Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning ma’rifiy-axloqiy qarashlari.

0
Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning ma’rifiy-axloqiy qarashlari.

Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning ma’rifiy-axloqiy qarashlari.

Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning ma’rifiy-axloqiy qarashlari.

O’zbek xalqining turli an’analariga boy, milliy qadriyatlari keng ma’no va chuqur tarixga ega. Mustabid tuzum davrida  toptalgan  qadriyatlarni  qayta tiklash uchun barcha imkoniyatlar  yaratilgan bugungi kunda odob-axloq va yoshlarni  tarbiyalashda

qadriyatlarimizga oid manbalarni o’rganish va hayotga tatbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Shunday asarlardan  biri  Muhammad Sodiq Qoshg’ariy (1740-1843)ning “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”) kitobidir. Mazkur asar kundalik turmushimizda  har kuni har daqiqada bilish zarur bo’lgan turmush odobiga oid xulq-odob  qoidalarining  majmuidir. Bu asar XIX asr boshlarida xalqimizning  odob-ahloq me’yorlari va  milliy qadriyatlarini  o’zida mujassamlashtirgan.

Olim 1740 yilda Qashg’arda  tavallud topgan. U  tarixchi, adabiyotshunos, mutafakkir olim, mutasavvuf shoir va tarjimon sifatida tanilgan.

Qoshg’ariy boshlang’ich ta’limni otasi Mulla Shoh A’lam Ohundan olgach Qashg’ardagi mashhur madrasada  Xomidiydna  ta’lim olishni  davom ettiradi. U erda arab, fors tillarini, matematika, adabiyot, tarix, jo’g’rofiya, va diniy  bilimlarni mukammal egallab, zamonasining ko’zga ko’ringan olimi darajasiga erishadi.

Muhammad Sodiq Qoshg’ariy hayoti davomida katta ilmiy meros qoldirgan. Manbalarda uning “Tazkira i Azizon” (Tazkirai Xo’jagon), “Zubdat al-masoyil”, “Tazkira-i ashob al-kahf”, “Tarixi Iskandar va Tojinoma-i shohi”, “Odob as-solihim”, “Qiyofat al-bashar”, “Risola – i kasbdor”, “Durr al-muzohir” kabi  asarlari arab tilidan, “Tarixi Rashidiy” asarini esa fors tilidan  turkiyga (uyg’urchaga) tarjima qilgan.

Muhammad Sodiq Qoshg’ariy 1849 yilda vafot etgan. U Yusuf Xos Xojib maqbarasi yonidagi qabristonga  (Qashg’arda) dafn etilgan.

Olimning    odob-axloqqa    oid     muhim    pedagogik    asari    “Odob    as-solihin”

(“Solihlarning odoblari”) kitobidir. Asar turkiy  tilda yozilgan bo’lib, muqaddima, etti bob va xotimadan iborat.  Har bir bob esa to’rt fasldan  tashkil topgan. U “ Zubdat almasoyil” nomli asar bilan bir jildda besh marta  nashr etilgan: ikki marta Toshkentda (1889, 1901) va uch marta Istanbulda (1891, 1892, 1896). Hozirgi kunda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining fondida asarning  ikkita qo’lyozma (1343, 1320 y ko’chirilgan) va oltita toshbosma  nusxalari saqlanmoqda.

“Odob as-solihin” asarining  mundarijasi uning e’tiborga loyiq axloqiy – tarbiyaviy asar  ekanligini ko’rsatadi. Asar muqaddima va 7 bobdan, har bir bobi 4 fasldan  iborat bo’lib, alloma mazkur asarni  yozishdan maqsadini quyidagicha bayon qilgan: “Tolibi soliqlar odobi zohiriy va odobi botiniyning bilib, unga amal qilmoqlari lozim keldi, toki bular ham  talabu suluklaridin foyda topib, urug’lar martabalariga etkaylar….”.

Demak, muqaddimada asarning maqsadi ifoda etiladi, ya’ni insonga yaxshi xulq egallashi  zarurligi ta’kidlanadi va u odob qoidalarini egallab olmasa  va yaxshi xulq bilan muaddab  (odobli) va mukazzab (toza) bo’lmasa, nafaqat o’ziga, balki  butun dunyoga yomonlik tarqadi, deydi va quyidagi masnaviyni keltiradi:

Beadab tanho na xudro dosht bad,

Balki otash dar hama ofoq zar.[1]

(Adabsiz na o’zi uchun yomonlik qiladi,

Balki butun dunyoga o’t qo’yadi).

Shunday ekan, har bir inson zohiriy hamda botiniyni bilib, unga amal qilishi zarurligi va bu odob qoidalarini muo’’tabar kitoblardan jam ekanligini aytadi. So’ng yuqorida ta’kidlaganimizdek, insonning  barkamol buo’lib etishishida  kundalik turmushida zarur botiniy va zohiriy odob qoidalari: salomlashish va ruxsat so’rash, muloqot odobi, uxlash va yo’l yurish, suhbat ahlining o’zini  tutishi, er-xotin odorbi, tozalik va ozodalik qoidalari, mehmon kutish, ziyofat va ovqatlanish odobi, safar qoidalari bayon etiladi.

