Oddiy va murakkab nivelirlash.

0
Oddiy va murakkab nivelirlash.

Oddiy va murakkab nivelirlash.

Oddiy va murakkab nivelirlash.

Oddiy va murakkab nivelirlash.Ikki  nuqtaning  bir-biriga  nisbatan  balandligi  bu  nuqtalar  orasiga  nivelirni  bir  marta o‘rnatishda aniqlansa, bunga oddiy nivelirlash deyiladi.

Ikki  nuqtaning  balandliklari  orasidagi  farq  katta  bo‘lgan  hollarda  yoki  bir-biridan  uzoq joylashgan ikki nuqtaning nisbiy balandligini aniqlashda bu ikki nuqta oraligi bo‘laklarga bo‘linib,  har bir bo‘lak aloxida-aloxida nivelirlanadi, bunga murakkab nivelirlash deyiladi.

Murakkab nivelirlashda yer satxining dumboqligi va refraksiya nivelirlash natijasiga kamroq  ta’sir etishi va reyka bo‘laklari yaxshiroq ko‘rinishi uchun nivelirdan reykagacha bo‘lgan masofa  odatda 50-75 m qilib olinadi.

A va V nuqtalar oralig‘i bir necha bo‘lakka bo‘linib nivelirlanadi. Reyka o‘rnatilgan nuqtalar  (piketlar) – A va V hamda 1, 2, 3, 4 raqamlar bilan nivelir o‘rnatilgan nuqtalar (stansiyalar) va I, II,  III, IV va V bilan, reyka va nivelirning ko‘chirilishi tartibi esa strelkalar bilan ko‘rsatilgan.

Perpendikulyar piketga o‘rnatilgan reyka I stansiyada – oldingi, II stansiyada esa ketingi reyka  bo‘ladi. Piket ikki qo‘shni stansiyani bir-biriga bog‘laganligi uchun bog‘lovchi nuqta deb ataladi. 1,  2, 3, 4 – nuqtalar bog‘lovchi nuqtalar bo‘lib hisoblanadi.

Nivelirlanishi kerak bo‘lgan nuqta bog‘lovchi nuqtalar oralig‘ida (S va D) joylashgan bo‘lsa,  ularga oraliq nuqta deyiladi. Oraliq nuqtalar balandlikni bir nuqtadan ikkinchisiga uzatib berishda  qatnashmaydi. SHuning uchun ular har bir stansiyada bog‘lovchi nuqtalar nivelirlanib bo‘lgandan  keyin nivelirlanadi. Orqadagi reykani oldinga ko‘chirishda reyka bir yo‘la oraliq nuqtalarga ham  o‘rnatilib nivelir yordamida ulardan sanoqlar olinadi. Bog‘lovchi nuqtalardan olingan sanoqlardan  foydalanib,  har  bir  nuqtaning  qo‘shni  nuqtaga  nisbatan  balandligi,  so‘ngra  absolyut  balandligi  hisoblab chiqariladi.  Oddiy va murakkab nivelirlash.

I, II, III, IV va V stansiyalardagi  bog‘lovchi nuqtalarning nisbiy balandliklari

qo‘yidagiga teng:

h1 = a1 – b

h2 = a2 – b2

………………..

hn = an – bn

Nivelirlangan  barchastansiyalardagi  nuqtalarning  nisbiy  balandliklari  yig‘indisi  oxirgi  V

nuqtaning boshlang‘ich A nuqtaga nisbatan nisbiy balandligi bo‘ladi:

hAB = Sa – Sb

Bog‘lovchi nuqtalarning absolyut balandliklari quyidagiga teng bo‘ladi.

H1 = HA +h

H2 = H1 + h

………………….

HB = Hn + h

Agar  1,2,  3  va  4  nuqtalarning  absolyut  balandligini  aniqlashtalab  qilinmasa  oxirgi  V

nuqtaning absolyut balandligi quyidagicha hisoblanadi:

HB = HA + ShA

Asbob gorizonti

Hi = H3 + a

Oraliq nuqtalar absolyut balandliklari

Hc= Hi– C1

HD = Hi – C

Bir-biridan uzoq joylashgan nuqtalar oralig‘ida bir nuqtadan ikkinchisiga absolyut balandlikni uzatish maqsadida bajarilgan murakkab nivelirlash ishi bo‘ylama nivelirlash deyiladi. Bo‘ylama  nivelirlashda absolyut balandlikning boshlang‘ich nuqtadan oxirgi nuqtaga uzatilishida bog‘lovchi  nuqtalar ishtirok etmasa, bunga oddiy bo‘ylama nivelirlash deyiladi.

Nivelirlanayotgan   chiziqning   profilini   tuzish   uchun   bu   chiziqdagi   barcha   xarakterli  nuqtalarning absolyut baltandliklarining aniqlash maqsadida amalga oshirilgan bo‘ylama nivelirlash  trassani nivelirlash deb ataladi. Trassani nivelirlashda barcha bog‘lovchi nuqtalar hamda trassadagi  oraliq nuqtalar o‘rni qoziq qoqib belgilanadi.

Ba’zi  bir  qidiruv  va  tekshiruv  ishlarida  nivelirlanishi  kerak  bo‘lgan  chiziq  atrofidagi  nuqtalarning  absolyut  balandliklarini  aniqlashga  to‘g‘ri  keladi.  Bunday  paytda  trassa  kerakli  joylariga qoziqlar qoqib perpendikulyar chiziqlar bilan belgilanib nivelirlanadi. Bunga ko‘ndalang  nivelirlash deyiladi.

Injenerlik inshootlari loyihasini tuzish hamda loyihani joyga ko‘chirish va inshootlarni qurish  maqsadida bajariladigan nivelirlash injener-texnik nivelirlash deyiladi.

Muallif: A. Ganiyev

Mavzular.

manba