Mo’g’ullar davlatining tashkil topishi va O’rta Osiyoga istilochilik yurishlari.

0
Mo'g'ullar davlatining tashkil topishi va O'rta Osiyoga istilochilik yurishlari. 

Mo'g'ullar davlatining tashkil topishi va O'rta Osiyoga istilochilik yurishlari. 

Mo’g’ullar davlatining tashkil topishi va O’rta Osiyoga istilochilik yurishlari.

Mo’g’ullar davlatining tashkil topishi va O’rta Osiyoga istilochilik yurishlari. Xorazmshohlar  davlati,  Movaraunnahr,  Xuroson,  Muhammad  Xorazmshoh,  Chingizxon,  Mo’g’illar, Jaloir, Yettisuv, Buxoro, Samarqand, Urganch, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Ibn al Asir,  Mo’g’ullar qabilalari va elatlarining qudratli davlatga birlashuv jaryoni mo’g’ul xoni Temuchin  (1155-1227 yy) nomi bilan bog’liq.

1205 yildayoq Qoraqurumda mo’g’ulla bilan yonma-yon yashab kelgan va ularning xukmronligi  ostida bo’lgan jaloyir, o’yrot, keyroyit, nayman, qoraxitoy, qirg’iz, uyg’ur, qorliq kabi turkiy qabilalar  ham ishtirok etgan qurultoy bo’ldi va unda Temuchin Chingizxon nomi bilan mo’g’ul xoni etib saylandi.

Mo’g’ullar  davlati  XI  asrda  mo’g’ul  qabilalari  hayotida  hali  urug’aymoqchilik munosabatlari  nihoyatda kuchli edi. Ular asosan ko’chmanchi chorvachilik, ovchilik va o’zaro mahsulot ayirbosh qilish  bilan shug’ullanar edi. Bu davrda mo’g’ul urug’ va qabilalari o’rtasida o’zaro kurash avj olib bormoqda edi.  Mo’g’ul urug’ boshliqlari orasidagi ichki kurashlarda Temuchin (1155-1227) g’olib chiqadi. 1206 yilda  Onon daryosi bo’yida chaqirilgan mo’g’ul urug’ va qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin ulug’ xon (qoon) deb  e’lon  qilinadi,  unga  «Chingiz»  laqabi  beriladi  va  Mo’g’ullar  davlatiga  asos solinadi. Chingizxon ko’p sonli yaxshi qurollangan, intizomli va uyushgan qo’shin hamda 10 ming nafar turk  azamatlaridan kezik (keshik) – xos soqchilar qismini tuzadi. So’ng istilochilik urushlari olib borishga  kirishadi.

1206 yilda dastlab naymanlar bo’ysundirildi. 1207-1208 yillarda Enasoy havzasi, so’ngra Yettisuv  viloyatining shimoliy qismi zabt etildi va uyg ‘urlar taslim bo’ldi. 1211-1215 yillarda Chingizxon bir  necha bor Xitoyga hujum qilib, Shimoliy Xitoyning markazi – Szindi shahrini ishg’ol qilib, Szin sulolasini  taxtdan qulatdi. Shimoliy Xitoy yerlari Mo’g’uliston davlatiga qo’shib olindi. Chingizxon Xitoydan ko’p  o’ljalar, cho’rilar bilan harbiy qurol yasaydigan va ulami ishlata biladigan mohir hunarmandlarni ham  Mo’g’ulistonga olib ketadi. Shu yo’l bilan u o’z qo’shinini zamonasining eng yaxshi harbiy qurolas lahalari  bilan ta’minlaydi.

