Bosh sahifa mavzular Niderlandiyada ta’lim tizimlari.

Niderlandiyada ta’lim tizimlari.

0
Niderlandiyada ta’lim tizimlari.

Niderlandiyada ta’lim tizimlari.

Niderlandiyada ta’lim tizimlari.

Niderlandiya mamlakatida ta’lim qanday yo’lga qo’yilganligini talabalarga bayon qilishni boshlashdan oldin, ularga bu ajoyib mamlakat to’grisida ba’zi ma’lumotlarni berish maqsadga muvofiqdir.

Niderlandiyaning er maydoni 42 ming kmG’kv bo’lib, unda 15 million aholi istiqomat qiladi. Uning shimoliy dengiz bo’yida uch daryo Reyn, Maasa, Sxelde dengizga quyilish joyida joylashganligi, Niderlandiyaga katta geografik qulaylik tug’diradi. Shu tufayli ham aholining katta qismi kemasozlik, turizm, tranzit yuklarni kemalar bilan tashib bsrish bilan band. Ishga yaroqli aholidan 6 millioni yoki 67 foizi maishiy xizmat ko’rsatish sohasida, 28 foizi sanoatda, 5 foizi qishloq xo’jaligi va baliqchilik xo’jaliklarida mehnat qiladi. Davlat tuzimida konstitutsion monarxiya, uning o’z parlamenti ham faoliyat ko’rsatadi. Bu mamlakat 12 viloyatdan tashkil topgan, poytaxti Amsterdam shahridir.

Niderlandiya kichik mamlakat bo’lsada, lekin xalqaro ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotda faol ishtirok etadi. Hozirgi Birlashgan Millatlar tashkilotining o’tmishdoshi bo’lgan millatlar ligasi aynan birinchi bor Niderlandiyada tashkil etilgan edi. Bu mamlakatda 1899, 1907-yillarda xalqaro tinchlik konferentsiyalari bo’lib o’tgan. Hozir xalqaro arbitraj, xalqaro sud shu mamlakatning Gaaga shahrining Tinchlik saroyida joylashgan.

Uning siyosati tinchlik siyosatidir. U xalqaro tinchlikni saqlash tashkilotlarining a’zosi, tinchlik forumlarining barchasida faol qatnashadi. U BMT, NATO, EES, Evropa Iqtisodiy Hamjamiyatining faol a’zosidir.

Niderlandiya ta’lim tizimlarining shakllanish davri 1789 yilda frantsuz revolyutsiyasi, ya’ni inqilobi natijasida paydo bo’lgan Bativ Respublikasi davriga to’g’ri keladi.

Hozirgi paytda mamlakatning 75 foiz maktablari xususiy shaxslar, tashkilotlar va jamiyatlar tomonidan, shu jumladan, xrestian yoki katolik cherkovlari tamonidan tashkil etilgan.

Bu mamlakatda ta’lim tizimi 7-3-2 shakldadir. Boshlang’ich ta’lim maktabgacha tarbiya bilan qo’shilgan. Uning shakli quyidagi bosqichdadir:

— boshlang’ich ta’lim;

— o’rta ta’lim;

— maxsus ta’lim;

— oliy ta’lim;

— chet elliklar uchun ta’lim.

Boshlang’ich ta’lim

Boshlang’ich maktab 4-12 yoshli bolalarga mo’ljallangan. Bolalar 4-5 yoshlarida maktabga keladilar. Boshlang’ich sinflarda o’qish haftasiga 5 kun. Bolalar 8 dan 15 gacha maqtabda bo’ladilar. Mashg’ulotlar o’yin shaklida amalga oshiriladi, dars soatlari chegaralangan emas. Golland maktablarida 15, 20, 30, 40 minutlik darslari o’tiladi. Soat 12 dan 13.30 gacha tushlik tanaffus. Bu paytda bolalar uylarida ovqatlanib keladilar.

