MIYA YARIM SHARLARINING ICHKI TUZILISHI.

0
MIYA YARIM SHARLARINING ICHKI TUZILISHI.

MIYA YARIM SHARLARINING ICHKI TUZILISHI.

MIYA YARIM SHARLARINING ICHKI TUZILISHI.

Miya po’stlog`i otsida juda ko’p nerv tolalaridan tuzilgan oq modda joylashgan. U tollalar 3 ga bo’linadi.

  • Kalta va uzun asotsiativ tolalar, ular faqat bitta yarim sharlardagi pushta, bo’laklarni boqlaydi.
  • Komissural tolalar har ikkala yarim sharlarining bir xil pushta yoki bo’lagini bog`laydi. Bunday tolalar to’plangan joyda qadoq tana hosil bo’ladi. qadoq tana ikkala yarim sharni ajratib turuvchi chuqur tubiga joylashgan.

3)Proeksion tolalar miya po’stlog`ini uning otsidagi qismlar bilan bog`laydi va nur simon tojga o’xshaydi. Gumbaz oq moddadan tuzilgan bo’lib, qadoq tanani tagida joylashgan. Gumbaz hosil qilgan nerv tolalari yarim sharlarning chakka bo’lagini oraliq miya bilan boqlaydi.

MIYA PO’STLOGINING TUZILISHI

Miya  po’tslog`i kulrang modda bo’lib, 6 qavat joylashgan nerv hujayralaridan iborat. Hujayralar turli shaklli bo’lishi bilan bir-biridan farq qiladi.

1)Molikulyar qavat. Bu qavatdagi hujayralarni dendrit uchlari to’r kabi bir – biriga qo’shilib ketgan.

2)Donador qavat. Dumaloq va uchburchak shakldagi hujayralar donachalar hosil qiladi.

3)Piramida qavat. Piramidasimon hujayralardan iborat.

4)Ichki donador qavat. Mayda hujayralardan tuzilgan.

5)Tugunchali qavat. Katta piramidasimon hujayralardan iborat.

6)Duksimon qavat. Duksimon hujayralardan iborat.

Miya po’tslog`ida 14-15 mlrd hujayradan tuzilgan. Miya po’tslog`ida turli ta’sirotlarni qabul qiluvchi zonalar bo’lib, ular o’zaro birgalikda ishlaydi. Ular quyidagilar:

  • Ixtiyoriy harakatlantiruvchi         analizatorlar        (bo’g`imlar,         skelet muskullarining ixtiyoriy harakati).
  • Organizmni toq qismi tana va toq a’zolar vazifasini ikkala yarimshar baravar boshqaradi.
  • Bosh va ko’zni bir vaqtda qarama-qarshi tomonga harakatlantiruvchi analizatorlar.
  • Bosh harakati va holati bilan bog`liq bo’lgan analizator.
  • Ichki a’zolar va tomirlar silliq mushaklarni harakatga keltiruvchi analizatorlar.
  • Eshituv analizatorlari.
  • Ko’ruv analizatorlari. 8) Qidlov analizatorlari.
  • Ta`m bilish analizatorlari.
  • Teri analizatorlari.

BOSH MIYA OG’IRLIGI

Chaqaloqlarda 360-450 g, 1 yoshda 900 g, 6-7 yoshda 1200g bo’ladi. Miya massasi kattalashishi 10-25 yoshlarda sezilarli darajada pasayadi. Kattalarda 1500 g bo’lib, ba’zida kam va ko’p bo’lishi mumkin. Miya oqirligi odam aql-idrokini belgilamaydi. Odam miyasining po’tsloq qismi uning mehnat va ijod qilishi jarayonida aql, zehn, so’zlash, fikr yuritish va boshqalarni takomillashishidan vujudga kelgan. Miya po’tslog’ida yangi qavatlar paydo bo’ladi. Bosh miyaning po’tslog’i miya hajmining 53-54% po’tsloq otsi o’zaklari esa 3-4 % ni tashkil etadi. Hech bir jonzotda  miya puchta va egartlar odamniki singari chuqur emas.

Mavzular.

manba