Musulmon uyg‘onishi davri haqidagi tarixiy adabiyotlar.

0
Musulmon uyg‘onishi davri haqidagi tarixiy adabiyotlar.

Musulmon uyg‘onishi davri haqidagi tarixiy adabiyotlar.

Musulmon uyg‘onishi davri haqidagi tarixiy adabiyotlar.

VIII-X asrlarda Ispaniyadan O’rta Osiyo va Volgabo’yi, Hindistongacha bo’lgan ulkan hududda yirik arab davlatining tuzilishi bu mintaqalar madaniyatining ravnaqi va gullabyashnashiga olib keldi. Mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va feodal munosabatlari taraqqiyoti xalifalik mintaqalarining ma`lum darajada ixtisoslashuviga olib keldi. Xususan, Movarounnahr paxta va ipakka ixtisoslashdi. qishloq xo’jaligining taraqqiyoti hunarmandchilik va savdoning ravnaqiga hamkorlik ko’rsatdi.

Hunarmandchilik markazlari paydo bo’la boshladi  Sevilya, Girnota, Genuya, Toledo, Saragossa (Ispaniya), Fes, Taxorta, Seuta, Tanjer, Qohira, Tunis, Xayfa, Quddus, Nablus, Xalab, Damashq, Xims, Xoma, Antoqiya (Falastii va Suriyada) Sano, Zabid, Makka, Madina, (Arabistonda), Mosul, Basra va Kufa (Iroqda), Sheroz, Isfaxon, Xamadon, Qum, Tabriz, Ray, Nishopur, Bayhaq (Eronda) shuningdek, XI asrda qisqa vaqt turk feodal davlati Qoraxoniylar davlatining poytaxti, yulduzi bo’lib porlagan Gazni (Afg’oniston), O’rta Osiyoda Marv, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlari shular jumlasidandir. Bu shaharlar ko’p tarmoqli ishlab chiqarish markazlariga aylangan va ularda musulmon Uyg’onish davrinipg rivojlanib kelayotgan moddiy va ma`naviy madaniyatining o’choqlari to’plangan edi.

Arablar istilosidan keyin O’rta Osiyo xalqlarining qadimiy madaniyati inqirozga uchradi, zavol topdi, ammo yangi sharoitlarda bu xalqlar yana yuksak fan va madaniyatni yaratdilar.

Arab tarixshunosligi kelib chiqishi va g’oyaviy-nazariy asoslariga ko’ra, eng avvalo folklor adabiy an`analar va ilohiyot – Qur`on kompleksi bilan bog’liq. Tarixga bag’ishlangan risolalar islom jamoasining siyosiy va intellektual jihatdan faol qismi ifodalanadigan faoliyati tarixi mavzusi bilan bog’liq. Bunga islomgacha bo’lgan Arabiston rivoyatlari, qadimgi payg’ambarlar, O’rta Osiyo, fors va boshqa Sharq podsho va hokimlarining afsonaviy tarixi ham qo’shildi. Umuman, o’rta asr arab musulmon jamiyati uchun tarixan o’z-o’zini anglashning tugallangan shakllari, oy taqvimi bo’yicha yilni aniq hisoblash, tarixshunoslik an`analarining avloddan-avlodga o’tishi xos edi.

Musulmon tarixshunosligi bevosita shariat va islom aqidalari bilan bog‘liqdir. Musulmon olimlari tarixiy voqealarni islom aqidalari, Alloxning qudrati va qazoi taqdir bilan bog‘laylilar. Qur’oni karimda aytilishicha, inson tirik ekan, u Allohning irodasi bilan ish ko‘radi. Tarixchi esa jamiyatda yuz beradigan voqealarning sabablarini shariat qoidalari bilan uyg‘unlashtirishi zarur edi.

Chunki har qanday mantiqiy fikrlash voqealarning sababini aniqlashni taqozo etadi. Musulmon tarixchilari bu murakkab vaziyatda o‘ziga xos yo‘l topdilar. Ular voqealarning kelib chiqish sabablarini bayon etib, bu sabablar ham Allohning irodasi ekanligini e’tirof etdilar. Alloh-ta’olo lozim topsa, shu voqealarni boshqa izga burib yuborishi ham mumkin. Musulmon tarixchilari ko‘p o‘rinlarda «Qur’on» suralari va oyatlarga asoslanadi. Ammo islom ta’limoti Arabistondan tashqari mamlakatlarga yoyilgan paytdan boshlab tarix fani sezilarli darajada rivojlandi.

