Mustaqillik O’zbekistonda ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar va kadrlar tayyorlash milliy modeli.
O’zbekiston Respublikasi mustaqil bo’lgandan so’ng mamlakatimizda milliy ta’lim tizimidagi tub islohotlar 1992 yilda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi birinchi qonun asosida boshlandi. Qonun, avvalo, milliy ta’lim tizimida ilgaridan mavjud ijobiy jihatlarni, istiqlol davrida jamiyatni ma’rifiy va ta’lim-tarbiyaviy bo’shliqdan omon saqlab qoldi. Ta’lim-tarbiya sohasida vujudga kelishi muqarrar ma’rifiy-g’oyaviy bo’shliqning qanday salbiy oqibatlarga olib kelishini endi mustaqillikka erishgan
O’zbekiston Respublikasi jamiyati juda teran his qilib va anglab etgan edi. Ana shu g’oyaviy xavfning oldi olinganligi dastlabki “Ta’lim to’g’risida”gi qonunning huquqiyamaliy ahamiyatini favqulodda oshirib yubordi. Ayni paytda, qonun sobiq sovet totalitar tizimini mafkurasi illatlarni anglab olishimizga va shu orqali eski tizimdan yangi demokratik tizimga o’tishning ma’rifiy-g’oyaviy ko’prigiga aylandi. Eng muhimi qonun yaratgan huquqiy-amaliy imkoniyatlar o’laroq, ta’lim tizimiga qator jiddiy yangiliklar kirib keldi jumladan, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlariga kirishning test tizimi joriy etildi.
Milliy istiqlol taraqiyoti ta’lim-tarbiya sohasida yanada jiddiy yangilanishlar qilishni taqoza eta boshladi. Ana shu ijtimoiy talab asosida 1997 yil 29 avgustda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Ana shu Qonunning mantiqiy – amaliy davomi sifatida “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ishlab chiqildi. Milliy dastur bevosita Qonunning ijrosi, shakli, vositasi hamda usullarining yig’ma amaliy-tashkiliy majmui bo’lib, ular yaxlit holda ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning asosiy yo’nalishlari, tamoyillarini, talab va maqsadlarini, muammoni echimi bilan bog’liq rejalarni belgilab berdi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” bosqichma-bosqich ro’yobga chiqarish yuzasidan kompleks rejasini ishlab chiqib, hozirgacha, amalga oshirmoqda.
Ta’lim-tarbiya sohasida bosqichma-bosqich islohotlar tamoyili qonunlarning bosh huquqiy amaliy sharti sifatida tub yangilanishning bir-birini uzviy mantiqiy-tashkiliy davomi bo’lmish uch bosqichini belgilab berdi.
Birinchi bosqich 1997-2001 yillarda amalga oshirilgan islohotlar tizimi bog’liq bo’ldi va u Milliy dasturda rasman o’tish davri baholandi.
Birinchi bosqichda ta’lim tizimi salohiyati saqlanib qolgan holda, avvalo, uning amaliy-tashkiliy takomili bilan konstitutsiyaviy va huquqiy – me’yoriy zamin yaratilib, ilmiy-uslubiy, moddiy-moliyaviy shart-sharoitlari mustahkamlandi. Natijada birinchi bosqichda belgilangan quyidagi vazifalar ijrosi to’la ta’minlandi:
- Milliy dastur ijrosi samarali boshlab yuborildi;
- yangicha talablarga javob beradigan pedagogik kadrlar tayyorlana boshladi; – umumta’lim maktablari qaytadan tuzildi, uch yillik ta’lim (o’rta maxsus va kasbhunar bilim yurtlari, ya’ni kasb-hunar kollejlari hamda akademik litsey) tizimiga o’tilib, uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi shakllandi;
- ta’lim-tarbiya bilan bog’liq ijtimoiy himoya rasman kafolatlandi;
-davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishning kafolatiga aylandi va h.k.
Ta’lim-tarbiya tizimi islohotining 2001-2005 yillarga mo’ljallangan ikkinchi bosqichda, Qonunga ko’ra va Milliy dasturni keng miqyosda to’liq amalga oshirishi bilan bog’liq vazifalar bajarildi.
2005 yil va keyin yillarga mo’ljallangan uchinchi bosqichda, mohiyatan ta’limtarbiya tizimi tashkiliy-amaliy islohotlarining o’ziga xos ya’ni yakuniy sifat bosqichi mavjud ilg’or va istiqbolli tajribalarning tahliliy-tashkiliy umumlashmasi sifatida islohiy jarayonlarning yangi sifat darajasiga ko’tarish, yanada takomillashtirish bosqichiga aylanishi zaruratidan iboratdir.
Demak, mustaqil O’zbekiston Respublikasida ta’lim va tarbiya tizimidagi islohotlar yalpi umumma’rifiy, umumma’naviy va umummadaniy yuksalishga, zamonaviy bilim va mustaqil tafakkur tarbiyasi shakllanishiga, “Kuch – bilim va tafakkurda” tamoyilining to’liq amal qilishiga erishiladigan bu bosqichda barkamol avlod, ya’ni komil insonning jamiyatda o’z munosib o’rnini topishi ta’minlanishi, muhimi – “Biz hech kimdan kam emasmiz, biz hech kimdan kam bo’lmaymiz” printsipining amaliy ifodasi ko’zda tutilgan.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da uzluksiz ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilgan. Maqsad – uzluksiz ta’limni davlat ta’lim standartlari (DTS) va muayyan ta’lim dasturlari bilan ta’minlashda ularning jahon talablari darajasida bo’lishiga, yuksak ma’rifiy-ma’naviy zaminda qurilishi lozimligiga erishishdir.