Chingizxon 1218-1219 yillarda Sharqiy Turkiston va Yettisuv viloyatlarini deyarli talafotsiz qo’lga  kiritib, bu yerdagi Kuchluk davlatini tugatdi. Shunday qilib, Gobi sahrosining sharqiy chegarasidan to  Tangritog’ (Tyanshan) tizmasining g’arbiy etaklarigacha bo’lgan viloyatlar Mo’g’ullar davlati hukmronligi  ostida   birlashtirilgan   edi.   EndilikdaMo’g’ullar  davlatining g’arbiy   hududlari   Sulton   Muhammad  Xorazmshoh saltanatining chegarasiga bevosita tutashib ketgandi.

XIII  asrning  boshlarida  Xorazmshohlar  saltanati  qo’shinining  umumiy  soni  Chingizxon harbiy  kuchiga nisbatan birmuncha oshiqroq edi. Xorazmshoh hokimiyati siyosiy, xususan ma’muriy boshqaruv  jihatidan mustahkam emas edi. Chunki, mansabdorlar davlat tang ahvolga tushib qolgan paytlarda o’z  vazifalarini tashlab ketar, podshoga itoatsizlik qilar, o’zboshimchalik bilan o’z bilganlaricha yo’l tutar  edilar. Hatto ayrim viloyat hokimlari Xorazmshohga nomigagina bo’ysunib, amalda deyarli mustaqil edi.  Buning ustiga Sulton oliy dargohi ichida kuchli nizo hukm surardi. Ayniqsa, Turkon xotun. ya’ni «turklar  onasi» nomi  bilan  shuhrat  topgan  Sulton  Muhammadning  volidasi  qo’shinning  oliy sarkardalari  hisoblangan  qipchoq  oqsuyaklari  bilan  urug’qabila  aloqalari  orqali mahkam bog’langan  edi.  U  o’z  qabiladoshlari manfaati yo’lida saroyda ko’tarilgan barcha fitnalarga boshchilik qilar, hatto ularda shohga  qarshi adovat ruhini uyg’unlashtirib qo’ygan edi.

Ichki nizo, boshboshdoqlik va fuqarolarning noroziligi kuchayib, mamlakat siyosiy hayoti inqirozga  yuz  tutgan  edi.  Sunday  o’ta  xavfli  vaziyatni  bartaraf  etish  maqsadida Sulton  Muhammad  o’z  hukmronligining so’ngida «Davlat kengashi»ni ta’sis etadi. Kengashga 6 nafar bilimdon vakillar jalb  etiladi. Unda eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qaror qabul qilinsada, ammo u amalda ijobiy natija  bermaydi. Ana shunday vaziyatda u jangari mo’g’ul qabilalarining Chingizxon boshliq bosqiniga duchor  bo’ldi

Chingizxon Movarounnahr yurishiga katta ahamiyat berib, puxta tayyorgarlik ko’rgan edi. Mali  harbiy  yurish  boshlanmasdanoq  u  o’z  dushmanining  kuchqudrati  va  urushga tayyorgarlik  to’g’risida  savdogarlar orqali to’plagan ma’lumotlarni sinchiklab o’rgangan. Chingizxon Xorazmshohlar davlatining  ichki  ahvolidan  to’la  xabardor  edi.Xorazmshoh bilan  sarkardalar  o’rtasida  mavjud  ixtiloflar  avval  boshdanoq  ustunlikdan  foydalanishga  imkon  bermadi.  Urush  boshlanishi  arafasida  bo’lgan  harbiy  kengashda ular o’rtasidagi ixtilof yaqqol namoyon bo’ldi. Kengashda dushmanga zarba berishning yagona  rejasini   yakdillik   bilan   belgilab   olish   o’rniga   fikrlar   bo’linib   ketdi.  Sulton  katta   qo’shinni  birjoygato’plashdan qo’rqar edi. Sulton nazarida bir joyga to’plangan qo’shin uni taxtdan ag’darib tashlashi  mumkin   edi.   Shuning   uchun   ham   harbiy  kengashda   sulton   o’z   qo’shinlarini   turli   shaharlarda  alohidaalohida joylashtirishga, urushda mudofaa taktikasini qo’llashga qaror qiladi. Shu tariqa mamlakat  mudofaaga tayyor bo’Imagan sharoitda mudofaachilikdan iborat xato yo’l tutildi.

