O‘rta asrlarda arab va eron sayyohlarining O‘zbekiston tabiati haqidagi ma‘lumotlari.

0
O‘rta asrlarda arab va eron sayyohlarining O‘zbekiston tabiati haqidagi ma‘lumotlari.

O‘rta asrlarda arab va eron sayyohlarining O‘zbekiston tabiati haqidagi ma‘lumotlari.

O‘rta asrlarda arab va eron sayyohlarining O‘zbekiston tabiati haqidagi ma‘lumotlari.

O‘rta asrlarda O‘zbekiston tabiiy gerografik bilimlarini takomillashib borishiga hissa qo‘gan mahalliy, arab va eron sayyohlari qoldirgan ma‘lumotlar yunonistonda tabiat haqidagi tasavvurlarning shakllanishi

  • Ibn Xurdodbeh, Ibn Rustad, Al Ma‘sudiy, Axmad ibn Fazlon,Abu Ishoq

Istahriy, Ibn Xavqal, Yoqo‘t ibn Abdullo,Ibn Batuta, Muhmmad  ibn Muso al-

Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy Abu Abdullo Muhammad ibn at TermiziyAbu Nasr Farobiy,Abu Bakr Narshaxiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,Mahmud

Kashg‘ariy.

Muhmmad  ibn Muso al-Xorazmiyning O‘zbekiston geografiyasini rivojlanishiga qo‘shgan hissasi.

  • Turkistonda geografiya fanining rivojlanishida dunyoga mashhur atoqli matematik astranom va geograf Muhmmad  ibn Muso al-Xorazmiyning xizmati bebahodir. U tabiiy fanlarga oid ko‘plab asarlarning muallifi. SHular ichida eng muhim geografik va kartografik asari «Erning tasviri» («Sur‘at al-arz») kitobidir. Bu kitob «Xorazmiy geografiyasi» nomini olib, unda Yer kurrasidagi 537 tageografik nuqtaning, jumladan 200 dan ortiq tog‘larning ta‘rifi berilgan. Asarda mamlakatlar, okeanlar, dengizlar, daryolar, ko‘llar haqida ma‘lumotlar bo‘lib, geografik ob‘ektlarning aniq koordinatalari berilgan. Musa Xorazmiy meridian yoyining bir darajasi 111,8 km.ga teng ekanligini (haqiqatda 111,0 km) ham aniqlagan.Muso Xorazmiyning yuqorida qayd qilingan xizmatlarini hisobga olib H.Hasanov  IX-X- asrlarni qamrab olgan va O‘rta Osiyo geografiya fanining tug‘ilish davrini «Muhmmad Muso Xorazmiy – Balxiy geografiya maktabi» davri deb ataydi.

Ahmad al- Farg‘oniyning O‘zbekiston geografiyasini rivojlanishiga       qo‘shgan hissasi.

  • Buyuk astranom, sayyoh va geograf Ahmad al- Farg’oniy O‘rta Osiyo geografiyasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Uning geografiyaga oid eng muhim kitobi «Astranimiyaga kirish» («Madhal an-nujum») bo‘lib, unda yer sharining sharsimonligi dalillar bilan isbotlangan, o‘lka geografiyasiga oid muhim ma‘lumotlar qoldirgan. U Oy va Quyosh tutilishini yer yuzining turli nuqtalarida turlicha bo‘lish sabablarini ko‘rsatgan. Ahmad Farg‘oniy astranomi, geodeziya va geografiyaga oid o‘lchov asboblarini, xususan, daryo suv miqdorini o‘lchaydigan asbob («Miqyosi jadad» yoki «Nilomer») ni yaratgan.

Abu Nasr Farobiyning O‘zbekiston geografiyasini rivojlanishiga qo‘shgan hissasi.

