O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan talablar haqida.

0
O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan talablar haqida.

O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan talablar haqida.

O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan talablar haqida.

Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi.”Nutq tafakkur bilan chambarchas bog‘langandir. Nutq bo‘lmasa, tafakkur ham bo‘lmaydi, til materiali bo‘lmasa, fikrni ifodalab berib bo‘lmaydi”.

Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo‘lishini ta’minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug‘at sostavini, grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o‘stirish uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bilimlar, faktlar, har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini o‘rganishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Nutqdan o‘quvchining fikriy rivojining asosiy o‘lchovlaridan biri sifatida foydalaniladi. O‘quvchilarning barcha predmetlaridan materialni o‘zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanishi haqida fikr yuritganda, u yoki bu mavzuni bola o‘z nutqida (yozgan inshosida, axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobida) qanday bayon eta olishiga qaratiladi.

Shunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bo‘lmaydi, nutq tafakkur asosida rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi. Ikkinchi tomondan, nutqning o‘sishi fikrni shaklantirishga yordam beradi, takomillashtiradi.

O‘quvchilar nutqini o‘stirishning mashg‘ulotning boshqa turlari bilan bog‘liqligi. O‘quvchilar nutqini o‘stirish boshqa o‘quv predmetlaridan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog‘lanadi. Ona tili darslarida o‘quvchilar til yordamida  tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar: ular kuzatishni, o‘ylashni va ko‘rganlari, eshitganlari, o‘qiganlari haqida to‘g‘ri bayon qilishni o‘rganadilar. Ona tili darslari bolalar lug‘atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni to‘g‘ri tuzishni o‘rgatadi.

O‘qish darsi va u bilan bog‘liq holda olib boriladigan kuzatish, ekskursiya o‘quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala normalari haqida bilim beradi; bu darsda bolalar nutqiga, uni shakllantirish va o‘stirishga keng imkoniyat mavjud.

Grammatika va to‘g‘ri yozuv darslarida tilni maxsus o‘rganish bilan bolalar alohida tovush, bo‘g‘in, so‘z va gaplarni eshitishga va aytishga o‘rganadilar. Ular predmet, harakat, belgi bildiradigan ko‘pgina so‘zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo‘g‘in, o‘zak, so‘z, so‘z yasovchi, forma yasovchi, qo‘shimcha, so‘z turkumi, ot, sifat, son, fe’l, olmosh, bog‘lovchi, gap, gap bo‘lagi, bosh bo‘lak, ikkinchi darajali bo‘lak, darak gap, so‘roq gap, undov gap; turlanish, bosh kelishik singari juda ko‘p yangi terminlarni bilib oladilar.

Boshlang‘ich sinfdagi boshqa darslarda ham o‘quvchilar nutqi xilma-xil so‘zlar bilan boyitiladi. Matematika darslarida bolalar yangi tasavvur va tushunchalar, juda ko‘p so‘z va terminlar bilan o‘z nutqlarini boyitadilar.

O‘quvchilar tabiatshunoslik darslarida va ekskursiya vaqtida ko‘rgan predmetlarini o‘qituvchi yordamida guruhlaydilar, ularni o‘zaro taqqoslab, o‘xshash va farqli tomonlarini topib aytadilar. Bular, o‘z navbatida, tabiatga oid ayrim tushunchalarni aniq bilib olishga imkon beradi va tafakkurini o‘stiradi.

Mehnat va rasm darslari ham, jismoniy tarbiya, ashula darslari ham, shuningdek, darsdan tashqari mashg‘ulotlar ham o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirishga imkon beradi.

O‘qituvchi barcha darslarda, sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda faqat orfoepik talaffuz va adabiy til normalariga rioya qilgan holda ifodali, ta’sirli so‘zlashi, shuningdek, ham doim o‘quvchi daftariga barcha hujjatlarga husnixat va imlo qoidalariga  rioya qilgan holda yozishi zarur.

Mavzular.

manba