Neolit davri va uning o‘ziga xos xususiyatlari.

0
Neolit davri va uning o‘ziga xos xususiyatlari.

Neolit davri va uning o‘ziga xos xususiyatlari.

Neolit davri va uning o‘ziga xos xususiyatlari.

Kishilar  jamiyati  taraqqiyotidagi  keyingi  davr  neolit  deb  nom  olgan.  U  yunoncha   “neo”-yangi,  “metos”-tosh,  ya’ni  yangi   tosh  davri  degan  ma’noni  beradi.  Bu  davr  uzoq  davom  etgan  tosh  davrining  yakunlovchi  bosqichi  bo‘lganligi  uchun  shu  nom  bilan  atalgan.  Bu  tuchunchani  fanga  ingliz  arxeologi  Lebbok  kiritgan.  Neolit davri  xronologik  jihatdan  miloddan  avvalgi  VI-IV  ming  yilliklarni  o‘z  ichiga  oladi  va  ilk,  o‘rta,  so‘nggi  bosqichlarga  bo‘linadi.  Bu  davr  barcha  mintaqalarda  bir    vaqtda  sodir  bo‘lmagan va u davrda jamiyatlar  har  xil   taraqqiyot  darajalariga  ega  bo‘lganlar.  Ba’zi  mintaqalarda  neolit  davri  quldorlik  davriga  kelsa,  ba’zilarida  endigina  dehqonchilik  va  chorvachilik  vujudga  kelayotgan,  ba’zilarida  esa  ovchilik  va  termachilik  bilan  shug‘ullanayotgan  edilar.

O‘rta  Osiyoda    neolit  davri  rivojining  2  xil  ko‘rinishi  mavjud  bo‘lgan. Uning  janubiyg‘arbiy  hududlarida  hozirgi  Turkmanistonning  Kopetdog‘  tog‘i  oldi  hududlarida  neolit  davrida  miloddan  avvalgi  VI  ming  yillar  oxiri  va  V  ming  yillikning  boshlarida  ilk  dehqonchilik  madaniyati  shakllangan  bo‘lsa,  uning  markaziy  va  shimoliy  viloyatlarida  hali  ovchilik  va  baliqchilik  xo‘jaligi   hukmronlik  qilgan. U bugungi kunda O‘zbekiston xududidiga to‘g‘ri keladi.

Neolit  davri  jamoasining  bunday  mintaqalararo  rivojlanishi  har  bir  viloyatning  mavjud  tabiiyiqlim  sharoitidan  kelib  chiqqan. Shuningdek, O‘rta Osiyoda neolit davri yodgorliklarini uchta yirik territorial–xo‘jalik shakllarga ajratilgan. Bular Joytun madaniyati – ilk dehqonchilik madaniyatining shakllanishi bilan ajratiladi. Ikkinchisi Kaltaminor madaniyati – baliqchilik, ovchilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar madaniyati bo‘lib, daryo va ko‘l bo‘ylarida iste’komat qilganlar. Uchinchisi Xisor madaniyati bo‘lib, ovchilik bilan shug‘ullanganlar.  Ular tog‘li xududlarda yashagan jamoalar bo‘lib, mehnat qurollarining aksariyat qismi qayroqtoshlardan yasalganligi bilan ham ajralib turadi. Ularning har biri alohida geografik muxitga ega bo‘lgan erlarda joylashgan.   Neolit  davri  iqlimi  hozirgi  iqlim  sharoitiga  yaqin  bo‘lgan.  O‘rta  Osiyoning  janubiyg‘arbiy  hududining  iqlimi  issiq ,  dehqonchilik  uchun  qulay  bo‘lgan.

Markaziy  va  shimoliy  viloyatlarida  ham  iqlimning  isishi  yaylov  va  cho‘l  zonalarini  vujudga  keltirgan. Bu esa  neolit  davri  jamoalarining  hudud  bo‘ylab  keng  tarqalishiga  olib  kelgan.  Shuningdek,  ular  mezolit  davridagidek  daydi  hayot  kechirmay,  o‘troq  turmush  tarziga  o‘tadilar.  Doimiy  erto‘la,  kulba  va  loy,  guvaladan  qurilgan  uylarda  yashay  boshlaydilar.  O‘troq  turmush  tarzi  janubiy  hududlarda  dehqonchilikning  kelib  chiqishiga,  cho‘l  mintaqalarda  esa  o‘troq  ovchilik  xo‘jaligining  qaror  topishiga  olib  keldi.  Keyinchalik  uning  zamirida  chorvachilik  paydo  bo‘ldi.  Neolit  davrida  toshni  ishlash  texnikasida  yangi  usullar-silliqlash,  pardozlash,  arralash  va  parmalash  usullari  ixtiro  etiladi.  Bu  esa  ibtidoiiy  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarni  yanada  tezroq  rivojlanishiga  olib  keldi.  Lekin  bu  usullar  hamma  qurollarga  nisbatan  qo‘llanilavermas  edi.  O‘tkir  tig‘  beruvchi  qurollar  yasashda  hali  kertma  va  yorma  uslubidan  foydalanilar  edi.