Musulmon uyg‘onishi davri haqidagi tarixiy adabiyotlar.

G‘arbdagi tarixni talqin etish va metodologik yoritishnig tarixi bo‘lganidek, Sharqda ham tarixni talqin etishnng o‘z tarixi bordir. Ilk musulmonlarning tarixni tushunish va talqin etishlari asosan, xalq og‘zaki ijodi ta’sirida shakllangan va shuning uchun tarixni asosan ertak, afsona, rivoyat, doston, juda nari borsa, xronologik bayon, sulolalarning qahramonlik ishqiy sarguzashtlari deb tushunganlar.

Hadis rivoyatlaring tanqidiy tahlil qilish usuli Tabariy kabi olimlarning tarix rivoyatchiligi tizimidan ta’sirlanishlariga olib keldi. Hozirda o‘zbek olimlari ham tarix ilmi-usulini yuzaga keltirishda xususan, hadis ilminig sultoni Imom alBuhoriy yaratgan hadis ilmidagi tanqiiy usul  tarix ilmi usulinig shakllanishiga sabab bo‘lganligi to‘g‘risidagi xulosani aytmoqdalar. Tarix falsafasi muammolarini yoritishda go‘yo pozitivistlar va iqtisodiy  omillarga urg‘u qiluvchi materialistlarga yaqin ko‘rinsada, uning tarixga yondoshi, birinchi navbatda insoniylik ta’sirinig kuchayib borishini hal qiluvchi sabab deb biluvchi yondashishdan iborat. Ikkinchidan, Beruniy,  o‘rta asr diniy, iloxiyot, tarix falsafasidagi uzlatchilik, taqdirchilik nuqtai nazaridan, balki inson aql irodasi kuchiga to‘la ishonch nuqtai nazaridan tarixga optimistik yondashgan.

Ya.Burkxardning Italiya Uyg’onish davri haqidagi asarlari juda mashhurdir. U bu asarlarida tarixchilikdagi «repessansizm» oqimiga asos soldi. Oqimning ko’zga ko’ringan vakillaridan biri yirik sharqshunos olim, musulmon uyg’onish davrini o’rganishga ko’p umrini bag’ishlagan Xristian Adam Mets (1869-1917) dir. Metsga Rankening shogirdi T. Vaytselning «tarixchi faqat yalang’och har xil bemaza va o’ylab topilgan arzimas xayoliy narsalardan xoli haqiqatga intilishi lozim», degan qoidasi katta ta`sir ko’rsatdi. Krachkovskiyning ta`kidlashicha, mashhur Ovrupo sharqshunosi Kremer o’zining musulmon  madaniyatini tahlil etgan ikki asarida etarli bo’lmagai materiallar bilan chegaralangan bo’lsa, A. Kremerga taqlid qilgan A. Mets «O’z vazifasini ham hududiy, xam xronologik jihatdan chegaralab olardi».

Shunga qaramay biz A. Metsning asarlariga doimo murojaat qilamiz, chunki uning asarlari qimmatliligiga tarix guvohlik berib turibdi. Fan taraqqiyoti shuni ko’rsatdiki, musulmon sharqi tarixi tadqiqoti unga yondoshmog’i lozim. Shuning uchun ham A. Metsning asari 1973 yili rus tilida nashr etilgan.