1219 yilning kuzida Chingizxon Xorazmshohga qarshi yurish boshladi. Uning jami askari 200  mingga yaqin edi. Chingizxon qo’shini Sirdaryo bo’yida joylashgan O ‘tror shahri ustiga yurish qildi.  Chingizxon bu shahar yaqinida Movarounnahrni qisqa muddat ichida zabt etish uchun butun harbiy  kuchlarini to’rt qisraga bo’ldi. Uning bir qismini o’g’illari Chig’atoy va O’qtoy boshchiligida O’trorni  qamal qilib turish uchun qoldirdi. Ikkinchi qismga Jo’ji boshliq etilib, u Sirdaryo etagi tomon yuborildi.  Unga Sig’noq, O’zgan, Jand, Yangikent shaharlarini bosib olishni buyurdi. Besh ming kishilik uchinchi  qo’shin Aloqno’yon hamda Sukatu Cho’rbiy qo’mondonligida Sirdaryoning o’rta sohili bo’ylab, uning yuqori oqimiga joylashgan Banokat vaXo’jand shaharlari tomon yuborildi.

Chingizxonning o’zi asosiy  kuchlari bilan Buxoro tomon askar tortdi.  O’tror  mustahkam  qal’ali  chegara  shahar  edi.  Qal’a  noibi  G’oyirxon  (Inolchiq) boshchiligida  shaharda 20 ming suvoriy bor edi. Qamal arafasida unga yordam uchun Qoracha Hojib qo’mondonligida  yana 10 minglik qo’shin kelib qo’shilgan edi. Juvayniyning ma’lumotiga qaraganda, bu kuchdan tashqari  Sulton  Muhammad  «Lashkar  birun»  deb atalgan  50  ming  askar  yuborgan.  Natijada  O’tror  shahrida  dushmanga  qarshi  kuchli bir  himoya  quvvati  tashkil  bo’lgan  edi.  Shunday  bo’lsada,  o’sha  davr  solnomachilarining naqliga qaraganda, mo’g’ullar shaharni qamalga olish bilan mudofaachilar sarosimaga  tushganlar. Qamalning dastlabki kunlaridayoq shahar hokimiyatining vakili Badruddin Amid, Safiy Aqra’  Hojib boshliq sulton tomonidan qatl etilgan O’tror qozisining avlodlari mo’g’ullar tomoniga o’tib ketadilar.

Manbalarga ko’ra, O’tror qamali 5 oy davom etgan. Mo’g’ullar shaharga oqib kiradigan ariqlarni  ko’mib tashlagan, manjaniqlardan shaharga qarata tosh, neft bilan to’ldirilgan ko’zachalar (piliklarini  yondirib) irg’itganlar, qo’rg’on tevaragida xandaqlar shoxshabba va tuproq bilan to’ldirilgan, qo’rg’on  devori ostidan lag’m (tunnel) qazilgan, daraxtlar kesib ulama shotilar yasalgan va devorga tiklangan.  O’tror  qamali  davrida  nafaqat qamaldagilar,  balki  mo’g’ullar  ham  katta  talofat  ko’rganlar.  Qamaldagilarning  safi siyraklashib,  oziqovqat  tanqisligi  kuchaygan.  O’tror  mudofaasining  eng  og’ir  paytida Qoracha Hojib o’z qo’shini bilan shahar darvozasidan chiqib, mo’g’ullarga taslim bo’lgan. Biroq  xiyonatkorlarni mo’g’ullar ham kechirishmagan. Ular Qoracha Hojib va uning askarlarini qatl etishgan.

