Mustaqil O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.

0
Mustaqill O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.

Mustaqil O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.

Mustaqill O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.

Mustaqil O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.  Bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan e’tiborning qadriga etishi va uni ob’ektiv baholash, mustaqillikni  zaruriyatini  to’g’ri va haqqoniy anglashi hamda kelajakka ishonch xosil qilishi uchun ularda mustaqillik tafakkurini shakllantirish  va rivojlantirish  muhim ahamiyatga ega bo’lib, eng avvalo, ular ongiga mustaqillik,  mustaqil davlat, mulkiy mustaqillik, adolat, an’analar, umuminsoniy an’analar, milliy an’analar, Vatan, Vatan tuyg’usi, Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, fidoiylik, insonparvarlik, milliylik, milliy ong, milliy o’z-o’zini anglash, qadriyatlar, milliy qadriyatlar, manfaat, milliy manfaatlar, milliy g’urur, urf-odatlar va rasm-rusumlar, ma’naviyat, milliy g’oya va boshqa bir qator asosiy tushunchalarning mazmun – mohiyatini singdirish zarur.

Shu o’rinda, Prezidentimiz Islom Karimovning “Adolat, Vatan va xalq manfaati har narsadan ulug’” nomli asarida qayd etilgan yoshlar tafakkurini rivojlantirish borasidagi “Har bir insonning, ayniqsa, endigina qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam g’ayrat-shijoatiga, to’la-to’kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab etishlari kerak.

Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir”, degan fikrlarini keltirish maqsadga muvofiqdir.

Mustaqil O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.  Mazkur fikrga asoslanib aytishimiz mumkinki, mustaqillik tafakkurini shakllantirish  va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi asosiy tushunchalarning mazmun – mohiyati va ahamiyatining asosli va aniq tarzda  talabalarlarga yoritib berilishi  ularda mamalakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning bugungi kunda ijobiy natijalari, yaratilayotgan yangiliklar  va ularning turmush darajasining o’sib borishi  kabi yo’nalishlarda tasavvur hosil qilish asosida dunyoqarashini o’zgartiradi, shu bilan bir qatorda, talabalarda Vatanga muhabbat, e’tiqod va sadoqat, davlat ramzlariga, umummilliy qadriyatlar va milliy urf-odatlarga hurmat, vatanparvarlik va insonparvarlik, kelajakka ishonch tuyg’ularini  shakllantiradi, muxtasar qilib aytganda, ularda mustaqillik tafakkurini rivojlantiradi. Buni biz quyidagi asosiy  tushunchalarning mazmun – mohiyati va ahamiyatining yoritilishida ko’rishimiz mumkin.

Hayotda “mustaqillik” tushunchasi juda keng qo’llaniladi.  Masalan, davlat  mustaqilligi, mulkiy mustaqillik, shaxs mustaqilligi, fikrlashda mustaqillik, hayot kechirishda mustaqillik, ma’lum bir vazifani bajarishda mustaqillik, ta’lim olishda va o’rganishda mustaqillik (mustaqil ta’lim), tarbiyada mustaqillik (o’zini o’zi tarbiya) boshqaruvda mustaqillik kabi.

Mustaqil O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.  Bunday iboralarni yana davom ettirish mumkin bo’lsa-da, bularning barchasiga, ya’ni xalqning yashashi, ijod qilish, mehnat qilish, o’zligini anglashi, fikrlashi, tafakkuri va e’tiqodi  kabi yo’nalishlarda erkin va mustaqil bo’lishiga shart-sharoitlar yaratib beruvchi mustaqillik, bu butun bir xalqning taqdiri bilan bog’liq bo’lgan mamlakat mustaqilligi bo’lib, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati va zaruriyati to’g’risida quyidagi firklarni keltirish mumkin.

Mustaqillik degani shuki, biz, asrlar osha birovlarning og’ziga qarab yashagan xalq, nihoyat, o’z taqdirimizni, hayotimizni, kelajagimizni o’z qo’limizga oldik. Eng muqaddas vazifa shu buyuk ne’matni qo’ldan bermaslik.

Mustaqillik bizni mustabit va mafkuralashgan tuzum kishanlaridan ozod qildi, o’zbek xalqiga o’z yurtida boshini baland ko’tarib yurish, o’z madaniyati va an’analarini, qadr-qimmati, dini va e’tiqodini, ona tili va ma’naviyatini qayta tiklash imkonini berdi.

Biz uchun mustaqillik – o’z erkinligingizni anglashgina emas, balki avvalo, o’z hayotimizni o’z irodamiz bilan va milliy manfaatlarimizni ko’zlagan holda  tashkil etish, o’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurish huquqidir.

