NAFAS A`ZOLARI TIZIMI.

0
NAFAS A`ZOLARI TIZIMI.

NAFAS A`ZOLARI TIZIMI.

NAFAS A`ZOLARI TIZIMI.

Odam hamma tirik organizmlar singari havo tarkibidan nafas a`zolari yordamida kislorod qabul qilib, nafas orqali karbonat angidrid chiqaradi.

Odamning nafas a`zolariga: burun bo`shlig`i, hiqildoq, traxeya, bronx va o`pka kiradi. Bular o`pka alveolariga kislorod etkazib beruvchi yo`l hisoblanadi.

NAFAS A`ZOLARI TIZIMI.Burun bo`shlig`i

Burun bo`shlig`i nafas yo`lining boshlanish qismi bo`lib, oldinda tashqi burundan noksimon teshik orqali havo kirib, orqa tomonda joylashgan xoana orqali burun-hiqildoq yo`liga o`tadi.

Burun bo`shlig`i qon tomir va bezlarga boy bo`lgan shilliq qavat bilan qoplangan. SHilliq qavatida kiprikli epiteliy joylashgan. SHilliq qavat ostida ayniqsa vena chigallari yaxshi rivojlangan. Burun bo`shlig`ining yuqori qismidagi shilliq qavatda hidlash nervi uchlari joylashgan. Odatda burun bo`shlig`ining o`rta va pastki qismiga nafas olish bo`lagi deyiladi. Burun bo`shlig`i yon devoridagi chig`anoqlar va uning atrofida joylashgan kovaklar burun bo`shlig`i  yuzasini oshirib, nafas olganda burunga kirgan havoning tozalanishini, namlanishini va ilishini ta`minlaydi. Burunga kirish qismi –  noksimon teshik oldindan burun suyaklari va tog`oylari bilan chegaralanib, burunning old devorini hosil qiladi. Burunning qanot tog`aylari uchburchak shaklli, bir juft bo`lib, yonbosh qismida burun qanotlarini pastga, burun qirrasini hosil qiladi. Tog`aydan tuzilgan o`rta devor burun teshigini ikkiga ajratadi.

Hiqildoq

Hiqildoq nafas yo`lining ikkinchi qismi bo`lib, o`zidan havo o`tkazishdan tashqari tozalash, ilitish, muhofaza qilish, ovoz paydo qilish funktsiyalarini bajaradi.

Hiqildoq orqa tomondan halqum bilan birlashgan. CHunki nafas sistemasi birlamchi ichak nayining old tomonidan rivojlanganligi sababli hazm a`zolari sistemasi bilan nafas a`zolari o`zaro yutqin va hiqildoqlar orqali qo`shiladi. Bundan tashqari hiqildoqning old va ikki yon tomoniga   qalqonsimon   bez   joylashgan. Hiqildoq   juft   va   toq tog`aylardan iborat.

Hiqildoq ko`ndalang targ`il mushaklardan tuzilgan, ular odam ixtiyori bilan qisqaradi. Hiqildoq mushaklari vazifasiga ko`ra 3 guruhga bo`linadi: qisuvchi, bo`shashtiruvchi, tovush boylami holatini o`zgartiruvchi.

Hiqildokning shilliq pardasi pushti rangli, ko`p qatorli kiprikli qadahsimon hujayralar aralashgan epiteliydan iborat.

CHaqaloqlarda hiqildoq kalta va keng qalqonsimon tog`ay burchagi unchalik rivojlanmagan bo`ladi. Bolalarda hiqildoq usti tog`ayi yuqoriroqqa joylashganligidan ovqat luqmasi uning ikki yonboshidan o`tadi. Tovush yorig`i kattalarga nisbatan bolalarda 3 marta kalta bo`lib, mushaklari rivojlanmagan.

Balog`at yoshidan boshlab 23-25 yoshgacha hiqildoq tez rivojlanadi. Hiqildoq o`g`il bolalarda qizlarga nisbatan tezroq kattalashadi. YOsh ulg`aygan sari hiqildoq tog`ayi asta-sekin suyaklanib boradi.