Ilk  neolit  davrida  makrolit  qulollar  keng  tarqalgan. Ular  og‘ir  katta  hajmdagi  chaqmoqtoshdan ishlangan  qurollar bo‘lgan.  Qurollarni  silliqlash  keyingi  neolit  davriga  to‘g‘ri  keladi.  Qurollar  maxsus  tosh  ustidagi  qumtosh  taxtada  silliqlangan.  Tosh  taxta  tayanch  vazifasini  o‘tagan.  Qurollar  ko‘l  kvars  qumi  bilan  uzoq  vaqt  ishqash  jarayonida  silliqlangan.  Silliqlangan  tosh  qurollar  neolit  oxiriga  kelib  parmalangan.  Unda suyak  parma  vazifasini  bajargan.  Suyak  parmani  qalqon  ipiga  o‘rab  aylantirganlar,  unda  suyakning  uchiga  nam  qum  sepib  turilgan.  Parmalangan  qurolga  dasta  o‘rnatish mumkin  bo‘lgan.

Neolit  davrida  qurollarning  turi  ko‘paygan,  bunga  toshni  ishlash  texnikasidagi  ixtirolar  sabab  bo‘lgan.  Tosh  boltalar,  ponalar,  tosh  teshalar,  iskanalar,  og‘ir  cho‘qmorlar  paydo  bo‘lgan.  Tosh  boltalar  neolit  davrida  barcha  og‘ir  yumushlarni  bajargan.  Uning  xo‘jalikdagi  ahamiyati  katta  bo‘lgan,  shuni  e’tiborga  olib,  ba’zi  olimlar  bu  davrni  «boltalar  asri”  deb  atashni  ham  taklif  qilishgan.

Neolit davri mashgulotlari.   Neolit  davri  jamoalarida  mehnat  qurollarini  takomillashtirish  bilan  bir  qatorda  hunarmandchilikning  bir  qator  tarmoqlari-kulolchilik,  to‘quvchilik,  tikuvchilik  kabi  sohalari  ixtiro  qilindi.

Oldingi  davrlarda  ro‘zg‘or  buyumlar  yog‘ochdan  yoki  novdadan  yasalgan  bo‘lsa,  ilk  neolit  davrida  dag‘al,  chala  kuydirilgan  sopol  buyumlar  tarqaldi.  Ularning  tuxumsimon  tagi  dumaloq  bo‘lib,  maxsus  chuqurchalarga  o‘rnatilgan.  So‘nggi neolit davriga kelib  sopol  buyum  shakli  o‘zgaradi.  Tuvaksimon,  osti  tekis  idishlar  paydo  bo‘lib,  ular  maydalashadi.  Idishlar  loy  lentalar  asosida  qo‘lda  ishlangan.  Idishlar  naqshi  ham  oddiydan  murakkabga  o‘zgarib  boradi.  Shuningdek,  idishlarda  tarnovsimon  yoki  trubasimon  jo‘mraklar  paydo  bo‘ladi.  Idishlar  bir  yarusli  xumdonlarda  pishirilgan. Lekin idishlar  qo‘pol,  mo‘rt  bo‘lgan.

To‘qimachilik,  hunarmanchilikning  vujudga  kelishi  ham  neolit  davrining  buyuk  kashfiyoti  hisoblanadi.  Neolit  davri  odamlari  hayvon  yungi  va  o‘simlik  tolasidan   mato  to‘qishni  o‘rganganlar.  Shuningdek,  yigirilgan  ipdan  baliq  to‘ri  ham  to‘qilgan.  Bu  esa  baliq  ovlash  ahamiyatini  keskin  ravishda  oshirib  yuborgan.  Bunga  suvda  suzuvchi  qayiqlar  yaratilishi  ham  imkon  berdi.

Neolit  davri  yutuqlaridan  yana  biri  bu  juft  oilaning  vujudga  kelishi bo‘lib, u  urug‘  ichida  oilaviy  munosabatlarning  izga  tushishi olib keldi va  jamiyat  taraqqiyotini  yanada  olg‘a  siljitdi. Bu davr imkoniyatlari jihatidan inson uchun katta axamiyat kasb etadi.

Neolit davri uzoq davom etgan tosh asrining so’nggi va yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Neolit yunoncha, «neos» – yangi, «litos» – tosh degan so’zlardan tarkib topgan bo’lib, u «yangi tosh» davri degan ma’noni anglatadi. Arxeologiya faniga neolit tushunchasini 1865 yilda ingliz arxeologi Lebbok olib kirgan. Neolit davri miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Arxeologlar neolit davrining boshlanishini sopol idishlar yasashni kashf etilishi bilan belgilaydi.

Neolit davrining ob-havosi hozirgidek bo’lib, iqlim kishilarning keng hududlarga tarqalishi va joylashishi uchun imkon bergan. Natijada keng hududlarga o’rnashgan odamlar guruhi turli tabiiy sharoitga moslashgan va alohida madaniyat yaratgan. Turli geografik muhit va sharoitdan kelib chiqib,

ularning mehnat qurollari, uy-ro’zg’or buyumlari turar joylari va ho’jaliklari ham har xil shaklga ega bo’lgan. Bu esa ho’jalikning notekis rivojlanishiga sabab bo’ladi. Janubiy o’lkalarning serhosil erlarida yashagan kishilar ho’jalikning dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik shakllarini rivojlantirgan. Bu davr ho’jaligi ishlab chiqaruvchi ho’jalik deb atalib, unda nafaqat tabiatdan tayyor mahsulotlar o’zlashtirilgan, balki chorvachilik va ziroatchilik orqali ehtiyoj uchun qo’shimcha oziq-ovqatlar yaratilgan. Masalan, hayvonlarni qo’lga o’rgatish orqali chorva mollariga ega bo’linishi; yovvoyi o’simliklarni madaniylash-tirish va boshoqli don ekinlari ekishga o’tish va hakozo.

Neolit davrida qabilalarning ko’pchiligi o’troq hayot tarziga o’tadi, doimiy yashash uchun manzillar qura boshlaydi. Manzil va makonlar guvaladan qurilgan turar joylar shaklida bo’lib, deyarli barcha xalqlarda bu xususiyat ko’zga tashlanadi. Avvalgidek daydib yurish, yangi-yangi ov makonlari qidirib ko’chib yurishga barham beriladi. Endi doimiy erto’lalar, kulbalar yasash, loydan, zuvaladan uy qurish, neolit davri jamoasining asosiy odatiga, turmush tarziga aylanib boradi. Shunday qilib, doimiy o’troqlik xo’jaligi paydo bo’ladi. Jamiyatda urug’ning ahamiyati ortib, u o’ziga xos munosabatda namoyon bo’ladi. Neolit davrida urug’ jamoalarining qarorgohlari ham shakllanadi. O’troq hayot tarzi mehnat qurollarining takomillashuvini tezlashtiradi. Neolit davri kishilari qayerda, qaysi sharoitda yashamasin, ularning qurollari mezolit davri qurollariga nisbatan rivojlangan. Kishilik tarixining neolit davri qurollarni ishlash silliqlash, pardozlash, arralash, parmalash usullarining ixtiro etilishi, ibtidoiy ishlab chiqaruvchi kuchlarning oldingi davrlarga nisbatan tezroq rivojlanishiga olib keldi. Neolit davrida tosh xom ashyosining xususiyatlari yaxshi o’zlashtirilishi natijasida shakl va vazifa doirasi xar xil bo’lgan yangidan yangi mehnat qurollari yaratiladi. Tosh qurollar orasida tosh boltalar, ponalar, tosh teshalar, iskanalar paydo bo’ladi.

Neolit davrida tosh boltalar keng tarqalgan. Pardozlangan tosh boltalar o’rmon kesishda, uy qurilish ishlarida, ovchilikda o’zining tengi yo’q jangovor qurol ekanligini ko’rsatdi. Neolit davrida barcha og’ir yumushlar ana shu tosh boltalar orqali bajarilar edi. Neolitda parrakchalar, qadamalar, nayza va kamon o’qlarining uchlari, pichoq, teshgich, parmalar, yorma toshlar, o’roq-randalar va boshqa qurollar takomillashgan.