Mustaqillik – qadriyatlarni tiklash, rivojlantirishning asosi. Mustaqillik – xalqimizning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy qadriyatlarini, avvalo, ajdodlarimizning tarixiga, ilmu faniga, falsafasiga, madaniyatiga, ma’rifatiga, tiliga doir noyob merosni tiklash, avaylab – asrash, rivojlantirish asosidir.

Mustaqillik – xalq, Vatan, har bir yigit va qizning, har bir fuqaroning jismoniy – ruhiy kamol topishining negizidir. Hur o’lkamizning keng bag’rida jismoniy – ma’naviy  poklanish yuz bermoqda. Zero, jismoniy – ma’anaviy poklik insonni barcha jonzotlardan ajratib turuvchi ulug’vor sifat hisoblanadi.

Mustaqillik iqtisod bilan ma’rifatni ulug’lashtiradi, insonparvarlikni, insoning  jismoniy va ma’naviy sog’lomligining ustuvorligining, komil insonning shakllanishi, muqarrar mag’rur yashashini  ta’minlovchi shart-sharoitlar yaratib berdi.

Mustaqillik zaminida xalqimizning milliy ongi, g’ururi,         tafakkuri-yu shuuri uyg’onib, jo’sh urib turuvchi qudratli kuch sifatida namoyon bo’lmoqda. Mehnat ahlining billur qudratli kuch sifatida namoyon bo’lmoqda. Mehnat ahlining billur aqli va odobi rivojlanib, yashnab farovon hayot qurishga yo’naltirilmoqda.

“Mustaqil O’zbekistonning kuch-qudrati manbai – xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo’shnichilik  va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab – asrab kelmoqda.

O’zbekistonni yangilashning oliy maqsadi  ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag’ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat vijdon erkinligi va har bir kishining kamol topishiga erishish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdir”

bo’lib, buning uchun, eng avvalo, u yashayotgan yurt, ya’ni davlat mustaqilligi muhim ahamiyat kasb etishini anglashimiz mumkin.

Demak, talabalarga mamlakat mustaqilligi, uning mazmun – mohiyati va zaruriyati to’g’risida tushunchalar berishda “mustaqil davlat” tushunchasi mazmun-mohiyatining asoslab berilishi o’ziga xos ahamiyatga egadir. Talabalarga mazkur tushunchaning mazmun-mohiyatini tushuntirishda mustaqil davlat (arabcha “mustaqil” – qaram emas, erkin) – davlatning asosiy shakli ekanligi hamda davlat tushunchasining  o’zi mustaqillikni anglatishi, eng muhim belgilari, ya’ni shaxslarni fuqarolikka qabul qilish va ularni fuqarolikdan mahrum etish, xorijiy davlatlar bilan  mustaqil ravishda aloqalar o’rnatish yoki bu aloqalarni uzish, o’z xazinasi va pul birligi – milliy valyutasini joriy qilish, o’z taraqqiyot yo’lini, o’z nomini o’zi belgilay olish, o’z ma’muriy tizimini o’zi belgilash, so’rov (referendum) e’lon qilish hamda hokimiyat va boshqarish organlari  tartibini belgilash, sud tizimi, sud tuzilishi va ishlarini o’zi yuritish huquqlariga, shuningdek, davlat o’z asosiy qonuni – konstitutsiyasiga; jinoyat va fuqarolik, oila va nikoh, uy-joy, er, suv to’g’risidagi qonunlarga; o’z davlat ramzlari: davlat gerbi, davlat bayrog’i, davlat madhiyasi va o’z poytaxtiga; o’zining asosiy tili (davlat tili)ga (bu til maxsus qonun asosida yoki tarixiy an’ana bo’yicha aniqlanishi); o’z davlat byudjetiga, o’z mulkiga, moliya va soliq tizimiga; o’zining harbiy tuzilmasiga va milliy qo’shiniga; daxlsiz o’z hududiga va daxlsiz davlat chegarasiga ega ekanligi hamda davlat hokimiyati uch asosiy tarmoqqa: qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi xokimiyat va sud hokimiyatiga bo’linishi haqida ma’lumotlar berilishi zarur.

Talabalarga mustaqillikning va uning mazmun-mohiyatini tushuntirishda mulkiy mustaqillik tushunchasi bo’yicha ma’lumotlar berish ham o’ziga xos ahamiyatga molikdir.

Mulkiy mustaqillik – kishilarda mulkka egalik qilish boshqarish, foyda olish va hokazo uchun beriladigan erkinlik, huquq. Demokratik huquqiy davlat fuqarolarning eng muhim huquqlaridan biri. “O’zbekistonning mulk to’g’risida”gi qonunida mulkiy huquqlarning barchasi ko’rsatilgan. Mazkur qonunning birinchi bandiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasida mol-mulkning mavjud ekanligi va unga nisbatan egalik huquqining bo’lishi tan olinadi, har bir mulkdorning o’z mulkiga nisbatan huquqiga ega ekanligi inkor etilmaydi va u tegishli qonunlar orqali himoya qilinadi. “Mulkdor boshqalarning emas, balki o’zining istagi, roziligi, moyilligi, xohishiga ko’ra, o’z molmulkiga egalik qiladi”.

