O’rta Osiyoda arablar bosqini oqibatlari. Movarounnahr, Xuroson, Farg’ona IX-XII asrlarda.
O’rta Osiyoda arablar bosqini oqibatlari. Movarounnahr, Xuroson, Farg’ona IX-XII asrlarda.
Rivojlangan o‘rta asrlar davri mahalliy mustaqil er egaligi hokimliklari o‘rnida yagona markazlashgan er egaligi davlat tashkil topishidan boshlanib, to temuriylar davlati inqirozigacha (IX asrdan XVII asrgacha) davom qiladi. Bu davrni ijtimoiy va iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan ikkita taraqqiyot va bitta inqiroz bosqichiga bo‘lish mumkin. Birinchi taraqqiyot bosqichning xronologik doirasi IX-XIII asr boshlarini o‘z ichiga oladi. Bu davr madaniy hayoti islom mafkurasi asosida shakllanib, o‘ziga xos madaniy rivojlanish kuzatiladi. Markazlashgan davlat tashkil qilinib, unda avval somoniylar (IX-X ), so‘ng esa uning hududlari uchta turkiy davlatlar- qoraxoniylar, g‘aznaviylar va saljuqiylar o‘rtasida ( XI asrda ) taqsimlanib, bu hududlarining katta qismida XII asr o‘rtalarida buyuk xorazmshohlar davlati tashkil topadi.
VI asrda O’rta Osiyoga bostirib kelgan arablar madaniyat darajasi o’zinikidan ancha baland bo’lgan mazkur hududni yagona boshqaruvga asoslangan davlat bo’lmay, kichik-kichik mustaqil davlatchalar o’rtasidagi o’zaro urushlaridan foydalanib osonlik bilan egallaydi. Dastlab Umaviylar, keyinchalik Abbosiylar hukmronligi ostida bo’lgan O’rta Osiyo xalqlari islom dini va arab madaniyatini qabul qilishga majbur etiladi.
O’rta Osiyoda rivojlangan o’rta asrlar davri mahalliy feodal hokimliklari o’rnida yagona
markazlashgan feodal davlatlari tashkil topishi bilan boshlanib, to temuriylar davlati inqiroziga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Arablar bosib olingan O’rta Osiyo yerlarini «Movarounnahr» (daryo orti) deb atay boshlaydilar.
Bu davrni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlari xususiyatlaridan kelib chiqib quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin. Davrning birinchi bosqichi IX-XIII asr boshlarini o’z ichiga oladi. IX asrda O’rta Оsiyoda arablar huikumronligi tugatildi. Bu davrda O’rta Оsiyoning shimolida Qarluqlar, O’g’uzlar davlatlari, janubi va markazida Тоhiriylar, Safforiular, Somoniylar davlatlari tashkil topdi.
Dastlab markazlashgan davlat tepasiga Somoniylar (IX-X) sulolasi keladi, so’ngra uning iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlangan hududlarini uchta turkiy davlatlar – Qoraxoniylar, G’aznaviylar va Saljuqiylar (XI asrda) egallaydi. Shu bilan birga XII asr o’rtalaridan Qoraxoniylar va Saljuqiylarga tegishli yerlarda Buyuk Xorazmshohlar davlati vujudga keldi, biroq bu davlat mo’go’g’ullarning bosqini natijasida tugatiladi.
Ilk o’rta asrlarda uch qism (kuxandiz, shahriston va rabod) dan iborat bo’lib shakllangan shahar hayotida rivojlangan o’rta asrlar davriga kelib tub ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar yuz beradi. O’rta Osiyo shaharlari Eski Termiz, Afrasiyob, Marv, Axsikent, Buxoro, Urganch, Qanqa, Shohruxiya, Kesh, Nasaf va boshqalarda olib borilgan keng ko’lamli arxeologik izlanishlar va ularni yozma manba materiallari bilan qiyosiy solishtirishlar tufayli bu davr shahar madaniyati, shaharlarning tarkibi, ularning tevarak – atrof aholi punktlari bilan o’zaro iqtisodiy va madaniy aloqalari, shaharlarning hunarmandchilik va savdo-sotiq salohiyati, karvon yo’llarining yo’nalishi, ichki va tashqi bozor, har bir shahar hayotida ustivor hisoblangan ishlab chiqarish tarmoqlari o’rganiladi.