  1. Mets 1917 yilning dekabrida «Musulmon uyg’onish davri» asarini tugatishga ulgurmay vafot etdi. Uning noshiri Rekendorf kitob ustida ishlab, 1922 yilda asar chop etildi. Hind sharqshunosi Salohiddin Xudobaxsh kitobni birinchi bo’lib ingliz tiliga tarjima qilgan, kitobning nashr etilishida Xudobaxshga ingliz arabshunosi professor D. Margolius yordam bergandi. Asarning dastlabki 7 bobi 1927 yilda Haydarobod jaridasida bosilgan. Xudobaxsh butun umr asarni tarjima qilish bilan shug’ullandi va 1937 yildagina alohida kitob holida nashr qildi. Yana shuni ta`kidlash lozimki, inglizcha tarjimada asar mazmunini buzuvchi juda ko’p harfiy va boshqa xatolar bor. Asarning ispan tilidagi nusxasi 1936 yili chop etildi. 1939 yildan boshlab turk sharqshunosi Shamol Kyoprul uni tarjima qila boshladi va 1941 yili tugatdi. Biroq u o’z mamlakati shart-sharoitlarini hisobga olgan xolda kitobning har qismiga o’zi sarlavha qo’ydi. Birinchi qismning nomi «Uchenie v tyurko-ispanskom mire» va hokazo.

1940-1941 yillarda Misrda A.Metsning ikki tillik arabcha tarjimasi chiqdi. Bu kitobning arab dunyosida paydo bo’lishi shov-shuvga sabab bo’ldi. Tez orada asar ikkinchi bor nashr etildi. D. Bertel’sning yozishicha, «bu ikki nashrni ham kutubxonalarimizda topib bo’lmaydi». Biroq XX asrning 70 yillarida Ma`ruf Xaznador Bertel’sga A. Metsning arabcha ikkinchi nashrini sovg’a qildi. Arabcha tarjimaning kirish so’zi muallifi Ahmad Aminning guvohlik berishicha, bu kitobning qimmati unda juda ko’p manbalardan foydalangani-yu, juda kam muallif aralashuvidir. Shu bilan birga A. Amin, A. Mets ba`zi hollarda bittagina manbaga tayanadi, xolos. Bu muallif maqsadi va manbalarni talqin qilish printsipiga ziddir deb yozadi, Shuning  uchun Ahmad Amin tarjimonga A. Metsning arab mualliflaridan ko’chirmalarini asl nusxasidan olishni maslahat beradi. Bu juda qiyin edi, chunki A. Mets Evropa  kutubxonalarida o’nlab arab qo’lyozmalaridan ko’chirmalar olgan edi. Tarjimon bu og’ir ishning uddasidan chiqdi. Bundan tashqari tarjimon asarga arab qo’lyozmalari bilan ishlashga ko’mak beradigan o’zining 66 ta izoh va qo’shimchasini kiritdi.

Fransuz  arabshunosi  L.  Berte   (1889-1955)   vafotidan  so’ng uning arxividan bu kitobning frantsuz tilidagi tarjimasi chiqqan. Tabiiyki, A. Metsning asari bosilib chiqqach, olimlar, mutaxassislar va mutaxassis bo’lmaganlar, sharqshunoslar va boshqa soxa vakillari o’rtasidagi turli bahs, tortishuvlarga sabab bo’ldi.

  1. Metsning ushbu asarining nomi haqida ham to’xtalib o’tish joiz. Muallif asarni «Musulmon uyg’onish davri», «Islom uyg’onish davri» deb atagan. Muallif o’z asari qo’lyozmasini nashrga to’liq tayyorlashga ham, nomlashga va asari mazmunining bayonini tayyorlab tugatishga ham ulgurmagan. A. Mets kitobining sarlavhasi yo’qligi uni hozirgacha Musulmon uyg’onish davri tarixi sifatida qabul qilib kelishga sabab bo’ldi. Rekendorf o’quvchilar diqqatini Renessans iborasi qo’llanilgan 18-bobga qaratadi,

Bu termin shu erda qo’llanilgan, xolos. Asar nomining ochilmay qolgani A. Metsning bu kitobi to’g’risida har kimning har xil yozishiga sabab bo’ldi. Shunga qaramay, Reykendorf fikricha, Adam Mets X asr musulmon davlati madaniy hayotidagi chuqur o’zgarishlarni, uning hayoti va qadimgi zamol madaniyatiga vorislik belgilarini, yozganida haq edi. V. V. Bartol’dning Ovrupo Uyg’onish va musulmon madaniyati gullab-yashnashining umumiy belgisi yunon fanining qayta tiklanishi, degan fikri diqqatga sazovor. V. Bartol’dning fikricha, «Ovrupo Uyg’onishi» va «Musulmon madaniyati ravnaqi» tushunchalari asosan bir-biriga o’xshash, mone tushunchalardir. Shu bois ham uning fikricha, kitobni «Islom dunyosidagi Uyg’onish» («Vozrojdenie v mire islama») deb atash to’g’ri bo’ladi.