Turkiston mintaqasida naqshbandiya tariqati keng tarqalgani bois asarda tasavvuf ahliga tegishli ko’rsatmalar ham yoritib o’tilganligini alohida ta’kidlab o’tish joiz. Ayni paytda, bu ko’rsatmalar xalqimiz kundalik turmush tarziga singib ketganini kuzatish mumkin. Bu kitob Turkiston xalqi orasida katta shuhrat qozongan va ilm ahli orasida qadrlanib, keng istifoda etilgan. Bu davrda barcha madrasalarda majburiy fan sifatida «Qur’on», «Tafsir», «Odob as-solihin», «Sabot ul-ojizin», «Hadis» o’qitilardi.

Asarda keltirib o’tilgan odob-axloq me’yorlarining batafsilligi va «ashobi shari’at va arbobi tariqat kutubi mo’’tabarlaridin jam’ qilingan»ligi uning ishonchli va qimmatli manba ekanligini namoyon etadi.

Masalan, milliy-diniy qadriyatlarimizning ajralmas qismi «aql (eyish), sharob (ichish) va ziyofat (mehmon kutish)» odobida o’ttizta, «salomlashish» odobida o’n ikkita koidani tartib bilan sharxlab, keltirib, o’tgan. Ulardan makruh, mustahab va farz hisoblangan amallar Xadislarga asoslangan holda yoritilgan.

Jumladan, asarning birinchi bobining uchinchi faslida berilgan muloqot (uchrashuv) odobiga oid tavsiyalari (ko’rsatma) ham diqqatga sazovor. Bunda uchrashganda qo’l berib ko’rishish, ammo ko’rishganda qo’l uchi bilan emas balki, astoydil ikki qo’lni berib ochiq yuz bilan ko’rishish odobi bayon etilgan.

Bu o’rinda qo’l berib ko’rishishlik haqida Payg’ambar (s.a.v.)dan quyidagi hadis vorid bo’lgan: «Qo’l berib ko’rishish bilan salomlashish mukammal bo’ladi».

Kitobning uchinchi bobida suhbatlashish odobi bayon etiladi-ki, bu odob qoidalariga inson har bir daqiqada rioya etishi zarur. Bulardan, ahli suhbatga noloyiq xatti harakatlardan qochish maqsadida axli jamoaning xotirjamligini buzganlarni chetlashish buni imo-ishora bilan tushuntirish, suhbatda pinakka ketmaslik (uxlamaslik), o’zgalardan o’zini yuqori tutish, suhbatdoshining so’zini bo’lmaslik, sukut saqlashni ham me’yoriga etkazish, deb ortiqcha takallufga zo’r bermaslik, hamsuhbati bilan bahs qilmaslik, ammo tortishish mumkinligi, g’azab ketganda uni to’xtata olish, ortiqcha qiziqchilik hazil-mutoyiba, xushomadgo’ylik qilmaslik, bunda me’yordan oshirmaslik, kamsituvchi laqablar qo’ymaslik, axli suhbat orasida bir-biri bilan pinhona va boshqalar tushunmaydigan tilda pichirlamaslik, pinhona so’zlashganda boshqa hamrohining quloq solmasligi, bu qoidalar har bir kishining kundalik turmushida zarur bo’ladi talablari hisoblanadi Masalan, bu bobda o’ttiz uchta qoida keltirilgan bo’lib, ulardan ba’zilarini keltirib o’tamiz:

  • majlisda odob va hurmat birla o’lturg’ay va ikki kishini o’rtasiga berizo borib o’ltirmagay;
  • ahli suhbat kirgan va chiqqan vaqtda o’rnidan turg’ay;
  • o’zini beadabona so’zdan va fe’lidin yomon xarakatdin va nohamvor (noo’rin sukunatdin saqlag’ay;
  • ahli suhbatdin hech xizmatni ko’z tutmagay va hech kimga ximmat buyurmagay;
  • agar birodari fisqega mubtalo bo’lsa xilvatda nasihat qilgay;
  • suhbatda pinakka bormagay;
  • majlisda o’zini o’zgalardin mumtoz qilmag’ay;
  • bir kishi so’zlab turgan vaqtda so’zlamagay, to so’zinim tamom qilmag’uncha; – ko’p ham so’zlamag’ay;
  • hamsuhbatlarig’a ko’b mazah va mutoyiba qilmag’ay. Va haddi e’tidol (o’rtacha hol)da ish tutg’ay;

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning “Odob assolihin” asari yoshlarning barkamol ma’naviy yuksak, ektuk axloqli bo’lishlarida katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham bu asarni to’lig’icha o’rganib, undagi so’zlarni, o’ziga me’zon qilib olsa va amal qilsa ma’naviy etuk inson bo’lib tarbiyalanishiga poydevor bo’lib hizmat qiladi.

Mavzular.

manba