Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari haqida ma’lumot.

0
Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari haqida ma'lumot.

Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari haqida ma'lumot.

Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari haqida ma’lumot.

Mazkur obidalarning topilishi Oʻrxun hamda Enasoy daryolarining havzalari bilan bogʻliq. Keyinchalik bu obidalar Sibir va Moʻgʻulistonning boshqa joylaridan, Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Volga boʻyi va boshqa joylardan topilgan boʻlsa ham, shu nom bilan ataladigan boʻlib qoldi. Bu yodgorliklarning topilishi va oʻrganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqdagi dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Messershmidt yodgorliklarni evropa ilm ahliga ilk marta taqdim qiladilar. 1893 yilda daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V.Radlovlar yodgorliklardagi harflarni oʻqidilar.  Bu yodgorliklar «tosh bitiklari» deb ham yuritiladi. Ular Moʻgʻuliston, Germaniya, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Shvetsiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻizistonda saqlanadi.  Yodgorliklar asosan VI-VIII asr voqealarini aks ettiradi. 545-yilda Turk xoqonligi yuzaga keladi. V-VIII asrgacha hukmronlik qiladi. Tosh bitiklarining katta qismi ana shu xoqonlikning tarixini tasvirlaydi.

«Toʻnyuquq» bitigtoshi ikkita ustunga yozilgan. Ularning biri 170, ikkinchisi 160 sm. dan iborat. Bu yodgorlikni 1897-yili Elezaveta Klements Shimoliy Moʻgʻulistonda eri Dmitriy Klements bilan birgalikda izlab topgan. «Kultegin» bitiktoshi marmardan ishlangan. Balandligi 3 m 15 sm, qalinligi 41 sm, tub qismi 1 m 24 sm boʻlib, yuqoriga tomon torayib borgan. Yodgorlikni rus ziyolisi N.Yadrintsev

1889 yili Moʻgʻulistonning Koʻkshin Oʻrxun daryosi qirgʻogʻidan topgan.

Toʻnyuquq – Eltarish xoqonning maslahatchisi va sarkardasi. Unga qoʻyilgan toshda Toʻnyuquqning xalq oldidagi xizmatlari, turkiylarning bir qancha dushman qabilalariga qarshi kurashi, Toʻnyuquqning donoligi, tadbirkorligi, vatanparvarligi, turk xalqiga sadoqati koʻrsatilgan. Mana bu tasvir shundan dalolat beradi: «Nega chekinamiz, dushmanni koʻp deb, nega qoʻrqamiz, oʻzimizni oz deb, qani bosaylik, hujum qilaylik, dedim. Hujum qildik, dushmanni tor-mor qildik. Ikkinchi kun keldi. Urushdik. Ularning qoʻshini biznikidan ikki qanoti yarmicha ortiq edi. Tangri yorlaqagani uchun, dushman koʻp deb biz qoʻrqmadik, jang qildik. Ularni ham tormor qildik…» (Qadimiy  obidalar. 21-bet).

Bulardan tashqari, «Ungin bitigi», «Moyun Chur bitigi» borki, bular Oʻrxun bitiglariga kiradi. Enisey bitiglari hozirgi Tuva, Xakasiya hududidan topilgan. Bu bitiglar turli shakldagi-yumaloq, toʻgʻri burchakli granit toshlariga bitilgan. Ayrim lari qoyalarga, metallarga, oltin va kumush idishlariga yozilgan. Hozirgacha hammasi boʻlib 250 ga yaqin bitigtoshlar topilgan. Enisey bitiglari «Eletmish bilga xoqon yodnomasi», «Uyuq Tarlak yodnomasi», «Uyuq Turan yodnomasi», «Begra yodnomasi», «Chakul yodnomasi» kabi yodgorliklardan iborat. Ularda ham mardlik, qahramonlik, dushmanga qarshi kurash tasvirlangan.

Bu yodgorliklarni nasr namunasi deb qarovchi olimlarimiz boʻlganidek, Stebleva ularni turkiy xalqlar she’riy ijodining namunalari sifatida beradi

Bitiglarda «Edguti eshid, qatugʻdu tungla» «Yaxshi eshit, qattiq tingla», «Ichra oshsoʻz, tashra jonsoʻz» «Ichda oshsiz, toshida toʻnsiz» kabi maqolga oʻxshash jumlalar mavjud.

Yodgorliklarning tili quyidagicha:

Qogʻon ulurup yoʻq jigʻay budunug Qoon boʻlgach kambagʻal xalqni koʻp koʻportdum Yuksakka koʻtardim.

Jigʻoy budunug bay qiltim  Kambagʻal xalqni boy qildim.

Umuman, Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari V-VIII asrlarda yashagan turkiy xalqlarning madaniy merosi sifatida ajdodlarimizning ma’naviy -badiiy , ilmiy-tarixiy salohiyatining balandligi, qadimiy  va boyligidan yorqin nishonadir.

Mavzular.

manba