O’rta Osiyo shaharlari o’rta asrlarning rivojlangan davrida juda jo’shqin taraqqiy etadi. Manbalarga ko’ra, IX-X asrlarda shahar aholisi Movarounnahr umum aholi sonining 25-30% ni tashkil etgan. XI asrdan shaharlarning ijtimoiy- iqtisodiy qiyofasi o’zgaradi. Ular to’laligicha hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi qiyofasini olgan. Shuningdek, shaharlarning u yoki bu hunarmandchilik tarmoqlari bo’yicha ixtisoslashuvi jadallashadi.
Masalan, Qadimgi Farg’onaning poytaxt bo’lgan Axsikent, Toshkent vohasining Ohangaron daryosi havzalarida qad ko’targan qator shaharlarda – Tunkent, Namudlig’, Dahketda metallurgiya sanoati jadal rivojlanadi. Shaharlar maydoni kengayadi, shahriston va uning atrofida joylashgan rabodlarda iqtisodiy hayot taraqqiy etdi.
Somoniylarning mamlakatni boshqaruv tizimidagi markazlash-tirish siyosati uning iqtisodiy jihatdan yuksak darajada rivojlanishiga xizmat qildi. Shaharlar o’sdi va ularning iqtisodiy-savdo aloqalari mustahkamlandi. Masalan, arab tarixchi va geograflarining ta’kidlashicha birgina Shosh va Iloqda bu davrda 50 dan ortiq shaharlar bo’lgan. Arxeologik materiallar va yozma manba’larga ko’ra, Shosh – Iloq vohasi IX-X asrlarda Movarounnahrning yirik metallurgiya xom ashyosi bazasi bo’lgan. Arab tarixchisi Makdisining xabariga qaraganda, bu zaminda oltin va
kumush konlari ko’p bo’lib, naqshiga tillo suvi berilgan Shoshning keramika mahsulotlari Sharq olamida mashhur bo’lgan. Arxeologik materiallarning guvohlik berishicha Shosh – Iloq vohasida metallurgiya sanoati bilan bir qatorda hunarmandchilikning kulolchilik va shishasozlik, to’qimachilik yo’nalishlari ham yuksak darajada rivojlangan edi.
X asr oxirlaridan Movarounnahrda Qoraxoniylar davlati shakllandi. Qoraxoniylar mamlakatni boshqarishda somoniylar davlat boshqaruv tizimidan foydalanadi. Shuningdek, pul zarb etish an’analarini ham qabul qilganlar. Buxoro, Iloq shaharlarida kumush pul zarbxonalari bo’lgan. Bu haqda arab tarixchisi Ibn Xavkal «Iloqda oltin va kumush pullar zarbxonalari faoliyat ko’rsatishda davom etardi» deb yozgan edi.
Bu davrning madaniy hayotida yuz bergan yuksakliklar tarixda tengsiz edi. Ilm-Fan, din va tasavvuf, me’morchilik va san’at, musiqa san’ati gullab yashnadi. Umuman, IX-XIII asrning boshlari Movarounnahr shaharlari uchun, ilm-fan va madaniyat sohalarida gullash davri bo’ldi. Dunyoga nomi mashhur qomusiy allomalar – Abu Rayhon Beruniy, al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, al-Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Umar Hayyom kabilar yashab ijod etishdi.
Dunyoviy bilimlar bilan birga diniy bilimlar rivojiga katta e’tibor qaratildi. Abduholiq G’ijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va boshqalarni diniy bilimlar – tariqat asoschilari sifatida qilgan ishlari tahsinga loyiq.
IX-X asrlarga oid ayrim yodgorliklar saqlanib qolgan bo’lsada, mazkur davrda mе’morchilik va binokorlik tеxnikasi rivojlangan edi. Pishgan g’isht, ganch, ravoq, gumbaz, toqlar qurilish sohasidagi yangiliklar bo’ldi. Pishgan g’ishtdan maqbaralar qurishda, turar joy zallarida, kanalizatsiya quvurlari qurishda ishlatilgan. Turar joylarning asosiy qismida xom g’isht ishlatilgan.
Sinchli uylar ko’proq qurila boshlandi. Binolar qurilishida gеomеtriya fanidan tobora ko’proq foydalanildi. O’rta Osiyo mе’morchiligida arab xalifaligi xalqlari mе’morchiligiga xos umumiy jihatlar ham bor edi. Bu narsa masjid, madrasa va boshqalarda ko’rish mumkin.
Mazkur davr mе’morchiligining eng yorqin namunasi Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasidir. Maqbaraga Ismoil, uning revarasi Nasr ibn Ahmad dafn qilingan. Maqbara binolarni tuzilishi juda sodda. U kub shaklida bo’lib, tosh gumbaz qilib yopilgan. To’rtburchak xonaning gumbazi sakkizta ravoq ustiga qurilgan va sakkiz qirrali asosga o’rnatilgan. Ravoqlardan 4 tasi xonaning tеpa burchaklariga qurilgan.
Binoning tеpasida yorug’lik tеshiklari o’rnatilgan. maqbaraning to’rttala old tomoni ham bir xilda ishlangan. Har qaysi dеvorning o’rtasiga katta ravoq o’rnatilgan, burchaklari esa uch chorakli mustahkam g’isht ustunlar bilan ishlangan. Dеvorlarning ichi va tashqi tomoni naqshkor g’isht bilan ishlangan. Maqbara qurilishida O’rta Osiyo an’anaviy mе’morchiligini yanada rivojlanganligini ko’rish mumkin.
X asrda Tim qishlog’ida qurilgan Arabota maqbarasi ham O’rta Osiyo mе’morchiligining noyob durdonalaridan hisoblanadi. Maqbara X asrning 70-yillarida (977 y.) qurilgan. Arabota maqbarasi XI-XII asrlar O’rta Osiyo mе’morchiligining yangi bosqichga ko’tarilishi davri namunasidir. Binoning katta ravoqli baland pеshtoqli naqshlar bilan ishlangan, pеshtoq atrofida o’ymakor naqsh bilan arab harflari yozilgan.
Afrosiyob, Varaxsha, Poykand va boshqa qadimiy shahar xarobalaridagi bino qoldiqlari o’rganilgan. Afrosiyobning g’arbiy qismidagi juda katta bino xom g’ishtdan qurilgan bo’lib, devorlari ganch naqshlari bilan bezatilgan. Ganch suvog’idan yelimli bo’yoq bilan solingan uchta odam siymosi tasvirlangan rasm topildi.
1960-1964 yillarda O’z FA arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan yuqoridagi saroy xarobalari bilan birga mustahkam devor bilan o’rab olingan bir nechta binolar topildi. U xona, yo’lak va hovlidan iborat edi. Bino xonalari naqshlar bilan bezatilgan, polga pishgan g’isht to’shalgan. Derazalarga rangdor oynalar ishlatilgan. Afrosiyobdan VII asrda o’ymakorlik keng yoyilganligini ko’rish mumkin. Varaxsha va Afrosiyob aholisining uylari devorlari ganch suvoq qilingan va naqshlangan.
O’rta Osiyoda arablar bosqini oqibatlari. Movarounnahr, Xuroson, Farg’ona IX-XII asrlarda.
Me’morchilikda turli bezakli uslublardan foydalanila boshlangan. IX-X asrlarda arab imlosining islimiy, kufiy, XI asrdan nasx turlaridan foydalanila boshlangan; pishiq g’ishtlar och malla rangda bo’lgan. XII asrdan boshlab rangli koshinlardan foydalanila boshlangan, musulmon inshootlarida moviy, yashil, zangori koshinlardan keng foydalanilgan. Bu davrda tasviriy san’at va naqqoshlikda murakkab o’simlik-geometrik gulli naqshlar ishlatilgan. X asrning ikkinchi yarmida Samarqand guzarlarida uy hayvonlari tasvirlari sotilgan (Ibn Xavqal). X asr o’rtalarida Buxoroda «sanamlar» sotilgan (Narshaxiy). Afrosiyobdan topilgan sopol idishlar kulolchilik rivojlanganidan dalolatdir.
