Oksidlovchilar va qaytaruvchilar.

Oksidlovchilar va qaytaruvchilar. Tarkibida qaytariluvchi element bo’lgan moddalar oksidlovchilar, oksid-lanuvchi element saqlovchi moddalar qaytaruvchilar deyiladi. Oksidlovchilar tarkibidagi element o’z oksidlanish darajasini pasaytiradi, qaytariluvchilar tarkibidagi element o’z oksidlanish darajasini oshiradi. Oksidlovchilar elektronlar- ning akseptori (lotincha acceptor – qabul qiluvchi), qaytaruvchilar elektronlarning donori (lotincha donor – beruvchi) hisoblanadi. Muhim oksidlovchilar:
1.Oddiy moddalar: F2, Cl2, Br2, I2, O2, S. Kimyoviy reaksiyalar vaqtida bu moddalar elektronlar biriktirib olib, manfiy zaryadlangan zarrachalarni hosil qiladi.
- Murakkab moddalar: kislorodli kislotalar H2SO4, HNO3 va ularning tuzlari; KMnO4, K2Cr2O7; xlorning kislorodli kislotalari (HClO, HClO3, HClO4) va ularning tuzlari; ba’zi kislotalarning angidridlari (masalan, CrO3, Mn2O7); O3 ozon, vodorod peroksid, metallarning peroksidlari (Na2O2, CaO2) va boshqalar.
- Metallarning yuqori oksidlanish darajasiga ega bo’lgan ionlari, masalan: Fe3+, Au3+, Cu2+, Sn2+
Muhim qaytaruvchilar:
- Metallar, ayniqsa, ishqoriy metallar (Li, Na, K, va boshqalar) va ishqoriy – yer metallari (Ca, Sr, Ba).
- Vodorod, uglerod (koks), uglerod (II)-oksid CO
- Kislorodsiz kislotalar va ularning tuzlari; gidridlar tarkibidagi vodorod ioni H–(NaH, KH, CaH2 va boshqalar).
Ba’zi moddalar sharoitga qarab ham oksidlovchi ham qaytaruvchi vazifasini bajarishi mumkin (masalan, HNO2, H2SO3).
Oksidlovchilar va qaytaruvchilar.










