Bosh sahifa mavzular O‘lchash xatolarining tasnifi.

O‘lchash xatolarining tasnifi.

0
Geodezik to‘rlarning turlari va ahamiyati.

O‘lchash xatolarining tasnifi.

O‘lchash xatolarining tasnifi.

O‘lchash xatolarining tasnifi. Geodezik  ishlarning  asosiy  qismi  o‘lchashlardan  iborat.  Geodezik  o‘lchash  bevosita  va bilvosita o‘lchashlarga bo‘linadi.

Bevosita   o‘lchashda   o‘lchov   birligi   hisoblanuvchi   asbob   o‘lchanayotgan   ob’ektga taqqoslanadi.  Masalan:  joyda  masofani  po‘lat  lenta  bilan,  burchakni  teodolit  bilan  o‘lchash,  qog‘ozda esa masofani chizg‘ich bilan, burchakni transportir bilan o‘lchash bevosita o‘lchash bilan  hisoblanadi.

Bavosita   o‘lchashda   ob’ekt   bevosta   o‘lchanmasdan,   uning   kattaligi   boshqa   o‘lchash  natijalaridan  foydalanib  aniqlanadi.  Masalan,  borib  bo‘lmaydigan  masofani  aniqlash  uchun  uchburchakning  bir  tomoni  va  ikkita  gorizontal  burchak  o‘lchanadi.  So‘ngra  masofa  bevosita  o‘lchash natijalaridan foydalanib sinuslar teoremasiga muvofiq hisoblab chiqariladi.

Geodezik o‘lchashlarni teng aniqlikda yoki teng emas aniqlikda bajarish mumkin. Bir xil  malakali ishchilarning bir xil sharoitda, bir xildagi aniq asbob bilan teng marta o‘lchashda teng  aniqlikda  o‘lchash  bo‘ladi.  Bu  sharoitlardan  birontasi  o‘zgarsa,  teng  emas  aniqlikda  o‘lchash  bo‘ladi.

O‘lchash natijalaridan foydalanishdan oldin ob’ektning qanchalik aniq o‘lchanganligini bilish  kerak. O‘lchash aniqligiga baxo berish uchun o‘lchash paytidagi xatoga nima sabab bo‘lishini bilish  zarur. Bu masalalar bilan o‘lchash xatosi nazariyasi shug‘ullanadi. O‘lchash xatolari kelib chiqish  sabablariga ko‘ra qo‘pol, sistematik va tasodifiy xatolarga bo‘linadi.  

Qo‘pol  xato  asosan  o‘lchash  yoki  hisoblash  vaqtida  yanglishish,  bu  ishni  bajarayotgan  kishining parishonxotirligi, charchaganligi, xamda ishga beparvolik bilan qarashi natijasida kelib  chiqadi. Bir ob’ekt o‘rniga boshqani o‘lchab qo‘yish, hisoblash vaqtida yanglishish qo‘pol xatoga  misol bo‘la oladi. Qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun odatda o‘lchash va hisoblash ishlari qayta  bajariladi.

Sistematik xato biror ob’ektni bir necha marta o‘lchaganda doimo bir xil ishora bilan bir xil  miqdorda takrorlanaveradigan xatodir. Sistematik xatoning kelib chiqishiga o‘lchash asbobining  etarli  darajada  aniq  va  to‘g‘ri  bo‘lmasligi,  o‘lchayotgan  kishini  shaxsiy  xususiyatlari,  tashqi  muxitning ta’siri va boshqalar sabab bo‘lishi mumkin. Bunday xatoni kamaytirish uchun har gal  o‘lchash asbobi sinchiklab tekshiriladi va ma’lum o‘lchash metodi qo‘llaniladi. Agar asbob xamisha  bir xil xato ko‘rsatadigan bo‘lsa, o‘lchash hamda hisoblash paytida asbobning xatosini e’tiborga  olish va olingan natijalarga tegishlicha tuzatish kiritish, shu yo‘l bilan o‘lchash xatolarini sistematik  xatodan iloji boricha xoli qilish zarur. O‘lchash xatolarining tasnifi.

Muallif: A. Ganiyev.

Mavzular.

manba