  • O‘lka tabiiy geografiyasiga oid nazariy bilimlarning takomillashuvidavatandoshimiz ―SHarq Arastusi‖ deb shuhrat qozongan qomusshunos olim Abu Nasr Farobiyning xizmati buyuk. U astranom, matematik, tabib, faylasuf, musiqashunos, geograf olim sifatida dunyoga tanilgan. Farobiy tabiiy va ijtimoiy fanlarga oid 160 dan ortiq asar yozgan.U «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi» nomli kitobida tabiat haqidagi fan boshqa barcha ta‘limiy fanlardan boy va ko‘lami keng deb ko‘rsatadi. SHuningdek, Farobiy moddiy dunyoning to‘rt «ildizi»-olov, havo, suv va yer mavjudligi haqida fikr yuritadi. Bu esa hozirgi zamon geografik qobiq unsurlari – litosfera, gidrosfera, atmosferaga mos keladi. Farobiy tabiatshunos olim, sayyoh sifatida O‘rta Osiyo o‘lkasini, xususan, Sirdaryo vodiysini bir necha marta aylanib chiqib, geografiyaga oid juda qiziqarli ma‘lumot qoldirgan

Abu Rayhon Beruniyning O‘zbekiston geografiyasini rivojlanishiga qo‘shgan hissasi.

  • O‘zbekiston hududida tabiiy-geografik tasavvurlar ravnaqida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning xizmatlari benihoya kattadir. U astronomiya, fizika, matematika, geografiya, iqlimshunoslik, geodeziya, kartografiya, umumiy geologiya, minerologiya, geodeziya, kartografiya, etnografiya, botianika, tarix, adabiyot va boshqa fanlarningrivojiga katta hissa qo‘shgan va shu sohalarga bag‘ishlangan 150 dan ortiq asar yozgan allomadir.Bular ichida bizgacha yetib kelganlari «Hindiston», «Geodeziya», «Kartografiya», «Minerologiya», «Osari boqiya», «At-Tafhim», «Saydona», «Qonun Ma‘sudiy» kabi asarlaridir. Beruniy «At Tafqim» kitobining «Erning kattaligini aniqlash» bo‘limida va «Qonun Ma‘sudiy» hamda «Hindiston» kitoblarida Yerning shakli va o‘lchami haqida qimmatli ma‘lumotlar bergan. «Saydona» asarida O‘zbekiston hududida o‘suvchi dorivor o‘simliklar geografiyasiga oid ma‘lumotlar beradi. U Turkiston tabiiy geografiyai, xususan Qizilqum va Qoraqum tabiati, geologik tarixi, daryolar migratsiyasi (tetrab oqishi), ayniqsa Turon poleogeografiyasi haqida qimmatli ma‘lumotlar qoldirgan.Beruniy «Geodeziya» asarida orolning kelib chiqish tarixi,

Kalif Uzboy Amudaryoning qadimiy o‘zani ekanligi haqida qimmatli ma‘lumotlar qoldirgan.

Abu Ali ibn Sinoning O‘zbekiston geografiyasini rivojlanishiga qo‘shgan hissasi.

  • O‘rta asr tibbiyotilmining buyuk vakili Abu Ali ibn Sino O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganishda alohida o‘rin tutadi.U o‘lkadagi yirik rel‘ef shakllari hisoblangan botiq, tekislik va tog‘larning vujudga kelishida tashqi va ichki kuchlarning ta‘siri haqida fikr yuritgan. Ibn Sino minerallarni quyidagi to‘rt guruhga–toshlar, metallar, oltingugurtli yonuvchi jinslar va tuzlarga ajratgan. Qimmatbaho tashlarning hususiyatilarini tavsiflab bergan.

Temuriylar davrida O‘rta Osiyoda geografik bilimlarning rivojlanishi va unga hissa qo‘shgan  allomalar.

  • O‘rta Osiyoda geografik bilimlarning rivojlanishida Temuriylar davri alohida o‘rin tutadi. Chunki Temuriylar ilm-fan ravnaqiga alohida e‘tibor berilib, astranomiya, geografiya, tarix, adabiyot sahasida bir qator olimlar ijod qildilar.

Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin Naqqosh, Abdurazzoq Samarqandiy, Ali Qushchi, Zahiriddin Muhammad Bobur, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid kabi allomalar shular jumlasidandir.

Mavzular.

manba