Oʻrxoʻn-Enasoy yodgorliklarining ahamiyati haqida.

0
Oʻrxoʻn-Enasoy yodgorliklarining ahamiyati haqida.

Oʻrxoʻn-Enasoy yodgorliklarining ahamiyati haqida.

Oʻrxoʻn-Enasoy yodgorliklarining ahamiyati haqida.

Oʻrxun-Enasoy yozuvidagi xotiralar V-VIII asrlarning juda qimmatli yodgorligidir. Ular qabr toshlariga oʻyib yozilgan tarix va marsiyalardan, turli xil hujjat, tamgʻa, pul va boshqalardan iborat. «Toʻnyuquq», «Uyuk-arxon», «Borliq»,

«Tuva» va boshqalar ham kultegin va Bilga xoqon yodgorliklari singari muhim yodgorliklardir. Bular Oltoydan Moʻgʻulistonga qadar choʻzilgan bepoyon territoriyada yashagan xalqlar va qabilalar tomonidan yaratilgan. Tekstlarda qirgʻiz, uygʻur, oʻgʻuz va yana bir qancha xalqlarning, qabilalarning nomlari tilga olinadi, ayrim tarixiy shaxslar u yoki bu etnik qatlamga mansub kishilar sifatida gavdalanadi. Yodgorliklarning tili bir-biridan birmuncha farq qiladi. Shular asosida ayrim yodgorliklarni hozirgi ma’lum bir tilning qadimgi yodgorligi deb aytish mumkin. VVIII asrlarda Movarounnahrda turkiy til juda keng yoyildi. Oʻrxoʻn-Enisey yodgorliklariga xos leksik boylik va grammatik shakllarni qirgʻiz, uygʻur, tuva, turkman, oʻzbek va boshqa turkiy tillarda koʻrish mumkin. Shunga koʻra, S.E. Malov ta’kidlaganidek, bu yodgorliklar koʻpchilik turkiy tillar tarixini oʻrganishda mushtarak bir manba sifatida ahamiyatlidir. Shu jihatdan qaraganda, hozirgi oʻzbek tilining ildizlarini ham Oʻrxoʻn-Enisey yodgorliklarida koʻrish mumkin.

Oʻrxoʻn-Enisey yodgorliklarining ma’lum badiiy qimmati ham bor. Ularda koʻpgina she’riy misralar boʻlishi bilan birga ba’zi nasriy parchalar ham she’r kabi jaranglaydi, turli tarixiy voqealar bayonida ayrim lavhalar birmuncha badiiy uslubda tasvirlanadi, badiiy til vositalari qoʻllaniladi. Xususan, qabr toshlaridagi «marsiyalar»ning badiiy ahamiyati koʻproq. Ular orqali biz vafot etgan kishining ma’lum portreti bilan, motam tutuvchilarning ichki ruhiy kechinmalari bilan tanishamiz. Shunga koʻra, S.E. Malov V asr Enisey yodgorliklarini «qabriston poeziyasi» deb atadi. I.V. Stebleva oʻz tadqiqotini «Poeziya tyurkov VI-VIII vekov» (Moskva, 1965) deb nomladi.

Masalan, Qizil-chir (Enisey havzasi)dan topilgan bir yolgorlikda quyidagilarni oʻqiymiz:

Alim kanim siza boqmadim kun at azidim jita!

Qadashim kunim jita adiriltim sizima oʻz kumush budunum jita adiriltim.

Ar ardamimda boqmadim qirq jashimda adiraldim Uchin Kulug Tirig oqli ban Koʻloʻr Toqan ban

Mazmuni:

Mening davlatim va mening xonim, men sizlardan lazzat koʻrmadim, hayhot, men quyoshni va oyni sezmaydigan boʻlib qoldim.

Mening doʻstlarim va mening qarindoshlarim, hayhot, men (sizlardan) uzoqlashib, oʻz kumush xalqimdan yiroqlashdim.

Oʻz qahramonlik shijoatimdan lazzatlana olmadim. Qirq yoshimda oʻldim. Men Oʻchin-Qulugʻ-Tirig oʻgʻli. Men Kulugʻ-Toʻgʻan.

Bular «Devonu lugʻotit turk»dagi marsiyalarga juda yaqin boʻlib, «Devon»dagi adabiy yodgorliklar bilan Oʻrxoʻn-Enisey yodgorliklarining ma’lum aloqasi borligini koʻrsatadi.

Mavzular.

manba