Traxeya

Traxeya uzunligi 9-11 sm, diametri 15-18 mm keladigan naydan iborat bo`lib, 4-bo`yin umurtqasining ro`parasidan boshlanadi, u bo`yin va ko`krak qismlaridan iborat. U 16-20 ta halqa shaklidagi tog`aylardan tuzilgan, o`zaro fibroz to`qimalardan iborat boylamlar bilan tutashgan . Tog`ay yarim halqa devorining ochiq qismi muskul tolalari aralashgan parda bilan o`ralgan. Muskul tolalari yo`tal paytida va nafas olganda qisqarib yordam beradi. Traxeya ichki yuzasi ko`p qatorli kiprikli epiteliy bilan qoplangan va shilliq bezlarga boy qavat bilan o`ralgan.

Bronxlar.

Bronxlar, kekirdakning 4-5-ko`krak umurtqalari ro`parasida o`ng va chap bronxlarga bo`linishi boshlanadi. Ung bronx chap bronxga nisbatan kalta va kengroq bo`lib, 6-ta tog`ay halqadan tuzilgan. CHap bronx tor va uzunroqdir. U 912 ta tog`ay halqadan tuzilgan. Bronxlar shilliq qavati traxeya shilliq qavatiga o`xshab tuzilgan. Asosiy bronxlar o`pka darvozasiga kirib, maydaroq bronxlarga bo`linadi.

O`pka

O`pka ko`krak qafasida joylashadi: o`ng va chap qismlarga bo`linadi. O`ng o`pka hajmi katta bo`ladi. Har bir o`pka; uchi va asos qismlarga bo`linadi. O`pkaning pastki yuzasi diafragmaga, tashqi yuzasi qovurg`alarga qaragan va ichki yuzasi bo`ladi. O`pkaning ichki yuzasida uning darvozasi bo`lib, asosiy bronx, o`pka arteriyasi, nerv, venasi va limfasi bilan to`lib turadi. O`ng o`pka 3 ta bo`lakdan, chap o`pka 2 bo`lakdan iborat. O`pkalarning bo`laklari o`z navbatida kichik bo`laklarga bo`linib, bu bo`lakchalar biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan devorcha va qon tomir bilan ajralib turadi.

Asosiy bronxlar o`ng va chap o`pkalar darvozasidan kirib, daraxt shoxi kabi o`pka bo`laklari tarmoqlariga bo`linadi. O`ng o`pkaga kirgan bronx uch bo`lakka, chap o`pka bronxi ikki bo`lakka tarmoqlanadi.

Bo`lak   bronxlar   ikkala   o`pkada   taxminan   1000   taga   yaqin bo`linadi.

Bronxlar daraxti nafas yo`li hisoblanib, bronxlar oxirgi qismlarida tog`ay plastinkalar va shilliq bezlar uchramaydi. Har bir bronx ikkita bronxiolaga bo`linadi, bronxiola torayib nafas naychasiga, u esa kengayib nafas pufakchasi alveolaga    aylanadi.  O`pkalarda 300-500 mln alveola bo`ladi, uning sathi 30-100 m2.

Alveolalar devori bir qavatli yapaloq epiteliydan tuzilgan bo`lib, juda ko`p kapillyar qon tomirlar bilan o`ralgan. Ana shu qon tomirlar bilan alveola o`rtasida osmotik bosimga asoslanib gazlar almashinuvi bo`ladi.

Plevra

Plevra o`pkani qoplagan seroz parda. Plevra ikki qavatli bo`ladi. Uning ustidan o`rab turgan varag`i, ichki yoki o`pka varag`i, ko`krak bo`shlig`i devorining ichki tomoniga yopishgan varag`i parietal varaq deyiladi. Visseral plevra o`pka to`qimasiga yopishib, uning bo`laklari oralig`iga yorib kiradi. U o`pka darvozasiga kelganda o`zaro uchrashadi, qo`sh qavatli boylamni hosil qiladi. Parietal plevra qovurg`a , diafragma, ko`ks oralig`i qismlariga ajraladi. Parietal va vistseral pardalar o`rtasida bo`shliq bo`lib, bu bo`shlikda ma`lum miqdorda suyuqlik bo`ladi. U plevra suyuqligi deyiladi va u nafas olishga yordam beradi.

NAFAS A`ZOLARI TIZIMI.

Mavzular.

manba