O’qituvchilar uchun tushlikda 45 minut tanaffus beriladi. Mashg’ulotlar aksariyat potok bo’yicha amalga oshiriladi.

Bu mamlakatda 4 yoshdan kichik bolalar uchun o’quv-tarbiya muassasalari yo’q. Bolalar yaslilari ham bor, lekin ular ta’lim vazirligi tasarrufida emas.

Boshlang’ich maktabning dastlabki ikki yili o’quv o’yin rejasida bolalarni o’qishga, yozishga, hisoblashga, rasm solishga, qo’l mehnatiga o’rgatish ko’zda tutilgan. O’quvning keyingi 6 yillik bosqichida bolalarga niderlaid tili, matematika, yozuv, tarix, gsografiya, fizika, jamiyatshunoslik fanlaridan dars o’tiladi. Maxsus maktablarda ilohiyot darslari o’qitiladi. Boshlang’ich maktab o’quvining so’nggi bosqichida bolalarga ingliz tilidan dars beriladi. Boshlang’ich sinfni bitirganlik haqida o’quvchilarga maxsus hujjat berilmaydi.

Bolaning boshlang’ich maktabdagi bilimi, aqliy va jismoniy rivojlanishiga qarab ota-onalar o’rta maktabni tanlaydilar.

O’rta  ta’lim Niderlandiya maktablarida o’rta ta’lim:

umumiy o’rta ta’lim; umumiy ilmiy o’rta ta’lim;

—          hunar-texnika ta’limi va hokazolardan tashkil topgan.

O’z navbatida umumiy o’rta ta’lim o’qish muddati 4 yil bo’lgan o’rta va o’quv muddati 5 yil hisoblangan oliy bosqichga bo’linadi.

Tayyorlov bosqichi hisoblangan ilmiy o’rta ta’lim ham ikki ko’rinishga ega:

gimnaziya va atensum deb ataladigan tipga bo’linadi. Har ikki ko’rinishda ham o’qish muddati 6 yil. Tayyorlov ilmiy o’rta ta’lim oliy ilmiy o’quv yurtlariga kiruvchilarni etishtirib chiqaradi.

Hunar-texnika (ularda hunar-texnika) ta’limi quyi hunar-texnika ta’limi, o’rta va oliy hunar-texnika ta’limidan iborat uch bosqichdan iborat.

O’quvchilar o’quv yurtlariga kirish uchun topshiradigan sinovlari ularning qaysi bosqich o’quv yurtlariga kirish xohishi va albatta shunga munosib bilim darajasiga qarab belgilanadi. O’rta ta’lim bosqichi o’quvchilarga o’rta hunar-texnika bilim yurtlariga, oliy tip o’rta maktablari esa oliy toifa hunar-tsxnika bilim yurtlari hamda tayyorlov ilmiy o’quv muassasalarining bitiruvchilariga universitetlar va boshqa oliy o’quv yurtiga kirib o’qish imkoniyatlarini beradi.

Hunar-texnika ta’limi o’z kasb yo’nalishiga ko’ra quyida-gicha ko’rinishda:

— qishloq xo’jalik ishlari ta’limi;

— iqtisodiyot va ma’muriy ta’lim;

— texnik ta’lim;

— maishiy xizmat va tibbiyot ta’limi;

— ro’zg’or yuritish, xalq hunarmandchiligi ta’limi;

— savdo o’rta ta’limi;

— dengizchilik o’quv yurti va hokazo.

Niderlandiyada yoshlar 16 yoshga to’lgunga qadar o’qishga majbur. Shundan keyin olingan kasb yo’nalishlarini yanada takomillashtirish, yuqori malakaga ega bo’lish uchun o’qishlar yana ikki yil davom ettiriladi. Bunday holda o’quvchi haftaning bir yoki ikki kunida o’qishda bo’lsa qolgan kunlari ishda bo’ladi.

Ta’lim standartlari deganda, gollandiyalik ta’lim mutaxassislari reja va dasturlarni tushunadilar.

