Nivelirlash reykalari.
Nivelirlash reykalari. Texnik nivelirlashda ikki tomonli yaxlit, uzunligi 3000 mm, qalinligi 2—3 sm, kengligi 8-10 sm bulgan pH-10 reykalari va uzunligi 3000-4000 mm buklanadigan pH-10 reykalari qo‘llaniladi. Reyka egilmaydigan va chidamli bo‘lishi uchun ko‘shtavir kesimli qilinib, sifatli yogochdan yasaladi va ikki uchida metall qoplanadi.
Reykalar bir tomonida santimetrli bo‘laklar shashkasimon oq va qora, ikkinchi tomondagilari esa oq va qizil rang bilan bo‘yaladi. SHuning uchun reykaning kora rangli tomoni -qora tomon, qizil rangli tomoni — qizil tomon deb farqlanadi.
Sanoq olish qulay bo‘lishi uchun har detsimetrli bo‘lakning dastlabki beshta santimetrli bo‘laklari «E» harfi ko‘rinishida birlashtiriladi. Reykalarni qora tomonida sanoq noldan ,qizil tomonida esa ixtiyoriy sanoqdan, masalan, 4687 mm dan boshlanadi.
Natijada reykaning qora va qizil tomonlaridan olingan sanoqlar farqi doimiy son bo‘lib, niverlirlashni bekatda tekshirish uchun xizmat qiladi.
Sanoqlar reykaning quyi qismidan ortib boradi, raqamlar har detsimetirdan ag‘darilgan ko‘rinishda yoziladi, truba qo‘rish maydonida esa ularning tasviri to‘g‘ri bo‘ladi. Niverilash vaqtida reykalar yog‘och qoziqlarga, metall boshmoqlargua o‘rnatiladi.
Yig‘iladigan reykalarda ayrim qismlari to‘g‘ri tutashtirilgan bo‘lishi kerak. Reykani qiyshayganligini reykaning ikki uchidan reyka bo‘ylab ip tortib tekshiriladi. Bunda reyka va ip orasidagi masofa 3 metrli reykada – 6 mm, 4 metrli reykalarda 10 mm dan oshmasligi kerak.
Texnikaviy nivelirlashni bajarish. Geometrik nivelirlashda ishlatiladigan asbob – nivelir. Nivelirning teodolitdan farqi shuki, uning qarash trubasi zenit bo‘yicha aylanmaydi, chunki u gorizontal vizirlashga moslangan. Qarash trubasining vizir o‘qini yonidagi silindrik adilak hamda ko‘tarish vintlari yordamida gorizontal holatga, ya’ni ish bajaradigan holatga keltirish mumkin.
Geometrik nivelirlashda bir nuqtaning boshqa nuqtaga nisbatan balandligi, ya’ni nuktaga balandligini topishning bir necha xil yo‘li bor. SHularni ko‘rib chiqamiz.
Oldinga nivelirlash. Joydagi ikki nuqtaning (A va V nuqtalar) bir-biriga nisbatan balandligini aniqlash kerak deylik. Buning uchun A nuqtaga nivelir, V nuqtaga reyka tik qilib o‘rnatiladi. Nivelir ishlaydigan holatga keltirilib, qarash trubasi reykaga vizirlanadi va v-sanoq olinadi. Asbobning reyka yoki ruletka bilan ulangan balandligi (A nuqtadan nivelir qarash trubasining gorizontal holatdagi vizir o‘qigacha bo‘lgan oraliq) i ga teng bo‘lsa, V nuqtaning A nuqtaga nisbatan balandligi h = i – b bo‘ladi.
Demak oldinga nivelirlashda bir nuktaning ikkinchi nuqtaga nisbatan balandligi reykadan olingan sanoqni asbob balandligidan olib tashlagandan keyin qolgan songa teng. Agar reykadan olingan sanoq asbob balandligidan katta, ya’ni i < b bo‘lsa, nisbiy balandlik ishorasi manfiy, agar i > b bo‘lsa ishora musbat bo‘ladi.
Birinchi nuqta A ning absolyut balandligi (NA) hamda bu nuqtaga nisbatan ikkinchi nuqta V- ning balandligi (hAB) ma’lum bo‘lgach, ikkinchinuqta (V) ning absolyut balandligi quyidagicha xisoblab chiqariladi:
HB = HA + HAB
Ikkinchi nuqta absolyut balandligining bunday hisoblab chiqarishiga absolyut balandlikni nisbiy balandlik bo‘yicha aniqlash deyiladi.
Ikkinchi nuqtaning absolyut balandligini asbob gorizonti yordamida aniqlash ham mumkin. Asbob gorizonti deganda nivelir vizir o‘qi yo‘nalishining absolyut balandligi tushuniladi. Asbob gorizonti (Hi) quyidagiga teng:Hi = HA + i
Ikkinchi (V) nuqtaning asbob gorizonti metodida aniqlangan absolyut balandligi:HB = Hi – b bo‘ladi. Nivelirlash reykalari.







