Mustaqillik O`zbekistonda tarix faning davlat siyosati darajasida o`rnatilishi.
Istiqlol yillarida tarix, tarixiy ong va xotira xalqqa ruriy kuch kuvvat bag‘ishlovchi, unga ma’naviy ozuqa beruvchi murim omil sifatida maydonga chiqdi. O‘zbek xalqining haqqoniy tarixini tiklash va xalqni shu tarix bilan qurollantirish zaruriyati kun tartibidagi dolzarb vazifaga aylandi. Zero, mustaqillikka qadar, ya’ni mustabid tuzum hukmronligi sharoitida haqqoniy tarixni tiklash va uni xalqqa etkazishga yo‘l berilmadi.
Chunki mustabid tuzum manfaatlariga xizmat qilgan kommunistik mafkura va uning tazyiki ostida bo‘lgan sovet tarixshunosligining uslubiy, nazariy, g‘oyaviy asoslari haqqoniy tarixni yoritishga imkon bermas edi. Ular xalq tarixini emas, marksizm, leninizm ta’limotini, sinfiy kurash g‘oyalarini va kommunistik mafkura aqidalarini targ‘ib etishga bo‘ysundirilgan edi. Bu g‘oyalar va aqidalar jamiyat taraqqiyot qonunlariga, xalqning tabiatiga, real voqelikka zid bo‘lib, ular nafaqat hayotdan, balki o‘tmishdan ham uzilib qolgan edi.
Mazkur ta’limot aqidalariga va tamoyillariga asoslangan sovet tarixshunosligida nafakat o‘zbek xalqining, balki jahon tarixinini ham juda ko‘p muhim masalalarai mutlako noto‘g‘ri buzib talqin etildi. Natijada tarixiy hakikat yashirilib, xalq o‘z o‘tmishidan va demak, o‘zligidan uzoklashtirildi.
1998 yil iyulda O‘zbekistonning 1-prezidenti I.A.Karimov bir guruh etakchi tarixchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashdi. Bu uchrashuvda I.Karimov tarix fannning muammolari haqida mutaxassislar bilan fikr almashdi. Mustaqil O`zbekiston tarixchi olimlar oldida turgan va tezda hal qilinishi kerak bo`lgan qator masalalarni ochiq-oydin ko`rsatdilar. Ushbu masala bilan bog`liq bo`lgan aniq vazifalar haqida so`z yuritib, shunday deydilar: “Haqqoniy tariximizni barpo etish ishini nimadan boshlash lozim? Avvalo ko`p ming yillik boy o`tmishimizni tadqiq etishning yaxlit kontsentsiyasini, ya`ni, dasturini, ilmiy izlanishlarining uslubini, qo`yilgan vazifani amalga oshiradigan ilmiy muassasalarni, ulardagi potentsial kadrlar masalasini aniqlab olishdan” boshlamoq lozim.
Haqiqatdan, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” asarida asl manbalar va ularning tahlili asosida Vatanimiz tarixini haqqoniy yaratish muammosi alohida ta`kidlandi. “Faqat bahs, munozara, tahlil mevasi bo`lgan xulosalargina bizga to`g`ri yo`l ko`rsatishi mumkin” – deb yozadi Islom Karimov. Mazkur asarda muhum ahamiyatga ega bo`lgan tarixiy muammolarni echish yo`llarini o`rtaga qo`yish bilan birga, bu asarda O`zbekistonda tarix fanining bugungi ahvoli va tarixchi-mutaxassislar tayyorlash masalasi ham ochib berildi. Ma`lumki, ayrim yo`nalishlar bo`yicha mutaxassis tarixchi olimlarimiz sanoqlidir. Antropalogiya, etnologiya, numiztatika, manbashunoslik mutaxassisliklari shular jumlasidandir. Qadimgi va o`rta asrlar tarixini chuqur biladigan va maxsus ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlarimiz ham juda oz.
Umuman olganda, Islom Karimovning “O`zbekistonning yangi tarixi markazi”ni tashkil etish haqidagi farmonidan (1996), “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” (1998) nomli risolasi, tarixchi olim va ijodiy ziyolilar bilan uchrashuvidagi (1998), “Turkiston” (1999) va “Fizokor” (2000) gazetalari muxbirlarininng savollarigi bergan javoblaridan, “O`z FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g`risida” gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroridan (1998) so`ng tarix fani davlat siyosati darajasida ko`tarildi.
Natijada, nafaqat respublikamizda milliy qadriyatlarini tiklash, necha ming yillik ma`naviy-ma`rifiy merosni asrab-avaylash, mustamlakachilik davrida chetga olib chiqib ketilgan madaniy yodgorliklarni aniqlash va yurtimizga qaytarish borasida ko`plab xayrli shilar amalga oshirila boshladi. Bu shiga xorijda yashayotgan hamuyrtlarimiz ham o`z hissalarini qo`shmoqdalar.
Xususan, Turkiyada istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz ulug` bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning “Xazoyinul – maoniy” majmuasining o`tgan asrning yigirmanchi yillarida O`zbekistondan olib chiqib ketilgan
qo`lyozma nusxasini O‘zbekistonning 1-prezidenti Islom Karimovga yuborishdi. Islom Karimov bu benazir “Ma`nolar xazinasi” asarini she`riyat mulki sultonining ramziy uyi – Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyiga tuxfa etdi. Mazkur qo`lyozma XVIII asrda Samarqandda Usta Bobojon o`g`li Mulla Muqimjon Samarqandiy ismli xattot tononidan ko`chirilgan. Bunaqangi nodir qo`lyozma, arxiv hujjatlari ham chet elda ko`p bo`lib ularni qaytarish yoki nusxa olish burch va vazifamizdir.







