MUHAMMADSHARIF SO’FIZODA.
MUHAMMADShARIF SO’FIZODA (1869-1937) 1913yilda Chustda yangi usuldagi maktab ochib, maktab eshigining tepasiga shunday deb yozdirib qo’ygan ekan: «Men ul bo’yoqchimanki, maktab xumida rang berib, qora chappalarni o’n ikki oyda oq
qilaman»[1]. Uning maktabida ona tili, jo’g’rofiya, handasa kabi dunyoviy fanlar o’qitilgan. Diniy darslar deyarli o’qitilmagan.
Bu maktabdan tashqari Kamarsadada ham u etim bolalar uchun «Dorulaytom» (Etimlar uyi) va kattalar uchun kechki kurslar ochadi[2]. Lekin So’fizoda ochgan bu yangi usul maktablari tezda bekitilib, uning o’zi «Muallimi kofir» deb e’lon qilinadi. Bu ham etmagandek, jaholatparastlar «Turkiston viloyatining gazeti»ni 1914 yil 1 yanvar sonida quyidagi mazmundagi xabarni bosib chiqaradilar. «Chust shahrida bir mulla shoir usuli jadid ochgan ekan. Chust aholilari aning axloqi buzuq deb maktabni tarqatib, o’zini Chustdin haydab yuborgan ekanlar».
Oradan ko’p o’tmay, «Turkiston viloyatining gazeti»da shoirning muallimni quvib, maktabni yopgan chustilar bizlar, berib pora, pristavlarni topgan chustilar bizlar, – deb boshlanadigan she’riy javobi bosilib chiqadi, she’r mahalliy hukumat vakillarini larzaga soldi. Shoirni qamadilar, oyog’idan sudrab sazoyi qildilar. Oqibatda shoir o’z vatanidan bosh olib chiqib, ma’lum muddat Xindiston va Afg’onistonda yashashga majbur bo’ldi. Lekin u o’zi tanlagan yo’ldan, haqiqatni xalqqa etkazishdan iborat bo’lgan maslake’tiqodidan hech qachon qaytmadi. Masalan, mana bu gapni o’z fikrining haqligiga astoydil ishongan, o’z maslagiga sadoqatni hamma narsadan aziz tutgan, adolat tantanasiga zarracha shubha qilmagan kishigina ayta oladi:
Quvdi meni johillar o’shandog’ vatanimdan, Lekin quva olmas suxanimni dahanimdan.
Hamza ta’limning tushunarli va ko’rgazmaliligi singari aniq ta’lim-tarbiya qoidalarni qattiq turib himoya qildi. Bunga quyidagi misolni keltirish mumkin.
Maktabdagi geometriya darslaridan birida ko’r-gazmali qurol yo’q edi. Natijada, dars unchalik ishonchli chiqmagan. Hamza zarur ko’rgazmali qurollarning eskizlarini yasab, Shohimardondagi duradgor ustaga uni tayyorlab berishni topshirdi. So’ngra asboblardan darslarda foydalana boshladi. Shunday qilishni boshqa o’qituvchi muallimlarga ham maslahat berdi.
Hamzaning bolalarga ta’lim berish va ularni axloqiy tarbiyalash nazariyasi masalalaridagi ko’pgina qoidalari hozirgi vaqtda ham maktablarimizda keng foydalanilmoqda. U tarbiyani inson shaxsini shakllantirish, hal qiluvchi kuch deb bilib, bolani mehnatsevarlik, halollik, sofdillik, samimiylik, orastalik, sahiylik fazilatini tarbiyalashga alohida e’tibor beradi.










