O’rta Osiyo Axmoniylar va Yunon-makedon hukmronligi davrida. Mahalliy aholining bosqinchilarga qarshi ozodlik uchun kurashi.

0
Rus   mustamlakachilarining   o’lkaga   rus   aholisini   ko’chirib   keltirish  siyosati.

O’rta Osiyo Axmoniylar va Yunon-makedon hukmronligi davrida. Mahalliy axolining bosqinchilarga qarshi ozodlik uchun kurashi

O’rta Osiyo Axmoniylar va Yunon-makedon hukmronligi davrida. Mahalliy aholining bosqinchilarga qarshi ozodlik uchun kurashi.

O’rta Osiyo Axmoniylar va Yunon-makedon hukmronligi davrida. Mahalliy aholining bosqinchilarga qarshi ozodlik uchun kurashi.

Mil.avv.  VI  asrning  o‘rtalariga  kelib  shafqatsiz  kurashlar  natijasida  Midiya  podsholigi  o‘rnida  Ahamoniylar  davlati  tashkil  topadi.  Ko‘pchilik  ilmiy  –  tarixiy  adabiyotlarda  Kir  II  Ahamoniylar  davlatining  asoschisi  sifatida  e’tirof  etiladi.  Ahamoniylarning  Kir  II,  Kambiz,  Doro  I,  Kserks  kabi  hukmdorlari   qadimgi   Sharqdagi   juda   ko‘plab   mamlakatlar   ustidan   o‘z   hokimiyatini   o‘rnatishni  rejalashtirilganlar va shunday siyosat olib borganlar. Qadimgi dunyo mualliflari Gerodot, Ksenofont,  Ktesiy, Yustin kabilarning ma’lumotlaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Kir II mil.avv. 545-539 yillarda  Sharqiy  Eron  va  O‘rta  Osiyo  viloyatlarini  bosib  oladi.  Doro  I  davrida  (mil.avv.  522-486  yy.  )  Ahamoniylar   sulolasi   Hind   vodiysidan   O‘rta   Yer   dengiziga   qadar   bo‘lgan   keng   hududga   o‘z  hukmronligini  o‘rnatgan.  Juda  ko‘p  sonli  davlatlar,  viloyatlar,  Shaharlar  va  xalqlarni  birlashtirgan  Ahamoniylar saltanati tarixda birinchi yirik dunyo davlati hisoblanadi.

Mil. avv. VI asrning o‘rtalarida Kir II o‘zining sodiq lashkarboshlaridan biri bo‘lgan Garpagga Kichik  Osiyodagi  Shahar-davlatlarni  bosib  olishni  buyuradi.  O‘zi  esa  O‘rta  Osiyo  hududidagi  viloyatlarni  (Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona va boshq.) bosib olishiga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi.  Gerodot Kir II ning massagetlarga qarshi yurishi haqida so‘zlar ekan, bu yurishlarning ko‘pchiligi haqida  to‘xtalmasdan, faqat forslarni tashvishga solgan yurishlar haqida eslatib o‘tadi. Tarixchining ma’lumot  berishicha, Garpag Kichik Osiyo Shaharlarini birin-ketin bosib olguncha Kir II butun Osiyo xalqlarini  bo‘ysundiradi va shundan keyingina Bobilga yurish boshlaydi.

Tarixiy manbalarning ma’lumot berishicha, O‘rta Osiyo xalqlari ahmoniylar bosqiniga qarshi qattiq  kurash olib borganlar. Xususan, massaget kabilalari malika To‘maris (Tomiris) boshchiligida forslarning  turli hiyla-nayranglar ishlatishiga qaramasdan ularning katta qo‘shinini tor-mor etadilar. Malika To‘maris  va massagetlarning harbiy mahorati tufayli bu jangda ahmoniylar hukmdori Kir II ham halok bo‘ladi.

Gerodot xabar berishicha, “Bu jang varvarlar (massagetlar) ishtirok etgan janglar orasida eng dahshatlisi  edi… Kamon o‘qlari tugagach, qo‘l jangi boshlanib nayza va qilich bilan kurashdilar. Qo‘shinlar jangi  uzoq  vaqt  davom  etdi.  Nihoyat  massagetlar  g‘alaba  qozondilar.”  Kir  II  qo‘shinlarining  massagetlar  tomonidan tor-mor etilishi mil. avv. 530 yilga to‘g‘ri keladi.

Tarixchi Polien forslarga qarshi kurashgan SHiroq qahramonligi haqidagi afsona to‘g‘risida xabar  beradi. Uning xabariga ko‘ra, sak kabilalarining vakili bo‘lgan SHiroq ismli cho‘pon hiyla yo‘li bilan  forslarning katta qo‘shinlarini suvsiz sahro ichkarisiga adashtirib qo‘yadi. SHiroq ham, fors qo‘shinlari  ham ochlik va tashnalikdan halok bo‘ladilar.

Mil. avv. 522 yilda ahamoniylar taxtiga Doro I o‘tiradi. U taxtga o‘tirishi bilanoq Parfiya, Marg‘iyona  va “saklar o‘lkasi”da forslarga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘tariladi. Behistun yozuvlariga qaraganda, 522  yilning  oxirida  Marg‘iyonada  ko‘tarilgan  qo‘zg‘olonga  Frada  ismli  kishi  boshchilik  qiladi.  Doro  I  Baqtriya satrapi Dadarshish boshchiligidagi qo‘shinlarni qo‘zg‘olonchilarga qarshi jo‘natadi. Qo‘zg‘olon  shavqatsizlarcha bostirilib 55 ming marg‘iyonalik halok bo‘ladi. Frada ham qo‘lga olinib qatl ettiriladi.

“Saklar o‘lkasi”dagi forslarga qarshi kurashga Skunha boshchilik qiladi. 519-518 yillarda bo‘lib o‘tgan  bu  kurashda  saklar  forslar  tomonidan  mag‘lubiyatga  uchraydi.  Saklarning  ko‘pchiligi  o‘ldirilib,  ko‘pchiligi  asir  olinadi.  Ularning  yo‘lboshchisi  Skunha  asir  olinib,  o‘rniga  boshqa  yo‘lboshchi  tayinlanadi. Xullas, forslar O‘rta Osiyodagi mahalliy aholining qahramonona qarshiligini qiyinchilik bilan  sindirganidan keyingina bu hududlarni batamom o‘zlariga bo‘ysundirdilar. O’rta Osiyo Axmoniylar va Yunon-makedon hukmronligi davrida. Mahalliy aholining bosqinchilarga qarshi ozodlik uchun kurashi.

Muallif:   U.S. To`pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba