Mustaqillik Deklaratsiyasi va uning ahamiyati.

0
Mustaqillik Deklaratsiyasi va uning ahamiyati. 

Mustaqillik Deklaratsiyasi va uning ahamiyati. 

Mustaqillik Deklaratsiyasi va uning ahamiyati.

Mustaqillik Deklaratsiyasi va uning ahamiyati.Mustaqillikning o‘ziga xos xususiyatlari va buyuk tarixiy o‘zgarishlar Birinchidan.  Mustaqillikni  tiklash  uchun  kurash  1989-1991  yillarda  namoyon  bo‘lib  siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarda bosqichmabosqich muhim choralar amalga oshirilib borildi. Mustaqillik  sharofati  ila  milliy  davlat,  milliy  boshqaruv  tizimi  va  milliy  qo‘shin  to‘zildi.  Bularning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  shundan  iboratki,  tariximizda  birinchi  marotaba  jahon  andozalari  asosida  tashkil  etildi.  Boshqaruv tizimining yuqori bosqichiga kutarildi.

Davlatni Konstitusiyaga rioya qilgan holda boshqarish,  qonun   ustuvorligi   va   jamiyatni   demo!fatlashtirishga   qaratilgan   choralar   ham   mustaqillikning  xususiyatlarini  anglatadi.  Bu  borada  parlamentni,  bayroqni,  gerb  va  madhiyani  joriy  etishi  alohida  ahamiyat kasb etadi. Tariximizda hech qachon hozirgidek tashqi aloqalar rivojlangan emas. Endilikda  O‘zbekistonda  o‘nlab  xorijiy  mamlakatlarning  elchixonalari  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  O‘z  navbatida  O‘zbekiston elchixonalari ko‘p chet el mamlakatlarda ochildi. Utmish zamonlarda o‘zbek diplomatiyasi  hozirgidek yuqori bosqichga kutarilmagan edi.

O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo qilinishi butun tariximiz davomida birinchi  hodisadir.

Ikkinchidan. O‘zbekistonda 70 yildan ortiq o‘zilishdan so‘ng xususiy mulkchilikka, erkin bozor va  ishbilarmonlikka  asoslangan  tamomila  yangi  jamiyat  tizimi  bunyod  etildi.  U  o‘z  hududidagi  yerlar,  suvlar, turlituman boyliklar va umuman tabiatdagi barcha mavjudotning chinakam egasi bo‘lib qoldi. Bu  iqtisodiyetdagi tub o‘zgarishlardan biri hisoblandi. Endiliqda yer va boyliklar respublika va xalqning  mulki  bo‘ldi.  Iqtisodiyetdagi  eng  muhim  yana  bir  tub  o‘zgarishlardan  biri  iqtisodiyetni  mafkuradan  batamom holi qilinishida o‘z aksini topdi. Keyingi tub o‘zgarish mulkchilikning yangi shakllarini vujudga  keltirib sanoatni, savdoni, maishiy xizmat korxonalarini va uy-joylarni xususiylashtirishdan va davlat  tasarrufidan chiqarishdan iborat bo‘ldi.

Uchinchidan, ma’naviy hayotda ham tub o‘zgarishlar ko‘zga tashlandi. Men bu masala bo‘yicha  so‘z yuritilganida birinchi galda kommunistik g‘oyalardan darhol voz kechilganini nazarda tutmoqdaman.  Haqiqatan ham bu g‘oyaning uloqtirib tashlanishi ma’naviy hayotdagi muhim inqilobiy o‘zgarishdir.  Tarixan  shakllangan,  lekin  ilgari  oyoqosti  qilingan  milliy  an’analarga,  udumlarga,  qadriyatlarga  va  madaniy meroslarga jon kirgizildi.

O‘zbeklar o‘tmish tarixi, buyuk olimufozillari, davlat arboblariyu din peshvolari bilan g‘ururlanish  va faxrlanish imkoniga ega bo‘ldilar. Milliy odob-axloq, insonparvarlik, vatanga sodiqlik singari fazilatlar  o‘z kuch-qudratini ko‘rsatmoqda. Respublikada vijdon va din erkinligining tiklanishi, ko‘plab masjid va  madrasalarning qurilishi hamda «ziyoratgoh» joylarning ta’mirlanishi ham ma’naviy hayotda muhim  yangiliklarni yuzaga keltirdi. Sovet davridagi dinsiz jamiyat o‘rniga dinli jamiyat tashkil topishi ma’naviy  hayotning tub o‘zgarishlaridan biri bo‘ldi. Ijtimoiy fanlar sohasida, jumladan, tarix, adabiyet va san’atda  milliy  his-tuyg‘ularning,  ozodlik  va  vatanga  sodiqlikni  madh  etuvchi,  tarixiy  shaxslarni  faoliyatini  ko‘rsatuvchi asarlar chop etilmoqda. Sovet davrida bunday qilish taqiqlangan bo‘lib, ozodlik jarchilari  «millatchilar» va «xalq dushmanlari» deb qoralangan va jazolangan. Mustaqillik Deklaratsiyasi va uning ahamiyati.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba