Misning kashf etilishi va undan mehnat qurollari yasashning ixtiro qilinishi.
Neolitdan keyingi davr eneolit deb ataladi. Lotincha “acneus”-mis va yunoncha “litos”tosh so‘zlaridan olingan bo‘lib, mis-tosh davri ma’noni anglatadi. Eneolit miloddan avvalgi IVIII ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. U ko‘p hududlarda neolit davri jamoalari bilan bir vaqtda hukmron bo‘lgan. B.A.Kuftin va V .M. Massonning janubiy Turkmanistonda olib borgan arxeologik tadqiqotlari asosida eneolit davrining rivojlanish bosqichlarini aniqladilar va eneolit davri rivojlanishi ilk, o‘rta, so‘nggi bosqichlarga bo‘ldilar. Ular tadqiqodi natijasiga ko‘ra, Nomozgoh-1-ilk eneolit davriga, Namozgoh-2- o‘rta eneolit davriga , Namozgoh-3-so‘nggi eneolit davriga xosdir. Eneolit davrida sug‘orma dehqonchilik va xonaki chorvachilik ibtidoiy xo‘jalikning asosini tashkil etgan
Enolit – lotin va yunoncha so’zlaridan yasalgan bo’lib, «alneus» – lotincha mis, «litos» – yunoncha tosh degan ma’noni anglatadi. Eneolit atamasi bilan birga «Xalkolit» («xalkos» yunoncha mis demak) ham ishlatiladi. Eneolit neolit bilan bir vaqtga to’g’ri keladi. Ammo ular orasida xronologik jihatdan katta farq bo’lmasada, madaniy darajalari jihatidan birbiridan farqlanadi.[1] Masalan, Yevropa va Osiyoning ko’p hududlarida miloddan avvalgi IV-III ming yillikda neolit qabilalari yashagan, ular bu vaqtda metaldan xabardor bo’lmagan, ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullangan. Yevropa va Osiyoning boshqa o’lkalarida aynan shu paytda metalldan bir oz xabardor eneolit qabilalari yashagan va ularning xo’jaliklari odatda dehqonchilik va chorvachilikka asoslangan. Miloddan avvalgi IV ming yillikda (mis) metallning qimmatli xususiyatlari bilib olingan. Natijada dastlabki metallurgiyaga asos solingan.
Eneolit davri yodgorliklarida rangli sopol buyumlar ko’plab topilgan. Xitoydan Dunaygacha (Ruminiya) «sopol makonlari» sifatida keng tarqalgan makonlar xarakterli bo’lib, shu xususiyatga ega bo’lgan makonlarda ijtimoiy taraqqiyotning bir xil bosqichi ko’zga tashlanadi. Bir-biriga juda kam o’xshaydigan ijtimoiy- iqtisodiy sharoit hamma erda amaliy san’atning bir-biriga o’xshash shakllarini taqoza etgan. Ammo sopol buyumlar bir-biriga o’xshasa ham aynan bir xil emas.











