinchi qissasi “Alisher Navoiy va Darveshali” o’sha jurnalning 1941 yil 3-sonida bosilgan. Shu yili “Alisherning yoshligi”, “Badarg’a” hikoyalari “Qizil O’zbekiston” gazetasida e’lon qilinadi. qissasini monografik tizimda o’rganish har jihatdan dolzarblik kasb etadi. “Navoiyning xislatlari” (“Yosh leninchi” gazetasi, 1940, 18 noyabr), “Shoirning yoshligi” (“Qizil O’zbekiston” gazetasi, 1941 yil 16 yanvar), “Ulug’bek va Navoiy”  (“Yosh leninchi” gazetasi, 1941 yil, 21 aprel) kabi tarixiy hikoya va ocherklari yozuvchining ulug’ shoirga bo’lgan cheksiz ehtiromning ifodasi edi.

Adibning bu asarlarida Alisher Navoiyning badiiy obrazi o’zbek adabiyotida ilk marta o’z ifodasini topayotgan edi. Alisher Navoiyning yoshligi haqidagi hikoyalar  o’sha davrda maktab darsliklariga ham kiritilgan edi. E’tirof etilishicha, 40-yillarning o’quvchilari Mirkarim Osimning o’sha hikoyalari orqaligina Alisher Navoiy haqida ilk ma’lumot olganlar.

Rost, bugun ulug’ alloma haqidagi badiiy va ilmiy adabiyotlar juda serob. Xususan, mustaqillik yillari bu dahoga qayta haykal qo’yildi. So’z mulkining sultoni shaxshan muhataram Prezidentimiz e’tiborida bo’lishi tahsinga sazovor. Alisher Navoiy bobomizni  yurtboshimiz o’zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g’oyat kuchli va samarali ta’sir ko’rsatgan zot sifatida e’tirof etadilar. “Biz,- deya ta’kidlaydilar u kishi,- uning mo’tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so’z yuritamiz.

Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g’ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir. Shu sababli : “Olamda turkiy va forsiy tilda so’zlovchi biron-bir inson yo’qki,- deya  ta’kidlaydi I.Karimov,- u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.” 12

Darhaqiqat, inson qalbining quvonchu qayg’usini, ezgulik va hayot  mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg’usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib kiradi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko’p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy quurolga ega bo’lamiz. Binobarin, M.Osimning “Zulmat ichra nur” qissasidagi Alisher Navoiy obrazini monografik tizimda o’rganish ana shu maqsadlarga ko’ra dolzarblik kasb etadi.

M.Osimning tarixiy qissalarining dolzarb ahamiyati  1980 yillardan e’tiboran anglashila bordi. Masalan, Mahkam Andijoniy M.Osim ijodiyotining adabiyotshunoslikdagi o’rni haqida shunday ma’lumotlarni keltiradi. “Mirkarim asarlarini o’qib , chiqargan amaliy xulosam,-deya  ta’kidlaydi u,- Vatan tarixini bilish va bu haqda yozish uchun tarixiy manbalarni kop o’rganish kerak. Domla (Mirkarim Osim) adabiy davralardan o’zini chetga olib yurgani uchun munaqqidlar ham u kishining ijodiga unchalik e’tibor bermas ekan. Menga bu adolatsizlik bo’lib ko’rindi.” Muallif e’tiroficha, shu tariqa yosh tadqiqotchi Mahmud Sattorovga “Mirkarim Osim” adabiy siymosini yoritish topshiriladi va olim  shu mavzuda disertatsiya yoqlaydi. Chindan ham filologiya fanlari nomzodi  M.Sattorov keyinchalik M.Osimning tarixiy qissalaridan iborat saylanmasini  chop ettirib, unga so’zboshi yozadi. Bundan tashqari, boshqa adabiyotshunos olimlar ham  tarixiy qissalar haqidagi monografik tadqiqot va risolalarida  bevosita M.Osim asarlariga murojaat qilib kelmoqdalar. Xususan, istiqlol sharofati bilan M.Osim adabiy merosining boy va rangbarangligi asosli ta’kidlangan. Betakror adibimizning tengsiz xizmatlari istiqloldan keyin o’z qadr-qimmatini topdi. Mustaqilligimizning o’n yilligi arafasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan o’zbek milliy madaniyati rivojiga ulkan hissa qo’shgan M.Osim “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi. Shu munosabat bilan A.Xolmurodov, O.Yoqubov, O.Sharafiddinov, M.Andijoniy, N.Rahimjonov,

Q.Ko’bayev20 kabi olim va adiblar  e’tirofi muhim ahamiyatga ega’

Mavzular.

manba