Shu asnoda o’trorliklar shaharni mudofaa qilib, uni besh oy davomida o’z qo’llarida ushlab turadilar.  Ayniqsa G’oyirxon o’zini Chingizxon savdogarlari va sarbonlarini o’ldirishda aybdor his qilib, so’nggi  nafasigacha dushmanga qarshi kurashadi. Uning askarlari ellikelliktadan bo’lib, qal’adan tashqariga chiqar  va  bosqinchilar  bilan  jang  qilib,  halok bo’lardi.  Chig’atoy  qo’shini  shahar  devorlaridan  rahnalar  (tuynuklar)  ochib,  ichkariga yopirilib  kirgan,  aholisini  shahristondan  quvib  chiqargan  va  shaharni  talaganlar.  G’oyirxon boshliq mudofaachilaraing bir qismi O’tror arkiga joylashib olib, mudofaani yana bir  oygacha  davom  ettiradilar.  Chig’atoyzodalar  qanday  bo’lmasin,  G’oyirxonni  qo’lga tushirishga  ahd  qiladilar. Oqibat u qurshovga olinib, asirga tushiriladi. U Samarqandga olib borilib, qiynab o’ldiriladi.

1220  yilning  fevralida  Chingizxon  Buxoroga  yetib  boradi.  Biroq  Buxoro  dushman kuchini  qaytarishga  tayyor  emas  edi.  Bumxoroliklar  dushmanga  taslim  bo’lishdan o’zga  choralari  qolmaydi.  Buxoro qozisi Badriddin Qozixon o’z oqsoqollari bilan Chingizxon oldiga shafqat so’rab chiqadi. 1220  yilning  16  fevralida  mo’g’ullar  Buxoroni  egallaydilar. Movarounnahrning  qadimiy  markazlaridan  hisoblangan Buxoro talontaroj etiladi. Behisob xazinalar talanadi, asriy qo’lyozma asarlar, muqaddas  kitoblar yirtilib, hayvonlar oyog’i ostiga xazondek sochiladi. Ilm va ma’rifat egalari bo’lgan ulamolar va  shayxlar, e’tiborli mo’g’ul jangchilariga xizmatkor qilib, goho esa baxshilariga masxara uchun beriladi.  Chingizxon amri bilan Buxoro yoqib yuboriladi.

Keyingi xujum Samarqandga qaratildi. Garchi Samarqandda Xorazmshoxning 100 ming kishilik  qo’shini turgan bo’lsada, himoyachilar yetarli qarshilik ko’rsata olmadilar. Qo’shin uch kun qarshilik  ko’rsatgach, Chingizxonning yolg’on va’dasiga uchgan qang’liklarning 30 ming kishilik qo’shini taslim  bo’ldi. Biroq, shaxar egallangach, axolining katta qismi bilan birgalikda qang’liklar ham qirib tashlandi.  Ularning yo’lboshchilari Borushmas, bog’on, Sarziqhon va yana 20 nafar sarkarda qatl etildi.

Mamlakatdagi  eng  buyuk  shaxarlarning  qo’ldan  ketishi  Alovuddin  Muxammad Xorazmshoxni  qattiq larzaga soladi. Saroyda fitna va xiyonat kuchayadi. Qunduz, Badaxshon xokimlari undan yuz  o’girishdi. 1220 yil aprelda Muxammad Xorazmshox Nishopurga keldi. Ammo Subutoy no’yonning uni  ta’qib etib kelayotgani sababli hech kim Muxammad Xorazmshoxni kutib olmadi va Kaspiy dengizdagi  Ashura orolida qo’nim topdi. U 1220 yil dekabrda Jaloliddin taxt vorisi etib tayinlab, bir oz o’tmay vafot  etdi. Xorazmshoxning O’zloqshox va O’qshox ismli o’g’illari mo’g’ullar tomonidan o’ldiriladi.