Niderland maktablari faqat ta’lim bilan shug’ullanadilar. Maktablarda oshxonalar va bufetlar yo’q. Maktablarda ovqatlantirish, qonunbuzarlikni oldini olish ishlari bilan asosan oila, jamoat tashkilotlari mashg’uldirlar.

Maktablarda 60-70 foiz o’zlashtirishni normal holat deb hisoblaydilar. Qolganlari bo’sh yoki o’zlashtirmovchi o’quvchilardir. Bizning tushunchamizdek, «ikkichilar» Niderlandiyada yo’q.

Yangi maktab qurilishini loyihalashtirishga qo’yilgan asosiy talablar quyidagilar:

— sinfda har bir o’quvchi uchun 6-8 m joy bo’lishi;

— yorug’likning me’yorida bo’lishi;

—  har bir o’quvchiga etarli maydoshshng mavjudligi (sinfda ham maktab hovlisida ham);

— individual e’tiborning bo’lishi va hokazo.

Maktablarda devor, tom, derazalar oynavand, yorug’ va bahavo qurilgan.

Maxsus ta’lim

Niderlandiyaning maxsus maktablarida nogiron, aqli zaif, jismoniy nuqsonlarga ega bo’lgan bolalar tarbiyalanadilar.

Bunday turdagi maktablar ikki toifaga bo’linadi: boshlang’ich, o’rta. U 8 yoshdan

21 yoshgacha bo’lganlar uchun mo’ljallangan. Bunday o’quv muassasalariga qo’yiladigan asosiy talab tszroq ruhiy, jismoniy nosog’lom bolalarni boshlang’ich va o’rta maktabga tayyorlab bsrishni ta’minlashdan iborat.

Oliy ta’lim

Niderlandiyada yoshlar oliy ta’limni universitet va oliy hunar-ta’limi bilim yurtlarida oladilar. Hozir mamlakatda 8 universitet va 5 ta oliy o’quv yurti ishlab turibdi. Leyden universiteti eng to’ng’ich oliy o’quv yurti hisoblanib 1575 yilda Vslgslm Oranskiy tomonidan tashkil etilgan. Barcha universitetlar va oliy o’quv yurti davlatnikimi yoki xususiyligidan qat’iy nazar, rivojlanish nuqtai nazaridan bab-barobar imkoniyatga va statusga egadirlar.

Oliy o’quv yurtlari davlat tomonidan mablag’ bilan ta’minlanadi. Niderlandiyada 7 ta diniy oliy o’quv yurtlari mavjud bo’lib, ular qisman davlat tomonidan va qisman diniy muassasalar tomonidan ta’minlanadi.

Oliy o’quv yurtlarida o’quv ikki bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqich 4 yil, zarur bo’lsa 6 yil davom etadi. Mazkur bosqich ta’limi tugagach, bitiruvchilar fan nomzodilik darajasi uchun imtihon topshiradilar. Oliy o’quv yurtlarining ikkinchi bosqichiga cheklangan miqdordagi qobiliyatli talabalar o’tkazilib 2-3 yil davomida doktorlik ilmiy darajasi uchun dissertatsiya yozadilar va himoya qiladilar.

Oliy hunar-ta’limi quyidagi shaxobchalarga bo’linadi:

— oliy iqtisodiy va ma’muriy ta’lim;

— uy-ro’zg’or va xo’jalik yuritish oliy ta’limi;

— oliy qishloq xo’jalik ta’limi;

— oliy savdo ta’limi;

— oliy ijtimoiy-pedagogik ta’lim;

— oliy tibbiy ta’lim;

— oliy texnik ta’lim; — oliy badiiy ta’lim;

— oliy pedagogik ta’lim.

