Orfografiya o‘qitish metodikasi haqida ma’lumot.

0
Orfografiya o‘qitish metodikasi haqida ma'lumot.

Orfografiya o‘qitish metodikasi haqida ma'lumot.

Orfografiya o‘qitish metodikasi haqida ma’lumot.

O‘qituvchi orfografik malakaning psixologik tabiatidan kelib chiqib, kichik yoshdagi o‘quvchilarda imloga oid malakani shakllantirish ustida ishlash metodikasini belgilaydi.

Orfografik malaka maxsus nutq malakasidir. To‘g‘ri yozuv –maxsus nutq faoliyati; yozuvning har bir akti murakkab harakat bo‘lib, uning asosida nutq yotadi. Orfografik malaka nutq faoliyatining komponenti sifatida gapni sintaktik tomondan to‘g‘ri tuzish, so‘zni uslubiy aniq qo‘llashni ham o‘z ichiga oladi. Orfagrafik malaka murakkab malaka bo‘lib, uzoq  davom etadigan mashqlar jarayonida yaratiladi va so‘zni fonetik tomondan tahlil qilish, uning morfemik tarkibini aniqlash ko‘nikmasi kabilarga asoslanadi.

Psixologiya malakani avtomatik  harakat, ya’ni mashqlar natijasida asta-sekin avtomatlashgan ongli harakat deb belgilaydi. Avtomatlashish o‘rganilgan orfografik qoidaning osonqiyinligiga bog‘liq. Orfografik malaka o‘z tabiati bilan avtomatik hisoblanmaydi. Malaka asosiga qo‘yilgan ko‘nikma mustahkamlanadi,  takomillashadi, yaxshilanadi (harakat tezlashadi, aniq-to‘g‘ri bo‘la boshlaydi, ishonarli va tejamli bajariladi); shuning bilan birga, faoliyatning strukturasi qayta quriladi: mayda birlik bilan ishlash kengroq , butun, qo‘shilgan birliklar bilan ishlashga o‘tadi (masalan, so‘zni harflab ko‘chirish, bo‘g‘inlab ko‘chirish bilan, keyin so‘zni yaxlit ko‘chirish bilan, so‘ngra u gapni ko‘chirish bilan almashadi.) bir imlo malakasi avtomatlashadi, imloga oid boshqa hodisa o‘rganiladi va asta-sekin so‘zni to‘g‘ri yozish malakasi hosil bo‘ladi. Umuman olganda, yozuv murakkab harakat sifatida ongli jarayonligicha qoladi.

To‘g‘ri yozuv malakasining shakllanishi uchun o‘quvchidan fikrlash faoliyati talab etiladi. Biror to‘g‘ri yozuv hodisasini o‘zlashtirish uchun o‘quv va yodda saqlashgina emas, balki analiz va sintez ham tadbiq etiladi. Bunda grammatik va orfografik  hodisalarning o‘xshash va  farqli tomonlarini aniqlash uchun taqqoslash usulidan foydalanish  hamda so‘z va so‘z shakllarini ma’lum grammatik yoki grafik guruhlarga ajratish, muayyan sistemaga solish, tushuntirish va isbotlash mashqlaridan foydalanish muhim rol o‘ynaydi.

Shunday qilib, orfografiyani o‘rgatishda, grammatikani o‘rgatish kabi, o‘quvchilarning analitik-sintetik faoliyatini asta takomillashtira borish talab etiladi. O‘quvchilarda to‘g‘ri yozuv malakasini shakllantirish grammatik nazariyani va imlo qoidasini o‘zlashtirishga asoslanadi. Imlo qoidalari bir so‘znigina emas balki umumiylik mavjud bo‘lgan butun so‘zlar guruhining yozilishini tartibga soladi.

Bu xususiyati bilan u qoida xat yozuvchini har bir so‘zni yodda saqlash, xotirlashdan qutqaradi va qoidaga amal qilib, belgilangan qoidaga muvofiq, butun so‘zlar guruhini yozish imkonini yaratadi. Imlo qoidasi grammatik umumiylik asosida birlashgan so‘zlarning yozilishini bir xillashtiradi. Bu yozma ravishdagi aloqani yengilashtiradi va imlo qoidalarining ijtimoiy ahamiyatini ta’kidlaydi. Imlo qoidalarini grammatik, fonetik, so‘z yasalishiga oid materiallarini ma’lum darajada bilmasdan turib o‘zlashtirish mumkin emas. Grammatik nazariya imlo qoidalari uchun poydevor hisoblanadi.