O‘z asarlaridan birida akademik I. Yu. Krachkovskiy bunday yozadi: «A. Metsning so’nggi asari muallif «Islomning Uyg’onish davri» deb atalgan hijriy IV asrining (X asr) umumiy qiyofasini tasvirlaydi». Boshqa bir joyda I. Yu. Krachkovskiy yanada aniqroq yozadi: «O‘ninchi asr (hijriy, IV asr) xalifalikning butunlay qulab tugashi, shu bilan bir vaqtda arab madaniyatining eng gullab yashnashi A. Mets shogirdlaridan biri aytganidek, «Islomning Uyg’onish davridir». Vaholanki, N. I. Konradning fikricha «uyg’onish» nafaqat Ovrupo, balki barcha mamlakat va xalqlarga xos bo’lgan jarayon, biroq sivilizatsiyalashgan xalqlar taraqqiyotining ma`lum bir paytida yuz beradigan jarayon. Jahon tarixini o’rganish shuni ko’rsatyaptiki, uyg’onish davri uzoq davrlar mobaynida taraqqiy etib kelayotgan turmush madaniyatiga ega bo’lgan xalqlar hayotida yuz beradi. Shu bois Sharq uyg’onish davri muammosi uzoq, chuqur va izchil tadqiqotni talab qiladi.

  • asrning ikkinchi yarmiga kelib, At-Tabariyning «Tarix ar-rasul va-l-muluk» («Payg’ambar va shohlar tarixi») asari bilan tugallangan tarixshunoslikning ilk davri shakllangan edi. IX asrning ikkinchi yarmida arab tarixshunosligida yagona yoki takrorlanuvchi o‘ziga xos asarlar vujudga keldi. Sayohatnoma, ma’muriyjug‘rofiy ma’lumotnoma va jug‘rofiy asarlarda juda boy tarixiy-toponimik ma’lumotlar mavjud. IX-XI asrlarda yaratilgan asarlar «mashhur arab jo‘g‘rofiyalari kutubxonasi»ni tashkil etgan. Ibn Xurdadbehning (846-847 yy) umumjahon miqyosidagi jo‘g‘rofiy asari, Ibn al-Faqihning jo‘g‘rofiy asari, Ibn Rusta, ibn Fadlanning «Qudam» (928 y), Ma`sudiy (947-950-yillar), Istaxriy (941 yil), X asrning ikkinchi yarmida yashagan Ibn Havqal va Maqdisiylarning asarlari juda muhimdir. Shuningdek noma’lum muallifning fors-tojikcha jo’g’rofiy asari

«Hudud al-olam» (982-983 yillar) jo‘g‘rofiy asari va Bayramning «Jahonnoma» (XIII asr boshi)  asari muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Arab jo‘g‘rofiy adabiyoti va uning ahamiyati haqida I.Yu.Krachkovskiy bunday deb yozgan edi: «Ispaniyadan Turkistongacha bo‘lgan mamlakatlar va Hind tog‘i etaklaridagi aholi maskanlarini aniq sanab, cho‘l va madaniy joylarini tavsiflab, madaniy ekinlarning tarqalish ko‘lami, foydali qazilmalar o‘rnini ko‘rsatgan holda», fizik-jo‘g‘rofiy va ob-havo sharoitini, xalq turmushi, sanoati, madaniyati, tili, diniy ilmlarini ko‘rsatgan holda (ma’lumotlar xalifalik viloyatlari hududi bilan chegaralanib qolmasdan, balki greklarga tanish dunyodan ancha chetga chiqdi) u shunday keng, tugal ma’lumot beradiki, unga o‘hshashini bu davrda hech qaerda topib bo‘lmas edi».

Mavzular.

Manba