Bosh sahifa mavzular Orientirlash haqida tushuncha.

Orientirlash haqida tushuncha.

0
Geodezik zichlashtirish to‘rlari va geodezik tasvirga olish to‘rlari.

Orientirlash haqida tushuncha.

Orientirlash haqida tushuncha.

Orientirlash haqida tushunchalar va qisqacha ma`lumotlar. Orientirlash haqida tushuncha. Joydagi biror chiziqning boshlang‘ich deb qabul qilingan chiziqqa nisbatan yo‘nalishini aniqlash – shu chiziqni orientirlash deyiladi.

Har qanday chiziqning yo‘nalishi, shu chiziq bilan boshlang‘ich yo‘nalish deb qabul qilingan
chiziq orasida hosil bo‘lgan burchak yordamida aniqlanadi.
Bu burchak orientirlash burchagi deb ataladi. Masalan: OX – boshlang‘ich yo‘nalish. OS
chizig‘ining OX ga nisbatan yo‘nalishi orientirlash burchagi yordamida aniqlanadi.

Joydagi biror chiziq yo‘nalishini aniqlashda boshlang‘ich yo‘nalish deb geografik meridian
qabul qilinsa, ular orasidagi orientirlash burchagiga – haqiqiy azimut, magnit meridian qabul
qilinsa – magnit azimut o‘q yoki unga parallel bo‘lgan chiziq qabul qilinsadireksionburchak
deyiladi.
Haqiqiy azimut, magnit azimut va direksion burchak boshlang‘ich yo‘nalishning shimol
tomonidan boshlab soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha 0 dan 360 gacha o‘lchanadi.

Am – OS chizig‘i magnit azimuti.
A – OS chizig‘ining haqiqiy azimuti.
OS chizig‘ining direksion burchagi.
Haqiqiy azimut bilan magnit azimut bir-biridan farq qiladi. – Bu burchak magnit
strelkasining og‘ish burchagi deyiladi.
Haqiqiy azimut bilan direksion burchak bir-biridan burchakka farq qiladi. Bu burchak –
meridianlar yaqinlashish burchagi deyiladi.

Azimutlar, direksion burchaklar varumblar.
Rumb – boshlang‘ich yo‘nalishning shimoliy va janubiy tomoni bilan, chiziq yo‘nalishi
orasidagi burchakdir. Rumb 0 dan 90 gacha o‘zgaradi.
Rumb burchakni qiymatini oldiga koordinata choragini nomi yoziladi. SHSHq, SHG‘, JSHq,
JG‘ Yer yuzidagi har bir chiziqning to‘g‘ri va teskari orientirlash burchagi bo‘ladi.
MN chiziqning M nuqtadan boshlangan yo‘nalishi direksion burchagi –  to‘g‘ri direksion
burchakN nuqtadan boshlangan yo‘nalishning direksion burchagi  – teskari direksion burchak To‘g‘ri direksion burchak bilan teskari direksion burchak bir-biridan 180 ga farq qiladi.
Xuddi shunday rumb burchaklari ham to‘g‘ri va teskari bo‘ladi; r – to‘g‘ri rumb burchak; r’ –
teskari rumb burchak; r va r’ larni qiymatlari teng, faqat nomlari o‘zgaradi – SHSHq – JG‘bo‘ladi. JG‘ – SHSHq- bo‘ladi.

Meridianlar yaqinlashish burchagi.
Agar A va V nuqtalardan o‘q meridianiga parallel chiziqlar o‘tkazsak + va – burchaklar
hosil bo‘ladi. Bu burchaklar meridianlar yaqinlashish burchaklari bo‘ladi(2.4.1.– shakl).
Geografik meridian bilan o‘q meridianiga parallel bo‘lgan chiziq orasidagi burchakka
meridianlar yaqinlashish burchagi deyiladi. O‘q meridian bilan berilgan nuqta meridiani geografik uzunliklarining ayirmasi.
Absissa o‘qi – meridianlar sharq tomondan o‘tsa – meridianlar yaqinlashishi burchagi sharqiy bo‘ladi, ishorasi (+) bo‘ladi;
Absisa o‘qi meridianning g‘arb tomonidan o‘tsa – g‘arbiy bo‘ladi va ishorasi (-) bo‘ladi.
Haqiqiy azimut bilan direksion burchak orasidagi munosabat. Yo‘nalishning haqiqiy azimuti
va shu joydagi meridianlar yaqinlashish burchagi ma’lum bo‘lganda uning direksion burchagini, direksion burchagi va meridianlar yaqinlashish burchagi ma’lum bo‘lganda esa, haqiqiy azimutni aniklash qo‘ydagi formulalar bilan aniqlanadi. α = Α –γshq. va A =α + γshq. Burchak  – meridianlar yaqinlashish burchagi; Magnit strelkasining og‘ish burchagi.         Geografik qutublar bilan magnit qutublari bir nuqtada joylashmaganligidan geografik meridian bilan magnit meridiani orasida qandaydir burchak hosil bo‘ladi. Bu burchak magnit strelkasining og‘ish burchagi deyiladi.

A – Os chizig‘ining haqiqiy azimuti.
Am – OS chizig‘ining magnit azimuti.
magnit strelkasining og‘ish burchagi bo‘ladi.

Magnit meridian geografik meridiandan sharqga og‘sa – sharqiy deyiladi va ishorasi (+)
bo‘ladi.
Magnit meridian geografik meridiandan g‘arbga og‘sa – g‘arbiy bo‘ladi ishorasi (-);

Orientirlash haqida tushunchalar va qisqacha ma`lumotlar.

Muallif: A.Ganiyev.

Mavzular.

manba