Bu davrda mo’g’ullarning Jo’ji boshliq askariy qismi ham Sirdaryo etaklarida zafarona harakat  qilmoqda edi. Avval u aholisi zich joylashgan va boy savdo shahri Sig’noqqa hujum boshlaydi. Sig’noq  aholisi yetti kun davomida shahami qahramonona mudofaa qiladi. Sakkizinchi kuni shahar mo’g’ullarga  majburan taslim bo’ladi. Bosqinchilar shaharni talab, aholisining oxirgi kishisigacha qirib tashlaydilar.  1220 yilning aprelida bosqinchilar Jandni egallab, uni talaydilar. Aholisining qurollangan qismi qatl  etilib, shahar vayron qilinadi. Mo’g’ullar besh ming kishilik qo’shin bilan Sayhun (Sirdaryo) daryosi bo’yida joylashgan Banokat (Shohruhiya) ustiga yuradi. Shahar to’rt kunlik mudofaadan so’ng taslim  bo’ladi.

Xo’jand  shahri  Sirdaryo  ikkiga  ayrilgan  yerda  joylashgan  edi.  Uning  tabiiy  joylashishi hamda  shahar hokimi Temur Malikning qahramonligi bilan xo’jandliklar mo’g’ullarga kutilmagan qarshilikni  ko’rsatadilar. Biroq, kuchlarning teng emasligi oqibatida Temur Malik shaharni tashlab chiqib, ming  kishilik  lashkari  bilan  shahar  yaqinida  daryo  o’rtasidagi orollardan  biriga  joylashib  oladi.  Temur  Malikning  farmoyishi  bilan  12  ta  qayiq yasalib,  dushmanning  o’qi  teshib  o’tmasligi,  o’t  yondirib  yubormasligi maqsadida qayiqlarning usti namat bilan qoplanib, sirkali loy bilan suvab chiqiladi, Bunday  usti yopiq qayiqlar bilan sohilga xavfsiz suzib borilar va qayiq yon  devorlarida qoldirilgan  maxsus  shinaklardan dushmanni o’qqa tutardilar.  Temur Malik shu tariqa qayiqlarda mudofaa janglarini olib boradi. Lekin kuch kamligi uchun bor  oziqovqat va qurolyarog’larni 70 ta qayiqqa yuklatib, tunda mash’alalar yorug’ida Sirdaryoning quyi oqimi  bo’ylab suzib ketadi.

Shu tariqa Temur Malik qo’shini uzluksiz jang qilib, barcha qiyinchiliklarni yengib, Jand shahriga  yetib boradi. Barchinlig’kent va Jand yaqinida mo’g’ullar daryoning har ikki sohilida yo’lni to’ssalarda,  jasur  xo’jandliklar  sohilga  tushib,  dushman  bilan  so’nggi jangga  kiradilar.  Bu  jangda  Temur  Malik  qo’shini va safdoshlaridan batamom ayriladi. Faqatgina o’zi halokatdan qutulib, Urganch shahriga yetib  keladi. Bir oz vaqt o’tgach, u Xorazmda to’plangan qo’shin va xalq lashkarlariga boshchilik qiladi. Jo’jiga  qarshi muvaffaqiyatli janglar qilib, hatto undan Sayhun daryosining quyi oqimidagi Yangikent shahrini  qaytarib ham oladi.

Chingizxon 1220 yilning yozida Naxshab (Qarshi) ga bostirib kiradi va uni egallaydi. Shu yilning  kuzida esa Termizga askar tortadi. Termiz qamalning o’n birinchi kuni qattiq hujum bilan olinib, shahar  xarob qilinadi.  Sirdaryo  (Sayhun)  havzasi,  Zarafshon  va Qashqadaryo  vodiylari,  Amudaryo  (Jayhun) o’rta  oqimining o’ng sohili viloyatlari zabt etilgach, Chingizxon asosiy kuchni Xorazmshohlar davlatining  markaziy qismi – Xorazmga tashlaydi. Mo’g’ullar davlatining tashkil topishi va O’rta Osiyoga istilochilik yurishlari.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba