Bosh sahifa mavzular O’rgatish prinsiplari, vositalari va trenirovka.

O’rgatish prinsiplari, vositalari va trenirovka.

0
O'rgatish prinsiplari, vositalari va trenirovka.

O'rgatish prinsiplari, vositalari va trenirovka.

O’rgatish prinsiplari, vositalari va trenirovka.

O’rgatish prinsiplari, vositalari va trenirovka. O‘rgatish jarayonida uslublar va vositalardan foydalanish muayyan tartibda qo‘llaniladigan pedagogik prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Ushbu prinsiplar quyidagilardan iborat: ilmiylik, onglilik va faollik, muntazamlik va uzviy bog‘liqlik, mutanosiblik va muvofiqlik, mukammallik, uzluksizlik, «yengildan og‘iriga», «o‘tilganidan o‘tilmaganiga», «oddiydan murakkabga», umumiy va maxsus tayyorgarlik borligi. Mazkur pedagogik prinsiplarni qo‘llaish tartibi, xususiyatlari va uslubiy ko‘rsatmalar 9-jadvalda yoritilgan.

9-jadva O‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan umumiy va maxsus pedagogik  prinsiplar

T/r O‘rgatish prinsiplari Prinsiplarni qo‘llaish xususiyatlari va uslubiy ko‘rsatmalar
1. Ilmiylik O‘rgatishda bolalar Yoshi, jinsi, jismoniy va psixofunksional imkoniyatlar e’tiborga olinib, mashqlar me’yorlanadi. Natija testlar yordamida ilmiy tahlil qilinadi
2. Onglilik va faollik O‘rgatilayotgan malaka (harakat)larga ongli tasavvur etilishi zarur, O‘rgatishda bolalar faolligi ta’minlanishi lozim
3. Muntazamlilik va uzviy bog‘liqlik Bosqichma-bosqich    o‘zlashtiruv,    takomillashuv va mukammallaishuv ta’minlanadi
4. Mutanosiblik va muvofiqlik Mashqlar murakkablik va yuklama salohiyati (hajmi, Shiddati, yo‘nalishi, takrorlanishi va muddati) jihatlaridan Shug‘ullanuvchi imkoniyatiga mos bo‘lishi darkor
5. Mukammallik Texnik jihatdan to‘g‘ri o‘zlashtirilgan malakalar takomillashuv asosida turg‘un va barqaror darajaga ko‘tariladi
6. Uzluksizlik Yildan yilga O‘rgatish va takomillashtirish jarayoni murakkablaishib borishi darkor, uzilishlarga yo‘l qo‘yish salbiy natijalarga olib keladi
7. «Yengilidan og‘iriga» O‘zlashtirishga loyiq yengil yuklamalar progressiv yo‘nalishda, lekin «to‘lqinsimon» Shaklda kuchaytirib borilishi kerak
8. «O‘tilganidan o‘tilmaganiga» Shug‘ullanuvchi o‘zlashtirgan (unga tanish bo‘lgan) mashqlardan, ya’ni mashqlarga o‘tish, O‘rgatish samaradorligin oshiradi
9. «Oddiydan murakkabga» Eng oddiy mashqlarni O‘rgatish va takomillashtirish davomida sekin-asta murakkablaishtirib borilishi lozim
10. Umumiy va maxsus

tayyorgarlik birligi

O‘rgatish va takomillashtirish jarayonida jismoniy texnik-taktik va psixofunksional tayyorgarlik birligi, ularni o‘zaro bog‘liqligi ta’minlanishi zarur

 

Voleybolda ham boshqa sport turlari kabi O‘rgatishning asosiy vositasi jismoniy mashqlar hisoblanadi. Ular juda turli-tumandir. Shuning uchun ular ma’lum bir O‘rgatish bosqichidagi qo‘yilgan vazifalarni hal etishdagi o‘rni bo‘yicha turkumlanadi. Bunday turkumlanishga voleybolchilarning musobaqa faoliyati asos qilib olingan. Shunga bog‘liq holda mashqlar ikki katta guruhga ajratiladi: asosiy yoki musobaqa va yordamchi yoki trenirovka.