Chet elliklar ta’limi

Niderlandiyada chst el fuqarolarining bilim olishga mo’ljallangan maxsus o’quv yurtlari ham bor. Bunday o’quv yurtlarga oliy ma’lumotli chet el fuqarolari maxsus bilimlar berish uchun qabul qilinadi. Bu erda o’qishlar ingliz tilida olib boriladi. Bunday universitetlarni mablag’ bilan ta’minlash qisman davlat, qisman chet el fuqarolari hisobidan bo’ladi.

Katta  yoshdagilar ta’limi

Hozirgi paytda Niderlandiyada katta yoshli fuqarolarning bilim olishga qiziqishi ortib bormoqda. Aksariyat bu toifadagi kishilar ilgari turli sabablar bilan ta’lim olishga imkoniyatlari bo’lmagan kishilardir. Mana shunday kishilarning bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini qondirish uchun mamlakatda ochiq maktablar, ochiq universitetlar tashkil etilgan. Bu o’quv muassasalarida o’quv mashg’ulotlari mustaqil yoki ishidan so’ng amalga oshiriladi.

Yoshlar  ta’limi

Hozir Niderlandiyada mamlakat umumiy aholisining 40 foizini 25 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etadi. Mamlakat yoshlar siyosatining asosiy yo’nalishi ularni ma’lumotli, kasb-korli qilishga, yoshlarni mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotida faolroq ishtirok etishini ta’minlash, ularning ko’ngilli dam olishlarini yaxshiroq tashkil etishni ta’minlashga qaratilgan.

Keyingi paytlarda mamlakatda yoshlarning ijtimoiy istiqbollari keskin o’zgardi.

Ularda hayotiy jaraenlarga qiziqish ancha kuchaydi, shuningdek, ular o’z muammolarini o’zlari mustaqil hal qilishga tobora intilmoqdalar.

Yoshlar boshqa mamlakatlardagi tengdoshlari singari jamiyatdagi o’z o’rnini topish va uni mustahkamlash uchun kurashmoqdalar.

Yoshlar siyosatiga oid, davlat ahamiyatiga molik masalalarni faravonlik, sog’liqni saqlash va madaniyat ishlari vazirligi hal etadi. Bu vazirlik boshqa vazirliklar bilan hamjihatlikda yoshlar ehtiyojlarini, shu jumladan, ularni ish bilan, turar joy bilan ta’minlash, moddiy farovonligini yaxshilash, ularga malakali tibbiy xizmat ko’rsatish kabi masalalarni muvofiqlashtiradi, hal etadi.

Katta avlodning, boshqaruv ishidagi mansabdorlarning faoliyatida eng ko’zga tashlangan soha yoshlarning ishsizligini tugatish, ularga keng ko’lamdagi yordamlar uyushtirishga sidqidildan yondashayotganligidir.

Niderlandiyada “Yoshlar ishlari bo’yicha federatsiya”si mavjud bo’lib, uning vazifasi hukumatda, parlamentda yoshlar manfaatini va ularning huquqlarini himoya qilishdan iborat. Niderlandiyada qariyib 4 mln. yoshlar kunduzgi o’qishga qamrab olingan. Mamlakatda majburiy ta’lim pulsiz, katta yoshlilar maktablari va o’quv yurtlari pullikdir.

Ba’zan maktablarda ota-onalar o’quv-tarbiya ishlarini amalga oshirishga o’z mablag’lari bilan yordamlashishga xohish bildiradilar. Bunday istaklar qabul qilinadi. Barcha o’qituvchilar va tarbiyachilar maoshlari davlat tomonidan ta’minlanadi.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, ta’lim vazirligi Niderlandiyada eng qimmat turuvchi vazirlikdir. Unga davlat bir yilga 29,6 milliard gulden mablag’ sarf etadi. Bu davlat byudjetining 17 foizidir. O’qituvchi to’liq holda maosh olish uchun haftasiga 40 soat sarf etmog’i ksrak.

Niderlandiyada erkaklar uchun ham ayollar uchun ham bir xil 65 yoshda pensiyaga chiqadilar. Pensiya miqdori oiladagi kishilar soniga qarab belgilanadi.

Mavzular.

manba