Neolit davri so’nggi urug’chilik jamiyatiga xos bo’lib, bu davrda erkaklarning o’rni tobora orta boshlaydi. Chunki xo’jalikning rivojlanishi erkaklar mehnati bilan bog’liq bo’lgan, ya’ni kengayib borayotgan xo’jalik yumushlarini bajarishga ayollar ulgura olmay qoladi; xo’jalikning unumdor shakllari (chorvachilik va dehqonchilik) tobora ko’proq e’tibor va ish kuchini talab qilgan. Natijada urug’ ichida, xususan oilada o’ziga xos mehnat taqsimoti shakllanadi. Demak, barcha yumushlar – moddiy ehtiyojni qondirish, ortib borayotgan zarurat uchun oziq-ovqat zahiralari tayyorlash ayollardan erkaklar qo’liga o’tadi. Ijtimoiy hayotda erkaklarning roli ortib borishi oilada erkakning hukmronligiga olib keladi. Urug’ ichida ayollarning hukmron mavqeiga barham beriladi. Endi matriatxat (ona urug’i) o’rnini patriarxat (ota urug’i) egallay boshlaydi.

Neolit davrida o’troq turmush tarzi, o’troq ho’jalik janubiy subtropik rayonlarda dehqonchilikning kelib chiqishiga, cho’lli mintaqalarda, azim daryo va ko’l bo’ylarida o’troq ovchilik ho’jaligining qaror topishiga olib keldi. O’troq ho’jalik yuritishning qaror topishi o’z navbatida chorvachilikning ham paydo bo’lishiga olib keldi.

Neolit davri turli joylarda turlicha kechgan, ya’ni yer yuzida neolit davri har xil vaqtda paydo bo’lgan va tugagan.

Misr va Mesopotamiyani olib qqraydigan bo’lsak rivojlangan bronza davri boshlangan bo’lib, quldorlik davlatlari tarkib topa boshlagan, Shimoliy Yevropada qadimgi odamlar endigina neolit davriga o’ta boshlaganlar, chekka Shimol v shimoli-sharqiy Osiyoda esa paleolit davri davom etayotgan edi.

Umumiy hisobda olib qaraydigan bo’lsak, neolitning davriy chegarasi Yevropa, Osiyo va Afrikada taxminan mil. avv. VI ming yillikdan boshlanib II ming yilliklarni o’z ichiga oladi.

Neolit davrini ikki bosqichga: ilk va so’nggi neolit davri bosqichlariga bo’lish mumkin.

Yevropa hududidagi neolit davri yodgorliklariga tavsif berib o’tamiz. G’arbiy Yevropadagi eng qqdimgi manzilgohlardan biri Kampinidir. Kampini manzilgohi Fransiyaning shimolidagi Quyi Sena departamentiga qarashli Bleni-syur-Brel qishlog’i yaqinidan topilgan. Bu manzilgohdagi qazuv ishlari 1897 yildan P.Salmon va G.d’O-dyu-Menil tomonidan boshlangan.

Izlanishlar jarayonida yarim yerto’la ko’rinishidani uy qoldig’i ochilgan, unda o’choq qoldiqlari, minglab chaqmoqtoshdan qilingan tosh qurollari, ko’mir, kul, bug’u, ot va ho’kizning suyak qoldiqlari topilgan. Topilmlar orasida eng diqqatga sazovori sopol parchasida saqlanib qolgan arpa donidir. Olimlar izlanishlar natijasini xulosasi sifatida bu yerda yashagan qadimgi odamlar dehqonchilik bilan ham shug’ullana boshlaganliklarini ko’rsatib berishgan.

Ma’lumki, arpaning ilk vatani Old Osiyo va Shimoli-Sharqiy Afrika hisoblanadi. Yevropaga u Falastin orqali tabiiy yo’l bilan madaniylashtirilgan va maxsus ekib yetishtirish uchun o’stirilgan.

Yevropaning boshqa joylarida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida yuqorida sanab o’tilgan topilmalar bilan birga yorg’uchoq va uning siniqlari topilgan. Izlanishlar vaqtida neolit davrining Yevropadagi eng yirik chaqmoqtosh koni (shaxtasi) topilgan (Belgiya yaqinidagi Spenna shaxtasi).

Uning chuqurligi 15 m. ni tashkil etgan.

