Oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari.

0
Oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari.

Oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari.

Oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari.

Adabiyot tarixi xalq tarixining ajralmas bir qismidir. Badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umumiy  taraqqiyoti bilan uzviy bogʻliqdir. Adabiyotni davrlashtirish asosida oʻrganish maqsadga muvofiq koʻriladi. Adabiyotshunosligimizda adabiyotni davrlashtirish muammolidir.

Adabiyotni davrlashtirishga nima asos qilib olinadi? Mana bu savolga aniq javob berish qiyin. Ayrim  mutaxassislar adabiyot tarixi bosqichlarini podsholarning, sulolalarning hukmdorlik davri bilan, boshqalari esa yirik tarixiy voqealar bilan bogʻlashadi. Ba’zi olimlarimiz prof. N.Mallaev oʻzbek  adabiyoti  tarixini,  bir  tomondan, jamiyatning umumiy  taraqqiyot qonunlari, oʻzbek xalqining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi taraqqiyoti, ikkinchi tomondan, adabiyot tarixi taraqqiyotining oʻziga xos xususiyatlarini: badiiy  adabiyotning ijtimoiy mohiyati, vazifasining oʻsib borishi, adabiy tur va janrlarning shakllanishi, taraqqiy etishi hamda soʻz san’atining boshqa jihatlari takomiliga xos xususiyatlarni koʻzda tutib bosqichlarga ajratish kerakligini koʻrsatib oʻtishgan.

Prof. B.Toʻxliev adabiyot tarixini quyidagicha davrlashtirishni tavsiya etadi:

  1. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar «Avesto», «Alpomish» va b.
  2. Ilk oʻrta asrlar adabiyoti «Kultegin» bitiklari va b.
  3. Oʻrta asrlar adabiyoti IX-XVI asrlar:
  4. Temuriylar davri adabiyoti.
  5. Navoiy va uning davri adabiyoti.
  6. XVII-XIX asrlar adabiyoti.
  7. XX asr adabiyoti.

(B.Toʻxliev. Oʻzbek adabiyoti. Darslik. 9-sinf. T., 2000 y. 13 bet.)

Professor N.Mallaevning oliy oʻquv yurti talabalari uchun chiqargan darsligida quyidagi bosqichlar berilgan:

  1. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar.
  2. X-XI asrlar adabiyoti.
  3. XI asrdagi va XIV asr boshlaridagi adabiyot.
  4. XIV asr oʻrtalaridan XVII asrgacha boʻlgan adabiyot.
  5. XVII asrdan XIX asrning oʻrtalarigacha boʻlgan adabiyot.
  6. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi adabiyot.

Eng qadimgi adabiy yodgorliklar Markaziy Osiyo hududida qadimdan yashagan  oʻzbek, tojik, turkman va boshqa xalqlarning adabiy yodgorliklaridir. Keyingi taraqqiyot bosqichlaridagi adabiyot esa bevosita oʻzbek xalqi tomonidan yaratilgan adabiyotdir.

 

Mavzular.

manba