Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari haqida ma’lumot.

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari haqida ma’lumot.Hamma kimyoviy reaksiyalarni ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruh reaksiyalarda o’zaro ta’sir etuvchi moddalar tarkibiga kiruvchi elementlarning oksidlanish darajasi o’zgarmaydi. Bu guruhga almashinish, birikish va ajralish reaksiyalari kiradi:
AgNO3 + KCl = AgCl↓ + KNO3
Ikkinchi guruh reaksiyalariga bir yoki bir necha elementlarning oksidlanish darajasi o’zgaradigan reaksiyalar kiradi:
Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2↑
Bu reaksiyada ruxning oksidlanish darajasi 0 dan +2 gacha, vodorodniki +1 dan 0 gacha o’zgaradi.
Elementlarning oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan boradigan reaksiyalarni oksidlanishqaytarilish reaksiyalar yoki redoks reaksiyalar (lotincha reductio – qaytarilish va oxydatio – oksidlanish) deb ataladi. Yuqoridagi reaksiyalarda rux atomlari musbat zaryadlangan ionlarga aylanadi, uning oksidlanish darajasi 0 dan +2 gacha ortadi:
Zn – 2e– = Zn+
Elementning oksidlanish darajasi ortishi bilan boradigan elektron berish jarayoni oksidlanish deb yuritiladi.
Rux tomonidan berilgan elektronlar vodorod ionlari tomonidan qabul qilinadi; vodorodning oksidlanish darajasi +1 dan 0 gacha kamayadi:
2H++ 2e– = H2
Elementning oksidlanish darajasi pasayishi bilan boradigan elektron biriktirib olish jarayoni qaytarilish deyiladi. Demak, bu reaksiyada rux oksidlanadi, vodorod esa qaytariladi.
Eritmalardagi erigan modda va erituvchining zarrachalari tartibsiz harakati tufayli eruvchi modda erituvchining butun hajmi bo’yicha bir tekisda taqsimlanadi. Agar silindrga qandning konsentrlangan eritmasini quyib, uning ustiga ehtiyotlik bilan suyultirilgan qand eritmasini solsak, qandning konsentrlangan eritmadan suyultirilgan eritmaga o’tishi, suvning esa suyultirilgan eritmadan konsentrlangan eritmaga o’tishi yuz beradi, har bir modda o’zining konsentratsiyasi kam bo’lgan tomonga o’ta boshlaydi. Ana shunday moddalarning o’z-o’zidan o’tishiga, ya’ni ular konsentratsiyasining tenglashishiga olib keluvchi jarayon diffuziya deb ataladi.
Agar shisha silindrga KMnO4 ning eritmasini quysak va unga chayqatmasdan turib, suv qo’shilsa, diffuziya hodisasini kuzatish mumkin. Avval keskin chegara kuzatiladi, lekin sekinasta chegara yo’qola boshlaydi; bir necha vaqtdan keyin erigan modda erituvchining butun hajmi bo’yicha bir tekis taqsimlanadi va butun suyuqlik bir xil rangga ega bo’lib qoladi.
Ko’rib chiqilgan misolda erituvchi va eruvchi modda zarrachalari qarama-qarshi yo’nalishda diffuziyalanadi. Bu jarayon ikkiyoqlama diffuziya deyiladi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari haqida ma’lumot.