Rossiya hududidagi neolit davri manzilgohlari XX asrning 20-yillaridan o’rganila boshlangan. Moskvadan 40 km shimolda, Klyazma daryosi qirg’og’i bo’yida joylashgan Lyalovo qishlog’idan topilgan manzilgoh 1922-1923 yillarda rus arxeologlari B.S. Jukovva B.A. Kuftinlar tomonidan o’rganilgan. Bu yerdan topilgan sopol buyumlar o’sha vaqtda sobiq Ittifoq hududidagi eng qadimiy va ilk topilma hisoblangan.

Markaziy Osiyo hududida neolit davri odamlari ovchilik dehqonchilik va chorvachilik bilan qisman esa hunarmandchilik bilan shug’ullangan. Markaziy Osiyo janubiy hududlarida, Kopetdog’ (Turkmaniston) etaklarida dehqonchilik va ilk chorvachilik qaror topadi. Katta-kichik daryolar va ko’llar sohilida ovchilik va chorvachilik, dehqonchilik qaror topishi insoniyat tarixida buyuk burilish yasadi va ko’plab kashfiyotlarga turtki bo’ldi.

Neolit davri jamoalari hayotida o’troq ho’jalikning yorqin belgisi sifatida yana bir ho’jalik yangiligi ixtiro qilindi. Bu bo’lajak hunarmandchilik ho’jaligining muhim tarmog’i hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarishning paydo bo’lishi edi. Kulolchilik buyumlarining paydo bo’lishiga unumdor ho’jalik shakllari ta’sir etadi. Ya’ni, sut quyish uchun idishlar, donlar saqlash uchun kulolchilik buyumlariga bo’lgan zarurat va ehtiyoj.

To’qimachilikning kashf etilishi ham neolitning katta yutug’i hisoblanadi. Endi ibtidoiy jamoa a’zolari faqat hayvon terilaridan yasalgan kiyim-kechak emas, balki, uning yungidan hamda, o’simliklar tolasidan to’qilgan matolardan ham kiyimlar to’qib kiyadigan bo’ladilar. Zig’ir poyalari va jun iplardan to’qilgan mahsulotlarning neolit makonlarida keng tarqalishi yuqoridagi fikrlarning isbotidir. Neolitda ip yigirish kashf etiladi. Ip yigirishning kashf etilishi o’z navbatida boshqa xil ho’jalik mashg’ulotlarining rivojlanishiga turtki beradi. Masalan, to’rlarning paydo bo’lishi baliqchilikni keskin darajada rivojlanishiga, o’z navbatida moddiy ehtiyojlarni yanada kengroq qondirish imkoniyatiga olib keldi.

Neolit davrida turli xo’jalik shakllarining qaror topishi hududlar o’rtasidagi o’zaro buyum almashuvining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Masalan, chorvachilik mahsulotlarining dehqonchilik mahsulotlariga almashinuvi yoki aksincha.

Neolitda suvda suzish moslamalari dastlabki qayiqlar, shimoliy o’lkalarda esa chenalar paydo bo’ldi. Hatto sharning yaratilishi neolit davrining yutug’idir. Umuman, odamlar faoliyatida bunyodkorlik va yaratuvchanlik ko’nikma sifatida neolit davrida chuqur egallagan. Shuningdek, neolit davrida – jamoa bo’lib ishlab chiqarish mehnatning umumiyligi urug’ mulkchiligi, asosiy xususiyatlardan hisoblangan.

Neolitda maishiy munosabatlar ham o’z navbatida tartibga solina boshlanadi. Guruhli nikoh hukmronligi mavjud bo’lsada, ammo nikoh tub mohiyati bilan o’zining dastlabki bosqichlardagi holatidan farq qiladi. Endilikda matriarxat urug’ jamoasining guruhli nikoh doirasida juft oilalar vujudga keladi. Ayollar endi tug’ilgan farzandlarining otalaridan o’z urug’lari manfaatlari uchun ishlab berishini talab qiladigan bo’ladilar.

Ichkuyovlik mazmunidagi juft oilaning dastlabki ko’rinishlari shakllana boradi. Ayollar o’zlariga aniq sherik tanlab, jinsiy aloqalar aynan aniq sheriklar bilan bo’ladigan bo’ldi. Ona urug’iga qatnovchi erlar o’z urug’i uchun ishlab berishdan tashqari xotinlar urug’i uchun ham ishlab berishga majbur bo’ladi. Maishiy munosabatlarda yangi ko’rinish – jinsiy sherikchilik shakllanadi. Urug’ ichidagi nikoh elementlari paydo bo’ladi. Juft, monogom oila sari qadamlar qo’yiladi.

Mavzular.

manba