Bu davrdagi musulmon me’morchiligining eng ko’zga ko’ringan inshootlari orasida masjidlar alohida ahamiyatga egadir. Ularning uch turi mavjud bo’lgan: Jome (Juma) masjidi (shaharda juma va Hayit namozlari o’qiladigan umumshahar aholisi uchun), guzar masjidlari (mahallalarda kunlik namozlarni o’qishga mo’ljallangan), Namozgoh (shahar tashqarisidagi yo’lovchi va karvondagilar uchun mo’ljallangan) masjidlar. Masjidlarning diqqatga sazovor jihati ibodat qilinadigan mehrobi g’arbga, qiblaga – Makka tarafga qaratib quriladi.
Ilk masjidlar bizning kunimizgacha to’laligicha saqlanib qolmagan bo’lsa-da, ulardan ba’zilarining ayrim qoldiqlari yetib kelgan. XI-XII asrlarda qurilgan masjidlardan Buxoro viloyatidagi Dehgoron masjidining 9 gumbazi saqlanib qolgan. Bino devorlari xom g’ishtdan 4 ta yumaloq ustun pishiq g’ishtdan qilingan. G’arbiy Turkmanistondagi Misriyona masjidining peshtoq qismi saqlanib qolgan, xolos.
Masjidlar uchun alohida xususiyatga ega bo’lgan jihat bu minoralardir. Minoralar musulmonlarni namozga chorlashda muhim ahamiyat kasb etgan. 1127 yilda Buxoroda Minorai Kalon, 1196-1198 yillarda Vobkent minorasi, 1108-1109 yillarda Jarqo’rg’on minorasi quriladi. Minoralarning har bir «belbog’i» ga alohida rang bilan o’zgacha zeb berilgan. Arxeologik qazishlar natijasida IX-X asrlarga oid Termizdagi Chorsutun, Buxorodagi Mag’oki Attor masjidlari qoldiqlari topildi. Har ikkala binoning gumbazli tomi g’ishtdan ishlangan yumaloq ustunlar ustida turadi.
Maqbaralar ham alohida diqqatga sazovordir. Islom dini O’rta Osiyo aholisi tomonidan qabul qilingach, hukmron sulola vakillari ajdodlari, o’zlari va avlodlari uchun maqbaralar qurdirganlar. Miyondagi Abu Said maqbarasi (1051 y.), Seraxs (Turkmaniston) da Seraxsbobo yoki Abul Fazl maqbarasi (1125 y.), Marvdagi Sulton Sanjar maqbarasi (XII asrning 40-yillari) ilk maqbaralar sirasiga kiradi. Samarqanddagi Shohi Zindadagi ayrim maqbaralar XII asrga oiddir.
Urganchdagi El-Arslon va Takeshning (Ko’xna Urganch) maqbaralari, Xorazmdan XI-XIII asrlarga oid Bo’ronqal’a, Noibqal’a, Qavatqal’a chorbog’lari, Faxriddin Roziy va shayx Sharif mozori maqbaralari saqlanib qolgan., Tеrmiz yaqinidagi Sulton Saodat majmuasi, O’zgandagi Qoraxoniylar maqbarasi ham diqqatga sazovordir.
Jamoat binolari orasida Tеrmiz atrofidan IX asrga mansub xom g’ishtdan qilingan Qirqqiz nomli chorbog’-saroy xarobalari topilgan bo’lib, u to’rtburchak shaklda qurilgan va gumbazga ega bo’lgan. Buxoro-Navoiy viloyatlari oralig’ida joylashgan Raboti Malik karvonsaroyi qoldiqlari ham diqqatga sazovor bo’lib, uning pеshtoq qismigina saqlanib qolgan.
Ko’rib chiqilayotgan davrda kulolchilik, shishasozlik, zargarlik, misgarlik, tеmirchilik, umuman olganda mavjud yirik shaarlarda hunarmandchilikning 32 dan ortiq turi mavjud bo’lgan. Kulolchilikda sirdan foydalanila boshlanib, turli epigrafik tasvirlar bilan birga turli hayvon va qushlarning tasvirlaridan ham foydalanila boshlangan. Kulolchilikda o’ziga xos maktablar – Marv, Niso, Samarqand, Toshkеnt, Farg’ona, Taroz, Kеsh kulolchilik maktablari va markazlari paydo bo’lgan.