Mustaqillik tufayli mulkiy mustaqillik vujudga keldi, hayotimiz boyidi, xalqimizning turmush darajasi o’sdi, dunyoqarashi o’zgardi, o’zining mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan jamiyatimiz kun sayin demokratlashib, yangilanib bormoqda.

Davlat, jamiyat va shaxs munosabatlari tobora ko’proq adolat tamoyillariga asoslanmoqda. Inson, uning huquqiy va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida belgilandi. Inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar va muassasalar vujudga kelishi, inson manfaatlariga e’tibor jahon huquqiy andozalari va milliy urfodatlarning uyg’unligida shakllanib borayotganligi mustaqil O’zbekistonda adolat qoidalari tantana qilayotganligi ifodalaydi, deb aytishimiz mumkin.

Mustaqillik tufayli adolat qaror topdi, adolat qoidalarining tantana qilayotganligini umummilliy qadriyatlar, milliy urf-odatlar, tarixiy rivojlanish jarayonida shakllanib kelgan

umuminsoniy va milliy an’analarning tiklanganligida ham ko’rishimiz mumkin. Bularni qadrlash va asrash mustaqillikni mustahkamlash yo’nalishida qator vazifalarni belgilaydi.

Nazarimizda, an’analar, umumminsoniy an’analar va milliy an’analar bo’yicha talabalarning tushunchalarini rivojlantirib borish mazkur vazifalardan biri hisoblanadi. Adabiyotlarda keltirilishicha, an’analar – jamiyat hayoti turli sohalarining, moddiy va ma’naviy faoliyat shakllarining kishilar o’rtasidagi aloqalar va munosabatlarning avloddan-avlodga o’tishi, ajdodlar hayoti va hususiyatlarining takrorlanish tarzi.

Vatanga muhabbat, oilaga sadoqat, ota-onaga izzat-hurmat, kattalarga, qariyalarga ehtirom kabi an’analar umuminsoniydir. Chunki ular har bir millatda, elatda va el-yurtda bor. Ularning namoyon bo’lishi esa, har bir xalqda turlicha. Bunday xilma-xillik xalqning, elning tarixi va hayotiy shart-sharoitlari bilan mushtarak.

Milliy an’analar – millat hayotining turli sohalarida namoyon bo’ladigan tushunchalar, belgilar, xususiyatlar, faoliyat turlari, odatlar va xislatlarning avloddanavlodga o’tish hamda meros bo’lib qolish ko’rinishi. Milliy an’analar umuminsoniy an’analarning bir millat darajasida namoyon bo’lishidir. Ular orqali har bir millat bir davrdagi o’ziga xos xususiyat, hayot tarzi, madaniyati, fani, adabiyoti hamda boshqa sohalardagi erishilgan natijalar va yutuqlarni boshqa davrda yashayotgan avlodlarga etkazadi.

Milliy an’analarda millatning betakrorligi, millat hayotining o’ziga xosligi, vorislikning muhim milliy jihatlari namoyon bo’ladi. Millatning har bir avlodi milliy an’analarni o’tmishdan kelajakka etkazib beruvchi insonlar ruhida tarbiyalanishi kerak.

Millatning tanazzuli milliy an’analarning ham tanazzulidir.

Halqimizning tarixiy qadriyatlaridan hisoblangan Navro’z bayramini milliy ana’analardan biri sifatida keltirishimiz mumkin. Navro’z (forschada “navro’z” – yangi kun ma’nosini anglatadi) – Turkiston, o’rta va yaqin Sharqda yashovchi o’zbek, ozarbayjon, tojik, hind, fors va boshqa xalqlarning qadimiy an’anaviy Yangi yil bayrami. Shamsiya hisobida yilning birinchi kuni bo’lib, bahorgi tun va kunning tengligiga, ya’ni 21-22 martga to’g’ri keladi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Navro’zni bayram qilib o’tkazish ahamoniylar davri (miloddan avvalgi VI-V asrlar)dan boshlangan.

Mustaqillik sharofati bilan 1991 yilning 31 avgustida O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida”gi va “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi hamda 1 sentyabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik bayrami va dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Eng quvonarli joyi shundaki, Mustaqillik kuni xalqimizning eng katta bayramiga, ya’ni milliy an’anaviy bayramiga, milliy a’nanaviy bayramiga aylanib bormoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ildizi uzoq an’analarga, qadriyatlarga borib bog’lanadigan asosiy tushunchalar talabalarda mustaqillik tarbiyasini amalga oshirishda, shuningdek, mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

Mustaqil O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.

Mavzular.

manba