Musobaqa mashqlari voleybolga xos bo‘lgan xususiy mashqlardir. Bunda texnik usullar va taktik harakatlar musobaqa Sharoitidagi o‘yin holatlariga mos holda bajariladi.

Trenirovka mashqlari asosiy malakalarni egallashni yengillaishtirish, tezlaishtirish va ularni qo‘llaish samaradorligi, ishonchliligini ta’minlaishga   qaratilgan-dir. Ular maxsus va umumrivojlantiruvchi mashqlardan tashkil topadi.

O’rgatish prinsiplari, vositalari va trenirovka. Maxsus mashqlar ikki guruhga bo‘linadi: tayyorgarlik mashqlari; Yaqinlashtiruvchi mashqlar. Tayyorgarlik    mashqlaridan   asosan maxsus  jismoniy  sifatlarni tarbiyalaishda foydalaniladi.

Yaqinlashtiruvchi mashqlardan aniq texnik harakatlarni egallashga qaratilgan jarayonda foydalaniladi. Umum rivojlantiruvchi mashqlardan asosiy jismoniy sifatlarni tarbiyalaish hamda zarur jismoniy harakat ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishda foydalaniladi. Barcha mashqlar o‘zining yo‘nalishiga qarab trenirovkalarning tarkibiy qismiga kiritiladi. Bu

tayyorgarliklar quyidagilardir: umumiy jismoniy; maxsus jismoniy; texnik; taktik; integral (Yaxlit o‘yin). Har bir tayyorgarlik turining o‘ziga xos yetakchi vositalari mavjud bo‘lib, ular yordamida maxsus vazifalar yechiladi. Shu bilan birga bir tayyorgarlik turiga oid bo‘lgan mashqlar boshqa tayyorgarlik turidagi mashqlar bilan Yaqindan bog‘langan bo‘ladi. Masalan, Shug‘ullanuvchida tezkorlik-kuch sifati zarur darajada rivojlanmagan bo‘lsa, u hujum zarbasi berish texnikasini bajara olmaydi. Bu holda tezkorlik-kuch sifatini rivojlantirishga oid mashqlarni berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki hujum zarbasini takrorlaish hajmini oshirish bu holda samara bermaydi.

Voleybol harakatlariga O‘rgatishda vositalarning samarasi ko‘p hollarda ularni qo‘llaish uslublariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Uslublar qo‘yilgan vazifa, Shug‘ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasi, aniq Shart-Sharoitlarga bog‘liq holda tanlanadi va qo‘llanadi.

Qo‘yilgan vazifaga bog‘liq ravishda aynan bir vositani turli uslublarda qo‘llab, undan turlicha foydalanish mumkin. Bundan tashqari, har bir tayyorgarlik turida vazifalar va turlarning ketma-ketligi ham ma’lum mantiqiy bog‘liqlikka egadir.

Bir tayyorgarlik turidagi vazifalar sifat jihatidan o‘zgarib, keyingi tayyorgarlik turiga zamin Yaratadi. Masalan, tayyorgarlik mashqlari o‘rganilayotgan texnik usulning umumiy tuzilishini ifoda etadi. Yqinlaishtiruvchi mashqlar maxsus jismoniy tayyorgarlikdan texnik tayyorgarlikka o‘tishda ko‘prik vazifasini o‘taydi. Ma’lum darajadagi murakkablik asosida qurilgan texnik mashqlar taktik ko‘nikmalarni Shakllantirishga yordam beradi. Shu asosda keyinchalik Yakka tartibdagi taktik harakatlar o‘rganiladi.

O’rgatish prinsiplari, vositalari va trenirovka. Voleyboldagi asosiy harakatlanish – bu Yuqorish, yugurish, yonga qadam tashlab yugurish, orqa bilan, qadam tashlab to‘xtaish, sakraishdan iboratdir. Ko‘p hollarda harakatlanishlar qiyin emas deb izohlanib, ularga yetarli e’tibor berilmaydi. Bu esa noto‘g‘ri fikrdir. Chunki o‘yinchining turli harakatlarni bajarishi uchun holat va joy tanlaishi bajariladigan harakatning samarasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladi. Shuning uchun harakatlanishlarni O‘rgatishga katta e’tibor qaratish zarur.

Umumrivojlantiruvchi mashqlar. Bu bo‘limning asosiy vositalari tarkibiga yugurishlar va harakatli o‘yinlar kiradi. Shu maqsadda quyidagi yugurishlardan: to‘g‘ri yo‘nalishda yugurishlar; sonni Yuqoriga ko‘tarib yugurish; sakrab-sakrab yugurishlar; boldirni orqaga siltab yugurishlar; orqa tomon bilan yugurishlar; yo‘nalishni o‘zgartirib yugurishlardan foydalaniladi. Mashqlarni bajarish vaqtida qo‘llar tirsak qismidan bukilgan bo‘lib, harakatlanishga faol yordam berishi kerak. Depsinishdan so‘ng oyoqlarning to‘g‘irlanishiga erishish zarur. «Kun va tun», «Raqamlarni chaqirish», «Olib ketishga intil» va boshqa Shu kabi harakatli o‘yinlardan foydalaniladi.

Tayyorlov mashqlari. Tayyorlov mashqlari o‘zining ta’siriga qarab diqqat va javob harakat reaksiyalarining tezkorligi va ayrim harakatlar tezkorligini rivojlantiruvchi mashqlarga ajratiladi. Birinchi guruhdagi mashqlarga Eshitish va ko‘rish signallari bo‘yicha harakatlanish mashqlari kiradi. Mashqlarni berishda «oddiydan – murakkabga» tamoyiliga rioYa qilish kerak. Masalan, murabbiyning signaliga asosan tezlikni o‘zgartirmasdan harakat yo‘nalishini o‘zgartirgan holda harakatlanish yoki aksincha bajarish mumkin. Maishqni o‘zlashtirish darajasiga qarab ular turli usulda qo‘Shib olib boriladi.

Namunaviy mashqlar

  1. Qisqa masofalarga turlicha dastlabki holatlardan yugurish: start chizig‘iga orqa bilan cho‘qqayib; qo‘llarga taYanib yotgan holda. Harakatning boshlanishi bo‘lib murabbiyning to‘pni Yuqoriga tashlaishi, qo‘lini yon tomonga, Yuqoriga ko‘tarishi va hokazo harakatlari xizmat qiladi.
  2. 10–20 metrli bo‘laklarga maksimal sur’atda yugurish; «archa», «mokisimon yugurish» lar.
  3. Ko‘rish va Eshitish signallariga javoban tezlikni o‘zgartirib yugurishlar. Masalan, sekin

yugurish: signal bo‘yicha – tezlaishish, to‘p Yuqoriga tashlanganda – sekin yugurish, to‘p ilib olinganda – to‘xtaish, to‘p yerga urilganda – tezlanish.

  1. Ko‘rish va Eshitish signallariga javoban harakat yo‘nalishini o‘zgartirib yugurishlar. Masalan, o‘rtacha sur’atda yugurish: keskin signal – yo‘nalishga Qarshi yugurish, ikkita signal – yo‘nalish bo‘yicha yugurish, chapak – chapga yugurish va Shu kabilar.

To‘pni ikki qo‘llab yuqoridan uzatishga O‘rgatish Umumrivojlantiruvchi mashqlar

  1. Qo‘llarni oldinga, yonga, Yuqoriga qilib qo‘l panjalarini bukib-yozish.
  2. Tennis (rezinka) to‘plarini ezish.
  3. Devorga kaft va barmoqlar bilan tiralgan holda itarilishlar.
  4. Qo‘llarga yotib taYangan holda bukib-yozishlar.
  5. Basketbol, futbol to‘plarini yerga urib olib Yuqorishlar.
  6. Basketbol, futbol to‘plarini bir qo‘l bilan devor tomon irg‘itish.
  7. To‘ldirma to‘plarni turli holatlardan: ko‘krak oldidan, bosh orqasidan, pastdan-yondan irg‘itishlar.

O’rgatish prinsiplari, vositalari va trenirovka.

Muallif: R.N.Ro`zmetov

Mavzular.

manba