ODAM GAVDASINING TUZILISHI.

Odam gavdasi tabiat va ma’lum bir jamiyat tuzilishining ta’sirida, avlodidan (naslidan) orttirgan asosiy negiz xususiyatlari asosida rivojlanadi. Odam gavdasining tuzilishi ichki a’zolar ko`rinishiga ham ta’sir etadi. Gavda tuzilishi uch guruhga bo`linadi.
- Asteniklar—past bo`yli bo`lib, ko`krak qafasi tor, yyelkalar orasidagi masofa qisqa va qo`l-oyoqlarining uzunligi bilan ajralib turadi.
- Gipersteniklar—baland yoki o`rta bo`yli bo`lib, ko`krak qafasining kengligi, yyelkalar orasidagi masofaning uzunligi, qo`l hamda oyoqlarning qisqaligi bilan ajralib turadi.
Normasteniklar yuqorida bayon etilgan ikki xil qomatning oraliq shaklidir.
Hazm a’zolarining har birining tuzilishi o`ziga xos bo`lsa-da, lekin ularning bajaradigan vazifasi, ko`pchiligining umumiy tuzilishga egaligi (devorining 3 qavatli naydan iboratligi) va embrionning endoderma qismidan taraqqiy etganligidan, ular ham yaxlit hazm a’zolari tizimini tashkil etadi.
Alohida tizimlar guruhi vazifasi, joylashishiga va taraqqiyotiga ko`ra bo`limlarga (apparatlarga) birlashishi mumkin. Tayanch va harakat apparati tarkibiga — suyaklar, bo`g`imlar va mushak tizimlari birlashadi. Ichki a’zolar bo`limi o`z ichiga hazm, nafas, siydik chiqarish va jinsiy a’zolar tizimini birlashtiradi.
Tayanch va harakat bo`limi, teri bilan birgalikda tanani tashkil etadi va bu hosilalar ko`krak, qorin, chanoq bo`shliqlaridan iborat. Bu bo`shliqlarda esa ichki a’zolar joylashadi. Ichki a’zolar tarkibiga hazm, nafas, siydik chiqarish, jinsiy a’zolar tizimi va endokrin bezlari kiradi. Tana qismini tashkil etgan a’zolarda va ichki a’zolarda, nervlar bo`ladi.
Odam tuzilishining tarkibiy qismlari: organizm — a’zolar tizimi (sistemasi) — a’zolar — a’zolarning morfologik birligi — to`qimalar — hujayralar—hujayra elementlari — molekula.










