O‘quv elementi. Abstraksiya pog’onalari.

0
O‘quv elementi. Abstraksiya pogonalari.

O‘quv elementi. Abstraksiya pogonalari.

O‘quv elementi. Abstraksiya pog’onalari.

Bu masalani amalda bajarish uchun “o‘quv elementi” (UE) tushunchasi mavjud. O‘quv elementi deganda o‘rganish maqsadida tanlangan barcha fan ob’ektlari (FO) tushuniladi. Tabiiyki, UE uchun soni FO sonidan kichik bo‘ladi. UE ni tanlab olishi uchun tayyorlanayotgan bo‘lajak mutaxassis shaxsiga yaqin 3-5 yil ichida ko‘yiladigan talablarni tasavvur qila olish va zaruriy bilim va ko‘nikmalar tarkibini aniq ifodalashi kerak.

O‘quv elementi. Abstraksiya pogonalari.  UE soni va tarkibini saralashni ikki usuli mavjud.Birinchisi -ekspert usuli bulib, maxoratli va tajribali metodistlar (o‘qituvchilar) o‘z ish uslubiga tayangan holda vazifani uncha murakkab bo‘lmagan metodika yordamida xal etishadi. Ikkinchisi- tajriba sinov usuli bo‘lib, o‘quv yurti bitiruvchisining faoliyati tahlil qilinadi va shu asosda ma’lum fan ob’ektlari to‘g‘risida kerakli ma’lumotlar ajratib olinadi. Har ikki usul ham amaliyotda qo‘llanilib bir-birini to‘ldiradi va boyitadi. O‘quv materialini saralash imtixosi predmet dasturi uchun UE yig‘indisini to‘plash xisoblanadi va u ro‘yxat ko‘rinishda beriladi.

Misol tariqasida  texnika o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan mexanizm va mashinalar nazariyasi fanidan “Mexanizmlar tasnifi” mavzusi bo‘yicha UEni to‘liqligiga da’vogarlik qilmagan holda keltiramiz:

  1. Richagli mexanizmlar.
  2. Kulochokli
  3. Aylanma harakatni uzatuvchi qattiq zvenoli mexanizmlar.
  4. Epichiklik mexanizmlar.
  5. Universal
  6. Egiluvchan evenoli mexanizmlar.
  7. Pnevmatik mexanizmlar.
  8. Gidravlik mexanizmlar.
  9. Elektrik mexanizmlar.

Demak, mavzu  bo‘yicha UE ni bo‘lajak muxandislar qaysi maqsadini aniqlashga qaratilgani yana bir ko‘rsatkich predmetni o‘rganish ilmiyligi yoki fan taraqqiyotining abstraksiya pogonalari (AP) kiritiladi.

 ABSTRAKSIYA POGONALARI.

O‘quv elementi. Abstraksiya pogonalari.   Har qanday fan o‘ziga tegishli narsa va xodisalarni bosqichma-bosqich o‘rgangan holda rivojlanib boradi. Rivojlanishning uzluksiz jarayoni turli fanlarda turlicha, xatto bir fan bo‘limlari o‘rtasida ham notekis kechadi. Shu boisdan fanning rivojlanish darajasini aniqlash hamda o‘quv mavzulari bo‘yicha maqsadni aniq belgilash uchun abstraksiya pog’onalari va unga mos UEni bayon qilish usullari mavjud.

Birinchi abstraksiya pog’onada (fenomenologik-  =1) narsa va xodisalarning bayonini tavsiflash cheklangan, ob’ektlarning ma’lum tartibli ro‘yxati keltirilgan bo‘ladi, ularning xususiyat va sifatlari qayd etiladi. UE oddiy, odatdagi tilda tushutiriladi.

Ikkinchi abstraksiya pog’onada (analitik-sintetik- =2 ) fan uchun xususiy bo‘lgan tushuncha va atamalar, qonuniyatlar UE ning asosiy tarkibini tashkil etadi. Jarayonlarning kechishi va rivojlanishi yo‘nalishlarini bashoratlashga imkoniYatlar tug‘iladi. UE fan tilida bayon etiladi.             Uchinchi abstraksiya pog‘onada ( prognostik – =3) fanga tegishli ma’lum xodisalarni ularning sonli nazariyalari asosida tushuntiriladi, asosiy jarayonlarni modellashtirish qonun va xususiyatlarini analitik tasavurlash amalga oshiriladi. Xodisa va jarayonlarning kechish muddati va sonini oldindan oshiriladi. Xodisa va jarayonlarning kechish muddati va sonini oldindan aytib berish imkoniyatlari mavjud buladi. Rivojlangan fan tili vujudga kelgan bulib, UE bayoni fanlararo bog‘lanishlar asosida olib boriladi. Fan asta-sekinlik bilan o‘zining yangi rivojlanish bosqichiga o‘ta  boradi.

To‘rtinchi abstraksiya pag‘ona ( aksiomatik – = 4) narsa va xodisalarni tushuntirish materiallarining keng qamrovligi, xodisalar moxiyatiga chuqur kirib borish bilan tavsiyalashning yuqori darajali umumlashmasidan foydalangan holda oshirish bilan belgilanadi. Fanning predmetlararo tili (kiberne- tika, informatika va boshqa) mavjud bulib, ular yordamida ilmiy bilimlarning amaliy yo‘nalishlari qaytadan ilmiy asoslanadi.

O‘quv predmetining ilmiy darajasi va bu parametr yordamida o‘quvchi ( talaba) lar bilim sifatini baholash uchun ilmiylik koeffitsentini kiritiladi:

K= x /t ,    kaerda:

x– o‘qitish olib borilayotgan darslik yoki metodik qo‘llanma yozilgan abstraksiya pogonasi: t– fan sohasida erishilgan va o‘quv predmetini yuzaga keltirgan abstraksiya pogonasi. Uz- o‘zidan ko‘rinib turibdiki, ilmiylik koeffitsenti 1/4  S chegarasi buladi.O‘quv elementi. Abstraksiya pogonalari.

Muallif:SH.R Xasonova.

Mavzular.

manba