Musobaqa o’tkazish tizimlari.

0
Musobaqa o'tkazish tizimlari.

Musobaqa o'tkazish tizimlari.

Musobaqa o’tkazish tizimlari.

Birinchi navbatda, o‘yin tizimini tanlaishdan oldin quyidagi vazifalar hisobga olinishi lozim. Uni o‘tkazish mumkin bo‘lgan muddati, qatnashuvchilarning sport tayyorgarligi darajasi, musobaqani o‘tkazish uchun hududiy joylaishish to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak. Musobaqalar aylanma, Yutqazgan chiqib ketadigan va aralaish tizimlar asosida o‘tkaziladi.

Musobaqa o’tkazish tizimlari. Aylanma tizim. Aylanma tizim bo‘yicha hamma qatnashuvchi jamoalar bir-birlari bilan uchrashishadi. Musobaqalaishuvchilarning kuchlari o‘rtasidagi nisbatini aylanma usul, ayniqsa obyektiv aniqlaishga imkon beradi. Bu tizim tasodifiy natijalar oldini oladi va sportchilar tayyorgarligini tekShirishga va g‘oliblarni aniqlaishga to‘liq imkoniyat beradi.

Aylanma tizim bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalar ko‘p vaqt talab qiladi, bu uning asosiy zaif tomonidir. Aylanma tizim bo‘yicha o‘yin taqvimi quydagicha tuziladi.

O‘yinlarning navbati maxsus jadval yordamida aniqlanadi. Barcha jamoalar qur’a tashlaish asosida tartib raqamlarini oladilar. Shundan so‘ng musobaqaning har bir kunida qaysi jamoalar (qur’ada tushgan raqam bo‘yicha) bir-biri bilan uchrashishi jadval yordamida aniqlanadi. Agar ishtirok etuvchi jamoalar soni toq bo‘lsa, unda har kuni bir jamoa qavs ichida raqami ko‘rsatilgan jamoa bilan uchrashadigan kun (jamoa yo‘qligi ) dam oladi.

Jadval tuzishda qatnashuvchilar soniga qarab vertikal chiziqlar chizib chiqiladi. Chiziqlar asosan toq olinadi. Masalan 7, 8 ta jamoa qatnashuvida 7 ta, 9–10 ta jamoa bo‘lganda 9 ta vertikal chiziq chizib olinadi.

Unda qatnashuvchilar raqami (qur’a natijasiga asosan) quyidagicha yoziladi: birinchi chiziq tagida 1 raqami qo‘yiladi, bitta chiziqdan so‘ng 2 raqami, Yana bittadan so‘ng 3 raqami va hokazo. Yuqoridagi ikkinchi chiziqdan boshlab, keyingi raqamlarning joylaishishini davom ettiramiz: 4 raqami, bittadan so‘ng 5 raqami va hokazo. Oxirgi, juft raqam mavjud bo‘lganda Yuqoridagi raqamlar yoniga yoziladi.

Qatnashuvchi jamoalar soni besh yoki oltita bo‘lgandagi namuna:

 

 

 

 

 

 

 

4    

 

 

 

 

 

5  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1   2   3

 

Undan keyin 1 dan 5 gacha raqamlar egri chiziq bo‘yicha namunada ko‘rsatilganidek yozib

chiqiladi.

 

4                                           5

4 3 5 4 1 5
5 2 1 3 2 4
           

1                                            2                                            3

Raqamlardan har bir vertikal chiziqning o‘ng tomonidan boshlab o‘ynaydigan juftlik kelib chiqadi va ular birinchi chiziqning pastidan Yuqorisiga, o‘ngidan chapiga, ikkinchi vertikal chiziqning Yuqorisidan pastiga qarab yoziladi.

1-kun 2-kun 3-kun 4-kun 5-kun

 

1- (6) (6) – 4 2 – (6) (6) – 5 3 – (6)
2 – 5 5 – 3 3 – 1 1 – 4 4 – 2
3 – 4 1 – 2 4 – 5 2 – 3 5 – 1

Chap tomonda turgan jamoalar maydon egalari hisoblanib, ular mehmon jamoalarning sport kiyimidan rangi bilan farq qiladigan ikkinchi sport kiyimiga ham ega bo‘lishlari kerak. Chiqib ketish tizimi. Yutqazgan chiqib ketish tartibida o‘tkazilayotgan musobaqada

uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan jamoa musobaqalardan chiqib ketadi. Bu tartibning kamchiligi Shundaki, o‘yin natijasi tasodifiy bo‘lishi ham mumkin. Ustunligi Shundaki, ko‘p sonli jamoalar qatnashayotgan musobaqalarni o‘tkazish uchun ozgina vaqt kerak bo‘ladi. Musobaqada ishtirok etayotgan jamoalar soni 4, 8, 16, 32 va hokazo bo‘lganda, hamma qatnashuvchilar musobaqaning birinchi turidan qatnashishadi. Juftliklar tartib raqamlari Yuqoridan pastga qarab tuziladi.

8 ta jamoa uchun namuna:

Agar jamoalar soni 2 ning darajasiga barobar bo‘lmasa, unda ayrim jamoalar (qur’a natijasiga ko‘ra) ikkinchi davradan boshlab qatnashadilar. Jadvalni Shunday tuzish kerakki, ikkinchi turda o‘ynaydigan jamoalar soni teng bo‘lishi kerak. Birinchi davrada nechta jamoa ishtirok etishi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

(A – 2n ) x 2, bunda A – jami jamoalar soni; n –qatnashadigan jamoalar soniga Yaqin bo‘lgan daraja. Misol uchun, 11 ta jamoa ishtirok etadigan musobaqa olinadigan bo‘lsa:  A11. 11 ga eng Yaqin son 8 bo‘ladi (23  8).

Formula asosida yechiladi: (11-8) x 2  6.

Birinchi turda 6 ta jamoa o‘ynaishi kerak. Ikkinchi davradan boshlab o‘ynaydigan jamoalar uchun 2 ta Yuqoridagi va 2 ta pastdagi raqamlar belgilanadi. Barcha raqamlar (birinchi davrada o‘ynaydigan raqamlar ham) jadvalda Yuqorida va pastda joylaishgan jamoalar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Agar jamoalar soni toq bo‘lsa, unda ikkinchi davradan o‘yinni boshlaydigan jamoalarning soni jadvalning pastida Yuqoridagiga nisbatan bitta ortiq bo‘ladi. Birinchi davradan o‘yinni boshlaydigan jamoalarda esa, aksincha, jadvalning Yuqorisida bitta raqam ortiq bo‘ladi (10-jadval).

Bir musobaqa doirasida ikki tizimdan ham foydalanish mumkin bo‘lib, bu tizim Shartli ravishda aralaish tizim deb nomlanadi.  Aralaish tizimga muvofiq guruhlar yoki zonalarda o‘yin aylanma tizimda, so‘ngra esa Yutqazgan chiqib ketish tizimida olib boriladi yoki aksincha bo‘lishi mumkin.

Musobaqa o’tkazish tizimlari.

Muallif: R.N.Ro`zmetov

Mavzular.

manba