Shuning uchun boshlang‘ich sinflarda imlo qoidasi shu qoidaga asos bo‘ladigan grammatik nazariyaga bog‘liq holda o‘rganiladi. Masalan, shakl yasovchi qo‘shimchalarning yozilishi haqidagi qoidalar “Ot”, “Sifat”, “Son”, “Kishilik olmoshlari”, “Fe’l” mavzulari ichiga kiritilgan. Materialning bunday joylashtirilishi grammatika va orfografiyani bir-biriga bog‘liq holda o‘rganishni ta’minlaydi. Imlo qoidasi bevosita grammatik nazariya elementlaridan so‘ng o‘rganiladi. Masalan, otlarning kelishiklar bilan turlanishi o‘rganilgach, kelishik qo‘shimchalarining yozilishi haqidagi ko‘nikma shakllantiriladi.

“Sifat” mavzusini o‘rganish – roq, qo‘shimchasining va qip-qizil, yum-yumaloq  kabi sifatlarning yozilishiga, “Fe’l” mavzusini o‘rganish bo‘lishsizlik (-ma) va o‘tgan zamon      (-di) qo‘shimchalarining yozilishiga zamin yaratadi. Imlo qoidalarini o‘rgatishga bunday yondashish boshlang‘ich sinflarda barcha orfografik materiallarni o‘rganishda tipik hisoblanadi.

Imlo qoidalari ustida ishlash – murakkab jarayon, qoidaning mohiyatini ochish, o‘quvchilarning qoida ifodasini o‘rganib olishlari, qoidaning yozuv tajribasiga tadbiq etish uning asosiy komponentlari hisoblanadi.

Qoida mohiyatini ochish qoida so‘zning qaysi qismini, qaysi so‘z turkumi yoki grammatik shaklini yozishni boshqarishni, bunda qaysi belgilar yetakchi ekanini tushuntirish demakdir. O‘quvchilarni qoida bilan tanishtirish uchun material tanlashda o‘qituvchi bu yetakchi belgilarni albatta hisobga oladi. Masalan, oxiri yumshatish belgisi () bilan tugagan so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shilganda, yumshatish belgisi yozilmasligi haqidagi qoidaning (2-sinf) mohiyatini ochishda o‘quvchilar oxiri yumshatish belgisi bilan tugagan so‘z aytadilar, keyin o‘qituvchi rahbarligida shu so‘z bilan gap tuzadilar. O‘qituvchi doskaga yozib boradi: lager, royal. Men lagerda bo‘ldim. Yulduz royalni yaxshi chaladi.

Lager – lagerda, royal – royalni so‘zlarini taqqoslaydilar; lagerda va royal –o‘zak, -da va –ni qo‘shimcha ekanini aytadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarga bu so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shilganda, qanday o‘zgarish yaratiladi. O‘quvchilar bunday vaziyatni 1-sinfda ham kuzatganlar, shuning uchun fahmlab aytib berishlari mumkin. Suhbat xulosalanadi.

Qoida ifodasi ustida darslik bo‘yicha ishlanadi. Bunda o‘quvchilarning qoida strukturasini anglab yetishlari ahamiyatlidir. Shuning uchun darslikdagi qoida qismlarga bo‘linadi. (Aslida o‘quvchilar bu vazifani mashq jarayonidayoq bajarib qo‘yadilar) O‘quvchilar o‘rganilgan qoidaga misol aytish va xilma-xil mashqlarni bajarish yo‘li bilan uni yangi til materialiga, ya’ni yozuv tajribasiga tadbiq etadilar.

Qoida ustida ishlash metodikasi shu qoidaning xarakteriga qarab tanlanadi. Masalan, bo‘lishsizlik qo‘shimchasi (-ma)ning yozilishini deduktiv yo‘l bilan o‘rgatish mumkin. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi (-ga) ning oxiri –q bilan tugagan otlarga –qa, -k bilan tugagan otlarga –ka shaklida qo‘shilishi haqida induktiv yo‘l bilan tushuntirish maqsadga muvofiq.

O‘quvchilar qoidadagi asosiy fikrni ajratishga yordam beradigan vazifalarni bajarsalar, uni o‘zlashtirish xiyla qulay bo‘ladi. Chunki bolalar aniq material bilan ishlaydilar va uni tahlil qilish vaqtida qoidaning muhim tomonlarini ajratadilar, qoidani ongli o‘zlashtiradilar. Nimanidir, masalan, so‘zlarning talaffuzi va yozilishini, so‘z turkumlarini, so‘z qismlarini bir-biriga taqqoslash o‘quvchilarning aqliy aktivligini aniq yozib ko‘rsatish ham ahamiyatli hisoblanadi. Qoidada aks ettirilgan muhim fikrni ajratishga o‘qituvchining savollari yordam beradi. Bu savollar, o‘z navbatida qoidani shakllantirish rejasi ham hisoblanadi.

Mavzular.

manba